57
Olmosh bilan:
Va anin’ vasiyatnamalarini mutalaa qqilib, ul dastur bila’ amal qilurga
mu’rta’kib boldi (Navoiy, TMA).
harakat nomi bilan:
Yana ishq atvarida kim, ashk va yiglamaq muqabalasida axu isig dam
umdadur (Navoiy, ML).
Sifatdosh bilan:
Va alar ma’zku’r bolganlarnin’ ko’pin turkcha ayturlar (ML).
Eski o’zbek tilida ham qaratqich aniqlovchilar belgisiz qo’llangan.
Belgisiz qaratqich,
asosan, ot va olmoshlar bilan ifodalangan:
Va el fayzi uchun vazn silkiga’ nazm berma’k (Mq).
Muamma fanida ham risala bitibdu’r (Navoiy, MN).
Xol. Xol ham gapning tarkibiy va uzviy bo’laklaridan bo’lgan ikkinchi darajali
bo’lakdir. hozirgi o’zbek tili sintaksisiga oid ishlarda xolning mano turlarini belgilashda
turlicha tasniflar mavjud. F.a’baeva o’rin, sabab, payt, maqsad, natija, miqdor, tartib, birgalik-
yolgizlik, ravish, o’xshatish, shart, to’siqsizlik, inkor xollarini farqlaydi (a’baeva F. Xol
kategoriyasi.T., a97a, a9-b). Bu tasnifdagi natija xoli sabab xolining bir mano guruxi, tartib va
birgalik, o’xshatish xollari esa ravish xolining bir mano guruxi
ekanligini xisobga olinsa,
an`anaviy xolning mano tasnifi o’zining ilmiy qimmatini yo’qotmaganligini sezish qiyin emas.
Eski o’zbek tilida ham xolning quyidagi mano turlari qo’llangan:
o’rin xoli. o’rin xoli hozirgi o’zbek tilidagidek, kelishikli va ko’makchili shakllar bilan
ifoda qilingan:
qubad Rumga cherik tartib, muzaffar va mansur yandi (Navoiy, TMA). a’l
Tabaristan sari tartib urushmadi (Navoiy, TMA).
Payt xoli.Payt xollari asosan payt ravishlari bilan ifodalangan:
Emdi so’znin’ asliga
shuru` qilali (Navoiy, Mq).Va hamesha faqir musaxib erdi (Navoiy, MN).
Ravish xoli. Bu bo’lak uchun holat ravishi morfologik ashyodir:
Gayibana shatranjni xub
oynar (Navoiy,MN). Va qasidani puxta aytur (MN).
Xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, sifat bilan ham ifodalanadi:
qafiyasini yaxshi
aytmaydur erdi (MN).
Sabab xoli. Sabab xoli uchun maxsuslashgan so’z turkumi yo’q. Bunday xollar ish-
harakatning, kengroq manoda belgining mavqe`iga nisbatan boshqa so’z
shakllarining tutgan
mavqe`idan, ya`ni predikatga nisbatan sabab munosabatini bildirgan so’z shakli va
iboralarning mavqe`idan belgilanadi. Sabab xoli ham kelishikli va ko’makchili shakllar bilan
ifoda qilinadi:
Alar vaxxmdin ul tiflni bir qiymatiy nima’ga’ chirma’b, ul chax bashida qoyub
qachtilar (Navoiy, TMA). a’l xalayiq taajjub yu’zidin andin ul xal ka’yfiya’tin sorubturlar
(Navoiy, NM).
Maqsad xoli. Maqsad xollarining ham kelishikli va ko’makchili shakllari mavjud:
Shikayatga bu faqir qashiga keldila’r (MN).Ilm taxsili uchun shaxrga kelibtu’r (MN).
Darja-miqdor xoli. Ma`lumki, bunday xol uchun daraja-miqdor
ravishi ifoda ashyosi
bo’lib xizmat qiladi, lekin sifat va boshqa so’z turkumlari ham daraja-miqdor xoli mavqe`ida
kelgan:
Tab`i asru xub vaqe` bolubtur (MN). Gazal ko’pra’k aytur (MN).
Xulosa qilib aytish mumkinki, gap bo’laklarining tarkibiy va mano xususiyatlarida hozirgi
o’zbek adbiy tiliga o’xshash va yaqin turadigan o’rinlar anchagina. Bu, o’z navbatida, hozirgi
o’zbek adabiy tili sintaksisi eski o’zbek tili sintaksisining bevosita davomi ekanligini ko’rsatib
turadi.
Savol va topshiriqlar
Teng va tobe birikmalarga Alisher Navoiy asarlaridan a0 ta misol yozing.
Gap bo’laklarining har biriga uchtadan misol yozing.
Eski o’zbek tili sintaksisi bilan hozirgi o’zbek tili sintaksisi o’rtasida qanday farqli
tomonlar mavjud?
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
58
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Dostları ilə paylaş: