62
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Ergash gapli qo’shma
gaplar
Ma`lumki, ergashgan qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar o’zaro xokim-
tobelik munosabati orqali boglanadi. Ergash gap bosh gapga tobe boglanib, bosh gapdagi biror
bo’lakni izoxlab keladi. Bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips boglanib, yaxlit
birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi. a’lar o’zaro fe`lning amaliy shakllarining
qo’llanishi (turli grammatik vositalar
bilan birikkan sifatdosh, ravishdosh va shart fe`li),
yordamchi so’zlar orqali munosabatga kirishishi aytiladi (Abduraxmonov G., a996, aho’).
Ergashgan qo’shma gaplarning guruxlanishi ergash gapning bosh gapdagi qaysi bo’lakni
izoxlab kelishiga qarab belgilanadi. Shuni aytish kerakki, ergash gaplarning tasnifida
tilshunoslar o’rtasida umumiylik bor. o’zbek tilshunosligida ergash gaplar mazmuniy – shakliy
jixatdan an’ turga ajratiladi: a) ega, g’) kesim, q) to’ldiruvchi, n’) aniqlovchi, o’) ravish, 6)
o’lchov- daraja, 7) chogishtirish-o’xshatish, h) sabab, 9) maqsad, a0) payt, aa) o’rin, ag’) shart,
aq) to’siqsiz, an’) natija ergash gaplar (Gulomov A., Asqarova M., a9h7, ah7). N.Maxmudov
ham ergashgan qo’shma gaplar semantikasini ayni shu tasnif asosida taxlil etadi (Nurmonov
A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo’jaeva S., a99g’, g’n’q). G.Abduraxmonov
esa ularni
quyidagi turlarga ajratadi: a) aniqlovchi, g’) to’ldiruvchi, q) ega, n’) kesim, o’) payt, 6) sabab,
7) shart, h) maqsad, 9) to’siqsiz, a0) natija, aa) ravish, ag’) qiyos, aq) umumlashtiruvchi-izox
ergash gaplar (Abduraxmonov G., a996, a9a-g’a6). a’ning bu tasnifida yuqoridagi barcha
qo’shma gaplar aks etgan bo’lsa-da, qiyos va umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz
maydalashtirilib yuborilgan. Masalan, umumlashtiruvchi-izox ergash gapli qo’shma gaplar
tabiati haqida to’xtalar ekan, u shunday yozadi: «Ergash gaplarning shunday turlari borki, ular
bosh gapga analitik-sintetik yo’l bilan boglanadi. Bu xolda bosh va ergash gap o’zaro nisbiy
olmoshlar orqali birikib, ergash gapning kesimi shart mayli orqali ifodalanadi. Demak, bunday
ergash gaplar bosh gapga asosan leksik vositalar va shart mayli orqali boglanadi. Bu boglanish
ikki tomonlama bo’lib, boglovchi leksik vositalar ham ergash gap, ham bosh gap tarkibida
qo’llanadi» (Abduraxmonov G., a996, g’a6).
Eski o’zbek tilida ham ergash gapli qo’shma gaplarning yuqoridagi turlari qayd qilinadi.
quyida ularni ko’rib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: