O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Eslatma: 1. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
ÓTSQ qollanma

Eslatma:
1. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi:
1) a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi
va shunday yoziladi: sayla—saylov, sina—sinov, aya—ayovsiz; so‘ra—so‘roq, bo‘ya—bo‘yoq,
o‘yna— o‘ynoqi, sayra—sayroqi kabi;


2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe'llarga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u
aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi—o‘quvchi, qazi—qazuvchi, sovi—sovuq kabi. Lekin i unlisi
bilan tugagan ayrim fe'llarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yozila-
di: og‘ri—og‘riq, qavi—qaviq kabi.
1) undosh bilan tugagan barcha fe'llarga -uv qo‘shiladi: ol—oluv, yoz—yozuv kabi;
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe'lga -uq qo‘shiladi: uz—uzuq, yut—yutuq
kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi
bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.
2. k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga, shuningdek, bek, yoq kabi ayrim
bir bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘
undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak—tilaging, yurak—yuragim, kubok—kubogi,
bek—begi; tayoq— tayog‘i, qoshiq— qoshig‘i, yaxshiroq— yaxshirog‘i, yo‘q—yo‘g‘i kabi.
Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zlarga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok—ishtiroki, ocherk—ocherki, erk—
erki, huquq—huquqim, ravnaq—ravnaqi, yuq— yuqi kabi.
3. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba'zi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe'llarga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda,
ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli
aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin—o‘rnim, qorin—qorni, burun—burning, o‘g‘il— o‘g‘ling,
ko‘ngil—ko‘ngli, yarim—yarmi; qayir— qayril, ulug‘—ulg‘ay, sariq—sarg‘ay, ikki—ikkov, ikki
—ikkala, yetti—yettov kabi;

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin