O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi


Boglovchisiz qo’shma gaplar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Boglovchisiz qo’shma gaplar 
 
Boglovchi vositalarsiz birikkan qo’shma gaplarga mavjud adabiyotlarda bir xil ta`rif 
beriladi: ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning o’zaro grammatik boglovchilar yordamisiz 
birikuvidan tuzilgan qo’shma gaplar boglovchisiz qo’shma gaplar bo’ladi (o’zbek tili 
grammatikasi, a976, q00). Yana bunday gaplarning tabiati to’grisida shunday deyiladi: «... 
bunday sodda gaplarning strukturasi leksik, morfologik, sintaktik parallellik bo’ladi. Bu xol 
gapda ega va kesimlarning bir xil shaklda bo’lishida, antonim egalarning va bir xil shakldagi 
kesimlarning kelishida, antonim aniqlovchilar va bir xil bo’laklarning takrorlanishida 
ko’rinadi» (O’zbek tili grammatikasi, a976, q00). 
Shuni ta`kidlash lozimki, ikki bosh bo’lakli qo’shma gap satxida yoki bir bosh bo’lakli 
qo’shma gap satxida bo’lmasin, ular komponentlarining boglovchisiz ham o’zaro aloqada 
bo’lishi boglovchilarning qo’shma gaplardagi roli masalasini qayta ko’rib chiqish muammosini 
keltirib chiqaradi. Xaqiqatan ham, qo’shma gaplar boglovchisiz qo’llana olish imkoniyatiga 
ega ekan va shunday holatda ham murakkab denotativ voqealarni aks ettira olar ekan, unda 
boglovchi va boglovchi vositalarning qo’shma gapdagi o’rni masalasida tayinli fikrlar bildirish 
lozimligi ma`lum bo’ladi.
qadimgi turkiy tilda va eski o’zbek tilining dastlabki taraqqiyotida qo’shma gaplar, asosan, 
xech qanday boglovchilarsiz o’zaro birikkan (Abduraxmonov G., a97n’, ag’). Bunga sabab u 
paytlarda xali boglovchilar juda kam bo’lgan. Bu xaqda G.Abduraxmonov shunday yozadi: 
«Xali teng va tobe boglovchilar bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan davrlarga oid bo’lgan 
o’rxun yozuvlari va XI asr yodnomalarida murakkab fikr sodda gaplarni yonma-yon keltirish 
hamda ma`lum intonatsiya va boshqa vositalar orqali ifodalangan» (Abduraxmonov G., a97n’, 
ag’). Boglovchisiz qo’shma gaplarning ba`zilari hozirgi zamon boglangan qo’shma gaplari 
uchun, ba`zilari hozirgi zamon ergash gapli qo’shma gaplari uchun asos bo’ladi, ayrimlari esa, 
ma`lum o’zgarishlar bilan hozir ham qo’llanadi (Abduraxmonov G., a97n’, ag’). 
Demak, ilk davrlarda boglovchilar qo’llanilmagan ekan, shakliy vositalarsiz ham sodda 
gaplar uzaro boglangan ekan, keyingi davrlarda ularning qo’shma gap tarkibida kelishi shakliy 
ravonlikni, turli modallikni ifodalash uchun, deyishga asos bor. G.Abduraxmonov to’gri 


67 
ta`kidlaganidek, boglovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasidagi semantik 
munosabatlar quyidagi yo’llar bilan ifodalangan:
Turli intonatsiya; pauza; 
Gap bo’laklari va gaplarning o’rinlashishi; 
Ayrim gap bo’laklari (asosan, olmosh va fe`l bilan ifodalanuvchi) ning semantikasi; 
Ayrim gap bo’laklarining takrori. Bunda olmoshlarning roli kattadir (takrorlangan bo’lak 
gaplarni semantik jixatdan boglaydi); 
qo’shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatni konkretlashtirish uchun ayrim 
leksik elementlar (anda, ani, ul fursatda, ul jixatdin) qo’llanadi (Abduraxmonov G., a97n’, aq). 
Bu fikrlar boglovchilar vositasida boglangan qo’shma gaplarga ham taalluqli ekanini yuqorida 
ko’rib o’tgan edik. Bunday fikr-muloxazalarning tugilishi esa «Boglangan qo’shma gaplar», 
«Boglovchisiz qo’shma gaplar», «Biriktiruv boglovchili qo’shma gaplar» kabi tushunchalarni, 
avval aytganimizdek, qayta ko’rib chiqish lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Chunki bu 
atamalar bu xil gaplarning tabiatini to’la ochib berolmaydi. Shuning uchun ularni soddagina 
qilib, A.Nurmonov taklif qilganidek, «Tenglanishli qo’shma gap», «Tobelanishli qo’shma 
gap» deb atash maqsadga muvofiq (Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo’jaeva 
S., a99g’, g’a).
quyida boglovchisiz qo’shma gaplarning mano munosabatiga ko’ra turlarini tavsif 
qilishga o’tamiz.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin