O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Ega ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan 
ifodalangan egani izoxlab, to’ldirib keladi. Eski o’zbek tilida ega ergash gap bosh gapga 
quyidagicha boglangan: 
hozirgi o’zbek tilidagidek, fe`lning shart mayli formasi yordamida: har kim padshax 
bolsa, yana yan’i xazana yigmaq kera’k (BN). har kishi tu’rkicha’ aytsa, bir ayag 
ichsu’n (BN). 
–r(-ar,-a’r,-ur,-u’r) affiksli sifatdosh formasi yordamida: a’l chin so’zni yalganga qatar, 
durri saminni najasatqa atar (Navoiy Mq). 
Fe`lning aniqlik mayli formasi yordamida: har kishi kim tiriklik manziliga kelibtu’r, axir 
dunya gamxanasidin kechku’sidu’r (BN). 
–ke,-kim boglovchisi orqali: So’n’ra’ ma`lum boldi kim, mujavirlarnin’ tazviri eka’ndu’r 
(BN).
Eski o’zbek tilida ham ega ergash gap bosh gapda ifodalanmagan egani izoxlab kelgan: 
har kimke vafa qilsa, vafa tapqusidur//har kimke jafa qilsa, jafa tapqusidur (BN) 
Kesim ergash gapli qo’shma gaplar. Kesim ergash gap bosh gapning olmosh orqali 
ifodalangan kesimini izoxlab, bosh gapga hozirgi o’zbek tilidagidek, -ke,-kim boglovchisi orqali 
boglangan. Bosh gapning kesimi vazifasida hozirgi o’zbek tilida shu olmoshi keladi. Eski 
o’zbek tilida esa ko’proq bu, bo’lar, ul ko’rsatish olmoshlari qo’llangan. Misollar: Ximmati va’ 
garazi ul edikim, ul ishni kamalga tegu’rga’y (BN). a’mid andaqdurkim, ushbu ku’n tan’-la 
Xisravshaxnin’ jami` navkar va’ savdari kelib, padshax qullugin qabo’l qilgaylar (BN). 


63 
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, tuldiruvchi ergash gaplar bosh 
gaplardagi tuldiruvchi sintaktik vaziyatidagi leksemaning manosini tuldirib keladi va bosh 
gapga –ki // -kim shakliy vositasi orqali boglanadi: Aqibat an’a qarar tapti kim, saltanat tajin 
ikki ach arslan arasida qoygaylar ( Navoiy TMA ). Ish an’a yetti kim, biznin’ el xandaq 
yaqasigacha barib, qul va’ dadak keltu’ru’rla’r edi (BN). 
hozirgi o’zbek tilida to’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga fe`lning shart mayli shakli, deb 
yordamchisi, -mi,-chi, -ku yuklamalari va –ki boglovchisi yordamida boglanadi. Eski o’zbek 
tilida esa asosan –ke,-kim vositasida boglangan. 
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi 
aniqlovchi vazifasida qullangan, ayrim suzlarning manosini konkretlashtirib keladi yoki bosh 
gapdagi predmetning aniqlovchisi vazifasini bajaradi. Aniqlovchi ergash gap ko’pincha bosh 
gapdagi predmet belgisini uning harakati yoki holatiga kura aniqlaydi. Aniqlovchi ergash gap 
bosh gapdagi ot orqali ifodalangan turli bo’laklarni izoxlab keladi.
Aniqlovchi ergash gapning tarixiy taraqqiyotiga nazar tashlasak, uni uzoq tarixga ega 
ekanini ko’ramiz. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar qadimgi turkiy tilda, shuningdek, 
eski o’zbek tilida ham keng qo’llangan. 
hozirgi o’zbek tilida aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga –ki boglovchisi hamda shart 
mayli formasi yordamida boglanadi. Eski o’zbek tilida ham shunday xolni kuzatish mumkin: 
Xaja falanga dagi xukm bolsa kim, alar ishidin xabardar bolub, alarga madadkarligida taqsir 
qilmasa (Navoiy MSh ). Sudurga xukm bolsa kim, vilayat avqafidin xabardar bolsalar (Navoiy 
MSh). Andaq rivayat qildilar kim, chumchuq bezga’k bolgandur (BN)  

Ba`zan aniqlanayotgan bo’lak shaklan ifodalanmasligi ham mumkin. Lekin mazmunan 
u tuliq anglashinaveradi: Andoq eshitildikim, Astrobodda olamdin utubtur (Navoiy MN). 
Mazkur misolda bosh gap tarkibidagi aniqlanayotgan bo’lak (xabar) shaklan ifodalanmagan. 
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi aynan ana shu ifodalanmagan sub`ektni aniqlab, izoxlab 
kelgan. Implitsit sub`ekt andoq xavola bo’lagi orqali anglashilib turibdi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin