yo hfhai yozilmaydi: senin’dek (Lutfiy); senin’(Amiriy). Sen olmoshi sinu nun yo orqali hamda yo belgisini tushirib yozilsa ham, eski o’zbek tili
yozma manbalarida sa’n emas, sen shaklida talaffuz etilgan.
III shaxs birligi: ul, ba`zan u, an shakli qullangan. XV— XIX asr yozma
manbalarida asosan ul varianti qo’llangan. a’l olmoshi tarkibidagi -l undoshining tushib
qolishi orqali ba`zan u shakli vujudga kelgan. a’ kishilik olmoshi «Boburnoma» hamda
Xuvaydo asarlarida ba`zi urinlarda uchraydi: har kim ne kim u n i n ’ yeriga’ olturdi (BN).
a ’ n i kim saqladi xallaq (Xuvaydo).
III shaxs kishilik olmoshi birligining an varianti (ul>al>an) ba`zan Furqat asarlarida
uchraydi: An hama beganalarga ashnaliq shunchalar ;
I shaxs ko’pligi: biz.
Biz olmoshi XV—XIX asr yozma manbalari uchun umumiy harakterga ega, yumshoq
talaffuz etilgan, ko’plik, birlik manolarida qullangan.
Biz olmoshi ko’plik manosida: B i z ham kishi yiba’rdu’k (BN).B i z ikki bola’k elmiz (Sh turk.). B i z ikkimizga’ musulman bol tedi (Sh tar.). Biz olmoshi birlik manosida ham qo’llangan: B i z i n’ bila’ bolgan begla’rini ham faraxorlariga yarasha berib shafqat qildim (BN). Bizni rasvai jaxan etti yad a’yla’ma’din’ (Nodira). Ko’plik ifodalash xususiyatini yanada oshirish uchun biz olmoshiga –la’r affiksi
qo’shilgan: Mavlana Kabo’liy b i z l a ’ r n i tila’b vasiyat qildi kim, bu kecha’ alamdin barur-men (Navoiy MN).Gul gunchasidur goya bizla’rga’ achilmaydur (Bobur).
II shaxs ko’pligi: siz.
Siz olmoshi ko’plik manoda qullangan: Biz sizin’ uchun savrulduqq (ShN). Biz bu saridin yetka’ch, s i z ichka’ridin chiqib elikin’izdin kelurini taqsir qqilman’lar (BN).
Siz olmoshining ko’plik manosini kuchaytirish uchun –la’r affiksi qo’shilgan: S i z l a’ r kim qarindashlar turur-siz bizin’ birla’ ittifaq qilin’ (Sh tar). Shadman s i z l a ’ r d i n - u o’lgu’ncha’ minnatdar-men (Furqat). III shaxs ko’pligi: alar, ular, anlar, ba`zan unlar shakli qullanilgan.
Alar olmoshi XV—XIX asrlarda yozilgan ko’pchilik yozma manbalarda keng
qullangan: A l a r n i n ’ ikisin o’ltu’ru’b (Navoiy). A l a r aydilarki, o’zba’kni bir masali bardur (Gulxaniy).
a’lar varianti Lutfiy, Bobur, Abo’lgozi Baxodurxon asarlarida uchraydi: a’lar mendin yashurub (BN). a’larnin’ k£n’li (Sh.tar.).
Anlar olmoshi Lutfiy, «Nusratnoma», Abo’lgozi Baxodirxon, Gulxaniy, Furqat
asarlarida iste`molda bo’lgan: a n l a r ashyani; A n l a r d i n o’tu’b xavuzga sharbatlar to’ku’lu’r. A n l a r ko’p yillargacha bu aytilgan nima’rsa’la’rni beru’rla’r (Sh.tar.).
III shaxs ko’pligi tarixiy taraqqiyotida quyidagilar ko’zga tashlanadi: XIII-XIV
asrlarda ular, anlar varianti keng qo’llangan bo’lsa, XV asrdan boshlab alar varianti
faollashadi. XIX asr oxirlarida yana ular, anlar varianti faollasha boshlaydi hamda
keyinchalik ular varianti III shaxs ko’pligida yagona bo’lib qoladi.
27
Kishilik olmoshlarining turlanishida eski o’zbek tilida o’ziga xos xususiyatlar ko’zga
tashlanadi:
Kishilik olmoshlarining turlanishi: Kelishiklar
Turlanishi
Bosh kelishik
Men, sen, ul, biz, siz, ular, anlar, alar qaratqich kelishigi
Menin’, senin’, anin’,