Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar
kam rivojlangan, dona sonlar funktsiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning
«Maxbubo’l qulub», «Sab`ai sayyor», Muhammad Solixning «Shayboniynoma» asarlarida bir,
ikki sanoq soniga -taaffiksi qo’shilib dona son xosil bo’lgan: b i r t a ’ yarmag ikki bo’lu’b (Navoiy Mq); b i r t a ’ o ’ tma’kni iki bo’lu’b (Navoiy Mq). XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar manosida qullangan:
Y e t i agzi anin’ otlar sachib (Navoiy XA). Yu’z m i n ’ bayti bar va b i r qasida aytibdur (Navoiy MN). Numerativ so’zlar. Numerativ suzlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli
sanoq sonlar bilan qullangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ suzlarni qullash qadimgi
turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida ham
numerativ suzlar harakteriga kura turlicha manolarni anglatgan. Numerativ suzlar sanoq son bilan
aniqlanayotgan suzlar orasida qullanib, aniqlanmish suzga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini
oshirgan. Shuningdek, numerativ suzlar ulush, miqdor, xajm, vosita birligi, masofa, tuda, ulchov birligi,
gurux, dona kabi qator manolarni anglatgan.
Tartib sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalar tilida tartib sonlar asosan sanoq
sonlarga affikslar qo’shilishi orqali xosil qilingan. Arab, fors-tojik tillaridan uzlashgan sonlar
leksik-semantik usul bilan ham tartib son manosini anglatgan, ba`zan uzlashgan tartib sonlar
formasi ham qullangan.
-`nchi,-inchi,-unchi,-unchi,-nchi,-nchi affiksi variantlari asosida tartib sonlar xosil
qilish
keng
qullangan.
-`nchi, -inchi,-unchi, -u’nchi affiksi undosh tovushlar bilan tugagan sanoq sonlarga, unli
tovush bilan tugagan sanoq sonlarga -nchi, -nchi affiksi varianti qo’shilgan: ikkinchi, yetinchi,u’chu’nchi, to’rtu’nchi, altinchi, onunchi. Tartib sonning birinchi formasi sostavli tartib sonlar tarkibida uchraydi: yigirmi b i r i n c h i fasl (Navoiy Mq); birinchi maqalat (Navoiy XA).
-lanchi (la-\-nchi),-la’nchi(la’-\-nchi) affiksi sanoq sonlarning qattiq, yumshoqligiga
kura qo’shilib, tartib sonlar xosil qilingan, bu affiks bilan tartib son xosil qilish Alisher
Navoiyning «Maxbubo’l qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchi, -la’nchi affiksi
orqali tartib son xosil qilish kengaygan: altil a n c h i fasl (Mq), s e k i z l a ’ n c h i fasl (Mq), y e t i l a ’ n c h i arqada (Sh tar.), b e s h l a ’ n c h i oqli (Sh tar). Avval so’zi birinchi tartib soni manosida qullangan: a’l a v v a l qildi Gul vasfini agaz (Lutfiy ), A v v a l ayagiga tu’shu’b pa’st bol (Navoiy XA). qadimgi turkiy yozma manbalarida ham tartib sonlar -nch, -inch, -inch, -unch, -u’nch hamda -nti, -nti, -ndi, -ndi affiksi variantlari orqali ifodalangan; -nti, -ndi formasi ikki soniga
qo’shilgan. Birinchi tartib soni urnida ilk, ilki so’zi ham qullangan.
«Devonu lugotit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -inch, -inch, -unch, -u’nch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan.
Jamlovchi sonlar. Jamlovchi sonlar o’ziga xos xususiyatlarga ega, shuningdek, jamlovchi
sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,- av,-la,-la,-ala,-ala,-avla,-avla,-avlan,-avlan, ba`zan -lay, -lay; -agu, -agu’ affikslari
qo’shilishi orqali ifodalangan.
-agu,-agu’ affiksi orqali jamlovchi sonlar xosil qilish XIV asr yodgorliklarida
faolroqdir: alar yetagu’, men yalguz (Rabg.), ...u’chagu’si tu’n sariga bardilar (o’N).
-av/-av affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida
harakterli bo’lgan: ikav (Navoiy SS); uchav (Navoiy FSh); cherikda bir i k a v (ShN); harut ila Marut i k a v (Furqat).
-lay (-lagu’ / -layu /- lay) affiksi «Sab`ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim
urinlarda iki soniga qo’shilib, jamlovchi sonlar yasagan: bariban ul nuqudni i k a l a y (Navoiy SS); i k a l a y qorgan yavigiga (BN).
24
-ala,-ala affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar
yasagan: t o ’ r t a l a s i ( Navoiy MN), bu uchalasi (BN).
-(a)vlan (agu’lan}avlan) affiksi ba`zi sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar
yasagan: ikavlan qachtilar (Lutfiy GN).
Chama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik,
sintaktik usullar bilan xosil qilingan.
-cha, -cha affiksi sanoq sonlarga qo’shilib, chama sonlar xosil qilingan: yuz i k i yuzcha’ kishi (Navoiy XA); yana b e s h m i n ’ c h a kishi (ShN).
Sanoq sonlarning juft xolda qullanishi orqali ham chama sonlar xosil bo’lgan; kichik
sonlar oldin, katta sonlar keyin qullangan: y u z - y u z e l i k o’zbakni kishisi bilan (BN); t o ’ r t - b e s h m in’ kishi birla (ShN).
Sanoq sonlardan keyin
chagliq, chagli, chaqliq suzlari qullanib, chama son manosini
anglatgan: on y i g a c h c h a g l i q masafat (Navoiy FSh); yigirma c h a g l i q kishilari o’ldi (Sh tar.). Sanoq sonlar aycha, yilcha, yavuq, yaqin,artuq, artuqraq, ziyada, ko’prak,azraq kabi
suzlar bilan kelib, chama son manosini ifodalagan: otuz y i l c h a yaqin bar (Navoiy MN), ik i y u ’ z d i n k o ’ p r a k uch y u ’ z d i n a z r a q bolgay edi (BN).
Taqsim sonlar. Eski o’zbek tilida taqsim sonlar, asosan, -rar,-rar,-ar,- a r affiklari bilan
xosil qilingan: Aylarda b i r a r - b i r a r ko’ru’nu’r (Atoiy), Fusulni to’rtar ay ta`yin qilibturlar(BN), Yu ’ z a r misqal kumush (BN).
Nodira, Gulxaniy asarlarida bir soni ketma-ket takror qullanib, keyingi bir soniga -dan,- din affiksi qo’shilib, taqsim sonlar manosini anglatgan: Ikki gul bargini bir birdan gaxi guftara ach (Nodira). Bir chardevar kam bolsa, o’tu’z tishni bir birdin sindirur (Gulxaniy).
Bir va ikki sanoq sonlari grammatik kursatkichlarsiz ketma-ket takrorlangan xolda
taqsim sonlar manosini anglatgan: Neki ko’rgu’zdilar san’a bir-bir (Navoiy SS), ag a r chun i k k i - i k k i qol tutub (Muqimiy).
Kasr sonlar. Eski o’zbek tilida kasr sonlar sintaktik usul bilan ifodalangan, maxraj hamda
surat sonlar asosida xosil bo’lgan, maxraj son sanoq sonlarga chiqish hamda urin-payt
kelishiklari affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan, surat sonlar sanoq sonlardan iborat
bo’lgan, shuningdek, surat sonlar grammatik kursatkichlarni ham qabo’l qilgan: Necha o’gsam aytman m i n ’ d a b i r i n (Lutfiy GN). Yu’z d i n b i r i k i ma`rakaga yetib (Navoiy Mq).
Yurt malinin’ ondin birin i alur (Sh turk.). Beru’rman bolsa yu’z janimu m i n ’ d i n b i r xisab aylab (Munis).
Kasr son yasalishida ba`zan maxraj va surat son orasida ayrim boglovchilar qullangan,
grammatik kursatkichlar maxraj son yoki surat songa qo’shilgan, ba`zan maxraj va surat sonlar
distant holatlarda uchraydi: yuzdin g a r b i r i s i g a yetsa (Navoiy SS).
Yarim so’zi ham kasr son manosini anglatgan. Shuningdek, kelishik hamda egalik
qo’shimchalarini ham qabo’l qilgan: Y a r i m kecha yetib tu’shtilar (Navoiy MN). Bir y a r i m qari qazsa, suv chiqar (BN).
XVI — XIX asrlarga oid ba`zi yozma manbalarda fors-tojik tilidan uzlashgan nim, du nim, chaxaryak, charyak suzlari kasr sonlar manosida qullangan: ta`rif qilgannin’ yarimi balke c h a r y e k i c h a ashliq (BN); oglanlarni n i m qiyat tedilar (Sh turk). Savol va topshiriqlar: 1.
Sonning eski o’zbek tilidagi o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
2.
Sonning mano turlari, tuzilishiga ko’ra turlari qanday xosil qilinadi?
3. Eski o’zbek tilidagi sonlarning qo’llanishiga manbalardan misollar toping.
4. Sonning tuzilishi jixatdan turlari haqida gapiring.
5. Numerativ so’zlar nima?.
25
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.