O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
ÓTSQ qollanma

Yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi
kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik xarakterdagi
axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan bevosita bog‘liq. Xalqlarning davlat sifatida
birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo
kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi;
qonunlar paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli
ko‘rinishlari shakllanadi; xalqlarning o‘z tarixini bilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning
barchasini faqat og‘zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda
yozuv zaruriyatga aylanadi.
Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga
qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani
ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning
estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin.
Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba, bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan
iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar,
kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi
avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi.
Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir. 
Yozma nutqning asosiy vazifasi – og‘zaki nutqni qayd qilish, uni zamon va makonda
saqlashdan iborat. Kishilar o‘rtasida bevosita muloqot qilish imkoni bo‘lmaganda, odamlar
zamon va makonda ajralib qolganda, yozma nutq insonlar o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasini
o‘taydi.
Muloqotning texnik vositasi – telefonning rivoj topishi xatning rolini pasaytirdi, Faksning paydo
bo‘lishi va Internet tizimining tarqalishi makonni bosib o‘tishga yordam berdi va bugunda
nutqning yozma shaklini dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin