O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi


Ma’ruza ¹16-17.Eski o’zbek tilida qo’shma gaplar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

 
Ma’ruza ¹16-17.Eski o’zbek tilida qo’shma gaplar 
Boglangan qo’shma gaplar taraqqiyoti 
 
Reja: 
1.Boglangan qo’shma gaplar bo’yicha nazariy ma`lumot. 
2.Qiyoslash munosabatini ifodalovchi boglangan qo’shma gaplar. 
3.Payt munosabatini iodalovchi boglangan qo’shma gaplar. 
4.Sabab-natija munosabatini ifodalovchi boglangan qo’shma gaplar. 
Tayanch tushunchalar 
Qo’shma gap, boglangan qo’shma gap, qiyoslash munosabati,
payt munosabati, Sabab-natija munosabati, ergash gapli qo’shma gap 
 
An`anaviy tilshunoslikda boglangan qo’shma gaplarning mano jixatdan besh turi: a) 
qiyoslash munosabati; g’) payt munosabati; q) ayiruv munosabati; n’) sabab- natija 
munosabati; o’) izoxlash munosabati sanab utiladi va har bir turning formal-grammatik tomoni 
taxlil qilinadi (o’zbek tili grammatikasi, a976). S.Solixujaeva tadqiqotlarida esa boglangan 
qo’shma gaplar orasidagi mazmuniy munosabatlar haqida fikr yuritiladi (Nurmonov A., 
Maxmudov N., Axmedov A., Solixujaeva S., a99g’, ag’0-g’00). 
Rus tilshunosligida boglangan qo’shma gaplar tarkibidagi boglovchilarning ishtirokiga 
kura ikki guruxga ajratiladi: a) ochiq strukturali boglangan qo’shma gaplar; b) yopiq strukturali 
boglangan qo’shma gaplar (Beloshapkova V.A., a967, 6g’-69). S.Solixujaeva tadqiqotlarida 
ham o’zbek tilidagi boglangan qo’shma gaplar shu tamoyil asosida taxlil etiladi (Nurmonov A., 
Maxmudov N., Axmedov A., Solixujaeva S., a99g’, ag’7). 
Alisher Navoiy nasriy asarlaridagi bir bosh bo’lakli boglangan qo’shma gaplar taxlil 
etilganda, shu narsa ma`lum bo’ldiki, bunday gaplarni asosiy boglovchi vosita va biriktiruv 
boglovchisidir. Ma`lumki, va boglovchisi gapning uyushiq bo’laklarini ham, qo’shma gap 
tarkibidagi sodda gaplarni ham bir-biriga boglaydi. hozirgi o’zbek tilida bu boglovchi bilan 
«qo’shma gap komponentlari sirasini davom ettirganda, birinchi va ikkinchi komponentni 
boglasa, keyingi komponent boshqa teng boglovchi orqali yoki intonatsiya orqali boglanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, birinchi va ikkinchi komponentlarda bir teng boglovchi grammatik 
forma sifatida ishtirok etsa, qolgan komponentlar orasida boshqa bir teng boglovchi grammatik 
forma sifatida ishtirok etadi. Bu stilistik jixatdan ravonlikni ta`minlaydi» (Nurmonov A., 
Maxmudov N., Axmedov A., Solixujaeva S., a99g’, ag’7). Va boglovchisining semantik 


59 
doirasi eski o’zbek tilida, shu jumladan, Alisher Navoiy asarlari tilida nisbatan ancha kengdir, 
u uyushiq bo’laklarda, ayniqsa qo’shma gap ko’chimidagi sodda gap kompenetlarinining turli 
mazmun munosbatlarini ifodalashda faol qatnashgan (Ashirboev S., a990, g’9o’-g’97).
Alisher Navoiy asarlari tilida esa va boglovchisi takroran qullana beradi. Misol: 
Devanlar uchun fexrist bitib erdila’r va har birin mavsum bir ismga qilib erdila’r va bu ismga 
faqir bais bolganini dagi izxir qilib erdila’r (XM o’7).  
Fikrimizcha, bunga asosiy sabab va boglovchisining eski o’zbek tilida qullanish 
imkoniyatining kengligidir. Bu boglovchining Alisher Navoiy davrida uyushiq bo’laklarni 
boglash bilan birgalikda yangi gapning boshlanishini kursatuvchi ishora sifatida qullanishi 
G.Abduraxmonov tomonidan tadqiq etilgan (Abduraxmonov G., a960, g’a) va bu fikr boshqa 
turkiyshunos olimlar tomonidan ham ma`qullangan (Mirzazoda., a96h, 97). Demak, aynan 
mana shu holat, ya`ni, va boglovchisining yangi gapning boshlanishini kursatuvchi ishora 
sifatida ham qullanishi ochiq strukturali boglangan qo’shma gaplarda sodda gaplarni 
istagancha davom ettirish imkonini bergan. Ikkinchidan, bu holatni boglovchi shakliy 
vositalarning mavqei u qadar muxim emasligi bilan ham izoxlash mumkin. 
Sintaktik konstruktsiyalar semantikasi haqida suz yuritilganda modus va diktum 
atamalariga tuxtalib utish lozim. Modus va diktum gaplarning semantik xususiyatini belgilab 
beruvchi tushunchalar xisoblanadi. Bu tushunchalar rus tilshunoslari va o’zbek tilshunoslari 
tomonidan ham e`tirof etilgan.
Ma`lumki, diktum gapda asosiy fikr-voqeaning ifodalovchisi sifatida tushunilsa, modus diktum 
voqeaning sub`ektiv interpretatsiyasi (CheremisinaM.I., Kolosova T.A., a9h7, qn’) 
xisoblanadi. Modus va diktum sodda gaplarda ham, qo’shma gaplarda ham mavjud bo’ladi. 
Ayniqsa, qo’shma gaplarda ularning aktuallashuvi o’ziga xos bo’ladi. 
Ma`lumki, qo’shma gaplarda ikki yoki undan ortiq voqealar ifodalanadi. Mana shu voqealar 
semantik xususiyatiga kura g’ xil bo’ladi: 
1.
Diktum voqea. 
2.
Modus voqea. 
Ergashgan qo’shma gaplardagi diktum va modus mazmunning ifodalanishi, ularning o’ziga 
xos xususiyatlari N.Maxmudovning tadqiqotlarida keng va atroflicha yoritilgan (Maxmudov 
N., Nurmonov A., a99o’, a66-g’ah).
Bu xususda N.Maxmudov shunday yozadi: “Bu o’rinda gap manosidagi ikki xil tabiatli 
mazmunni farqlash kerak bo’ladi. Mazmuniy sintaksisning taraqqiyoti munosabati bilan, - deb 
yozadi V.A.Beloshapkova, - juda ko’p tilshunoslar tomonidan turli vaqtlarda aytilgan gap 
manosida bir-biridan printsipial farqlanuvchi ikki tur mazmun – borliqni aks ettiruvchi xolis 
mazmun va fikrlovchining ana shu borliqqa munosabatini aks ettiruvchi sub`ektiv mazmun 
qo’shilgan, degan fikr aloxida dolzarblik kasb etadi”. Va boglovchili qo’shma gaplarda turli 
mazmun munosabatlari ifodalangan. a’lar quyidagilar: 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin