O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi


Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga munosabati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga munosabati 
1
Oybek. Asarlar. 8-tom.-T. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973 176-b.


74 
Omonim omoleksemalar nutqda turlanib yoki tuslanib turli shakllarga kiradi. Qiyos qiling: 
bog’-1 (ot turkumi: “mevazor, daraxtzor”) va bog’-2 (ot turkumi: “beda, o’t bog’lami”). Bu 
ikki ot nutqda turlanib, o’zaro teng bo’lgan so’z formalarini (grammatik shakllarini) hosil 
qiladi: 
Bog’-1: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi. 
Bog’-2: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi. 
Bunday shakllar so’z formalari sanaladi. So’z formalaridagi tenglik omoforma 
omoleksemalarga ham xos (yuqorida ko’rib o’tildi). Demak, nutqda omonimlar ham
omoformalar ham so’z formalari omonimiyasini yuzaga keltirishi mumkin. 
Leksik omonimiyaga yondosh hodisalar 
Omofonlar- talaffuzi bir xil, yozilishi har xil bo’lgan leksemalar: to’rt (son turkumidagi so’z)- 
tort (“konditer mahsuloti”), to’n (“kiyim”) –ton (“tovush toni”), bob (talaffuzda: bop)-bop 
kabi. 
Omograflar- yozilishi bir xil, talaffuzi har xil bo’lgan leksemalar: soya (“quyosh nuri 
tushmaydigan salqin joy”)- soya (“dukkakli o’simlikning bir turi va uning doni”), rom (oyna 
o’rnatilmagan deraza)- rom (spirtli ichimlikning bir turi) kabi. 
Tilda urg’usinig o’rni bilan farq qiladigan, ammo bir xil yoziladigan leksemalar ham bor: 
atla`s (“mato”) -a`tlas (“geogr. atlas”), fizi`k (“fizik hodisa”) - fi`zik (“fizika mutaxassisi”) 
kabi. Bular urg’u belgisisiz yozilganda omograflar sanaladi, urg’u belgisi qo’yilganda (atla`s 
va a`tlas, fizi`k va fi`zik) esa omograf bo’lmaydi. Biroq bunday holatlar tilshunoslikda maxsus 
nomga ega emas. 
Tekshirish savollari va topshiriqlar 
1.
Leksikologiya nimani o'rganadi ?
2.
Leksika nima ?
3.
Leksikologiyaning maqsadi va vazifalari haqida ma'lumot bering.
4.
Leksikologiyaning qanday turlari bor ?
5.
Leksikologiya tilshunoslikning qaysi bo'limlari bilan aloqada bo'ladi?
6. Leksik monosemiya hodisasini qanday tushunasiz ? Leksik polisemiyani-chi
7. Monosemiya hodisasi qanday lug’aviy birliklarga xos ? 
8. Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo’ladi ? 
9. Ko’p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik)
omillar haqida ma’lumot bering. 
10. Ma’no taraqqiyotining qanday yo’llari bor ? 
11. Leksik ma’no hajmining o’zgarishi: ma’noning kengayishi va torayishi. 
12. Leksik ma’no miqdorining o’zgarishida polisemiya va omonimiyaning yuzaga
kelishi. 
A d a b i y o t l a r 
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002. 
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995 
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996. 
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi.
T. 2009. 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin