O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


 Qaysi nutq uslubi muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
ÓTSQ qollanma

10. Qaysi nutq uslubi muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish,
hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega?
a) publitsistik uslub
b) so‘zlashuv uslubi
c) badiiy uslub
d) rasmiy uslub
Mustaqil ish
Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men 
tanlagan soha OAV” mavzusida esse yozish.
8-9-MAVZU: SOHA BO‘YICHA BELGILANGAN MAVZU ASOSIDA ILMIY 
TADQIQOT OLIB BORISH JARAYONLARI.
Reja:
1. Maqola matni talablari.
2. Tezis matni talablari.
3. Taqriz matni talablari.


4. Annotatsiya matni talablari.
5. Rezyume matni talablari.
Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari ilmiy
uslubda olib boriladi. Ilmiy uslub aniqlikka, izchillikka asoslangan, dalillar bilan boyitilgan 
bo‘lishi lozim. Maqola yozish uchun kirish, ma’lum ilmiy muammo, muammoning ilmiy 
yechimi dalillar asosidagi tahllillar va yechimining xulosasi mavjud bo‘lishi zarur. 
Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‘g‘risida M. Mukarramovning «Hozirgi
o‘zbek adabiy tilning ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar bayon qilingan: Ilmiy
uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan grammatik ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha takror qo‘llanadi. Subyektiv baho shakllari
xos emas. – lar ko‘plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasada, atama hosil
qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalar 
tahlil qilinadi
; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; 
davlat
siyosati
, iqtisodiyot,texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks
ettiriladi. Turli nuqsonlar tanqid qilinadi. 
Matbuotda bosh maqola
, nazariy va targ‘ibot maqola,
muammoli maqola keng qo‘llaniladi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan
maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro
hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday
maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kamchiliklarni ochib tashlashi, har
bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. 
Prezident farmonlari
Oliy Majlis
qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan 
davlat va hukumat hujjatlari
,
qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va
targ‘ibot maqolaning 
asosiy vazifasi mustaqillik
, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va
prinsiplarini; 
ilmiy maqolaning vazifasi fan
madaniyat, texnika 
yutuqlarini tushuntirish
,
ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli
maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga
tashlaydi. Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, 
televideniye
shuningdek,
to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Tezis – 
Ilmiy asar
, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g‘oyalarning qisqa va lo‘nda
ifodasi. Xaqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr.Referat matni, uning
tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin