O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ÓTSQ qollanma



1-MAVZU. “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI” FANINI O‘QITISHNING
MAQSAD VA VAZIFALARI.
Reja:
1.Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2.Til va tafakkur.
3.Til va ma’naviyat.
4. Davlat tili tushunchasi.
5.O‘zbek tili va davlat qonunlari.
Til aloqasi belgisi
Til ijtimoiy hodisadir, chunki ijtimoiy munosabatlardan tashqarida uni o‘zlashtirish
mumkin emas. Inson tug‘ilgandan boshlab nutqsiz bo‘ladi. Axir, kichkina bola atrofdagilarning
fonetik tovushlarini takrorlashni o‘rganishni boshlaganida, gapira boshlaydi va o‘ylash qobiliyati
tufayli ularga to‘g‘ri ma'noni beradi.
Til vosita sifatida inson bilan aloqa
Inson tili ajoyib, noyob mo‘jizadir. Bizni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan vosita
hisoblanadi. Til inson bilan aloqa vositasi sifatida belgilangan. Bu tilning mumkin bo‘lgan
ta’riflaridan biri, bu asosiy narsa, 
chunki u tilni uning tuzilishi
, tuzilishi va boshqalar nuqtayi
nazaridan emas, balki u nimaga mo‘ljallanganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. Boshqa aloqa
vositalari mavjud. Muhandis hamkasb bilan ona tilini bilmasdan gaplashishi mumkin, ammo
agar ular chizmalardan foydalansalar, ular bir-birlarini tushunishadi. Rasm odatda quyidagicha
belgilanadi xalqaro til texnik xodimlar. Musiqachi o‘z his-tuyg‘ularini musiqa orqali etkazadi
va tinglovchilar uni tushunishadi. Rassom tasvirlarda o‘ylaydi va chiziqlar va ranglar yordamida
ifodalaydi. Va bularning barchasi "tillar" dir, shuning uchun ular ko‘pincha "afishaning tili",
"musiqa tili" deb aytishadi. Ammo bu so‘z tilining yana bir ma’nosi.
Til – 
millatning asosiy belgilaridan
, davlat mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri. Til
mavjud ekan, millat mangu yashaydi; tilning tirikligi, aytish mumkinki, millatning, xalqning
mavjudligidir. Demakki, o‘zbek tilining tirikligi – o‘zbek millatining mavjudligi, davlat tili esa
o‘zbek davlatchiligining borligidan dalolatdir.
O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri hisoblanadi. Bu tilning keng
imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk”, Ahmad
Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlari, Ahmad
Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”, “Xamsa”, Boburning
“Boburnoma” asarlarida
Boborahim Mashrab
,  Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi mumtoz
shoirlarimiz va XX asrdagi adiblarimiz ijodida jilolanib turibdi.
Til – boy tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos
dunyoqarashni ko‘rsatuvchi ko‘zgu, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi vositadir. Shuning
uchun ham o‘z tilini yo‘qotgan millat o‘zligidan mahrum bo‘ladi, ma`naviy inqirozga uchraydi.
Mana shunday holat sobiq SSSR davrida ona tilimiz – o‘zbek tili hayotida sodir bo‘ldi. Bu
davrda O‘zbekistonda o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi juda torayib ketdi, to‘g‘rirog‘i, u taraqqiy
etmay, turg‘unlik davrini boshdan kechirdi. O‘zbekistonda o‘zbek tili o‘gay bola bo‘lib qoldi.
Ona tilida ariza yozish, majlis olib borish, rasmiy idora vakillari bilan muomala qilish qariyb
unutila boshlangan edi. Sevimli adibimiz Erkin Vohidov “Davlat tili haqida”gi qonun
muhokamasi jarayonida matbuotda achchiq bo‘lsa-da, quyidagilarni chin dildan, kuyunib ochiq-
oydin aytdilar: “Hozirda (80-yillarning oxiri ― ta`kid bizniki: S.U) vaziyat shundayki,
O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmagan odam bemalol hayot kechirishi mumkin. Uni o‘rganishga
ehtiyoj yo‘q. Lekin rus tilini bilmagan odamga hamma eshiklar berk. Nuroniy onaxon hokim
tilni bilmagani uchun nafaqa masalasida ijrokom xodimi bilan muomala qilolmaydi. Uyiga o‘t
tushgan o‘zbek o‘t o‘chiruvchiga mahallasi qayerdaligini tushuntirolmaydi, “Tez yordam”ga
qo‘ng‘iroq qilib bolasining dardini anglatib gapirolmaydi”
1
. Ha, o‘zbek tili dunyoning eng boy


tillaridan biri bo‘lsa-da, lekin totalitar tuzum davrida baxtsiz bir tilga aylanib ulgurgan edi.
Bu 
holat millatimiz fidoyilarini
, ziyoli ahlini, millatparvar xalqimizni qattiq tashvishga soldi.
O‘zbekistonda davlat tilini belgilash munosabati bilan tuzilgan maxsus komissiyaga
minglab xatlar oqib kela boshladi. Keng jamoatchilik matbuot sahifalarida, yig‘ilish va ommaviy
axborot vositalarida O‘zbekistonda faqat o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini yoqlab
chiqdilar, o‘z fikrlarini isbotlash uchun dalillar keltirdilar. Ikki tillilikni yoqlab yuborilgan xatlar
ham anchagina bo‘ldi, lekin u butun o‘zbek xalqining talabi bo‘la olmadi.
Til to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishga davlat hokimiyati organlari jamoatchilik
ishtirokida qat`iy bel bog‘ladi. Til to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, u ikki marta xalq
muhokamasiga qo‘yildi. “Davlat tili haqida”gi Qonun loyihasi Shunday qizg‘in va bahsli
muhokama etildiki, hech bir qonun loyihasi bunchalik qizg‘in va faol muhokama etilmagan edi.
Qonun loyihasi bo‘yicha ishchi komissiyaga 4,5 mingdan ortiq xatlar tushib, ularga 151 ming
kishi imzo chekkan edi. Qonun loyihasi yuzasidan 225 ming taklif ko‘rib chiqilib, ko‘plari
inobatga olindi. Va nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat
tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Xalq sobiq mustabid tuzum hukmronligi davrida, “qizil
imperiya” sharoitida, “markaz”ning tazyiqi va ta`siri kuchli bo‘lgan bir paytda o‘zbek tiliga
davlat tili maqomining berilishi misli ko‘rilmagan jasorat edi. Bu o‘sha davrlarda mustaqillik sari
qo‘yilgan dadil qadamlardan bo‘lib, bu borada xalqimizning uzoq yillar orzu qilgan umidlari
samarasi bo‘ldi. O‘zbek tili 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo‘lib, o‘zining rivojlanish yo‘liga
tushib oldi.
“Davlat tili haqida”gi Qonun o‘zbek 
tilining taraqqiyoti
,  erkin rivojlanishi, davlat va
jamoat organlarida asosiy ish yuritish tiliga aylanishi va tilimiz muhofazasi yo‘lida qilingan
huquqiy harakat bo‘lib, tilimizni davlat tili maqomi bilan mustahkamladi. Bu qonun o‘zbek xalqi
milliy ongining taraqqiyotida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy
merosimizning tiklanishida muhim rol o‘ynadi. Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasida va
davlat tili to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririda til masalasi bugungi kun talabi darajasida o‘z
aksini topdi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida davlat tili to‘g‘risidagi qoidalar: “O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat
qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini
ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, degan zalvorli jumlalarda
mustahkamlandi. Mazkur qoida 1995-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining yangi tahririda mufassal yoritib berildi.
Yangi tahrirdagi bu qonun davlat tilining qo‘llanish doirasi, huquq-majburiyatlarini ifoda etdi.
Fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralariga, jamoat birlashmalariga va
mulkchilikning shaklidan qat`iy nazar, korxona hamda muassasalarning rahbarlariga davlat tilida
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish hamda ularga javoblarni o‘zbek tilida olish
huquqi ta`minlandi (14-modda). Mamlakatimizning barcha boshqaruv organlarida, korxona,
muassasa va tashkilotlarda ish yuritish o‘zbek tilida olib borilishi mustahkamlandi (9-modda).
Mazkur qonunning 24-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga
mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va
ta`lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar”, ― deb belgilanishi qonunning hayotiyligini
ta`minlaydi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi
davlat tilida, shuningdeq boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy
ma`lumot olishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari
, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining
boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinib va e’lon qilinmoqda. Bu hujjatlarning tarjimalari
boshqa tillarda ham e’lon qilinyapti.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida olib borilmoqda.
Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv
organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazko‘r millat tilida ham qabul qilinishi


tartibga solindi. O‘zbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar o‘z xizmat
vazifalarini bajarish uchun davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat ko‘rsatish
ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini
bilishlari lozim. “Davlat tili haqida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-
moddasida belgilangan odil sudlov ishlarini davlat tilida yoki sud olib borilayotgan joydagi
ko‘pchilik aholining tilida olib borishni o‘zida aks ettiradi (11-modda).
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar, fuqarolik holati bilan bog‘liq
hujjatlarning davlat tilida yoki zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi berilishi nazarda
tutilganligi kishini quvontiradi (12, 13-moddalar).
Xullas, o‘zbek tilining rivoji va ravnaqi uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar, shart-
sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida “Davlat tili haqida”gi qonunning barcha
moddalari to‘liq amalga kiritildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek“O‘zbek tili mustaqil

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin