Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va
boshqalarga berish zarurati tug`ildi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va
uzatish problemasi kelib chiqdi.
Bevosita aloqa bog`lash yo‘li bilan buni amalga oshirish qiyin emas edi, biroq bu holda
inson xotirasining mukammal emasligi tufayli ko‘p axborotlar esdan chiqib qolgan,
yo‘qolgan. Bunga fazo hamda vaqt asosiy to‘sik bo‘lib, yozilgan so‘zgina ulardan ustun
kela olardi.
Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida
foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam
bo‘ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish
uchun ro‘molning uchini tugish odati shundan qolgan.
So‘ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan
narsalarni bildiruvchi o‘ziga xos signallar, shartli belgilar bo‘lib hisoblangan. Cho‘pxatga
yoki daraxt tanasiga kertib belgi solish,tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa
kamon o‘qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o‘tagan. Buyumga ma`no
birkitib qo‘yishning bu usuli
“buyumli Yozuv” deb atalgan. Keyinchalik esa
Dostları ilə paylaş: