O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
ÓTSQ qollanma

1.Оg‘zаki shаkli. Оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri,
lаtifаgo‘ylаri, хаlq bахshilаri kаttа hissа qo‘shgаnlаr.
2. Yozmа shаkli. Yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа
yozib qоldirilgаn yozmа аdаbiyotning хizmаti kаttаdir. 
Yozma nutq va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida
yozuvning xizmati katta bo‘lib kelayotganligi shubhasiz. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, balki
dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o‘rnini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalq,
millat sivilizatsiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog‘liq. 
O‘zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida,
binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o‘rni, egallagan mavqeyi haqida so‘z yuritganda bu
xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, sug‘d, xorazm, pahlaviy, urxun
(runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirillitsa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o‘zbek
alifbosiga o‘tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi,
shubhasiz, o‘zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili
hamdir. 


Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan
yozma belgilar yoki tasvirlar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining
boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng
asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400—500 ming yillar
ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til
(nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf
etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin