O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Shaxsi aniq gaplar. Ma`lumki, shaxsi aniq gaplarning kesimi orqali uning grammatik 
egasini tiklash mumkin. Kesim orqali eganing qaysi shaxs va sonda ekanligi aniq ko’rinadi. 
Ba`zi adabiyotlarda bunday gaplar kesim orqali ega anglashilib turganligi uchun ikki sostavli 
gaplarga, ba`zi adabiyotlarda esa to’liqsiz gaplarga ham kiritiladi. Lekin aksariyat 
adabiyotlarda shaxsi aniq gaplar sifatida e`tirof etiladi. G.Abduraxmonov ham bu tip gaplarni 
bir bosh bo’lakli gaplarning bir turi sifatida qaramaydi (Abduraxmonov G., a996).
Aksariyat adabiyotlarda shaxsi aniq gaplarning kesimi birinchi va ikkinchi shaxs shaklida 
bo’ladi, uchinchi shaxs shaklidagi kesimlar esa shaxsi noma`lum gaplarga xos deyiladi. 
A.Gulomov shunday yozadi: «shaxsi aniq bir sostavli gap uchun kesimning birinchi va 
ikkinchi shaxs formasida kelishi ko’p uchraydi» (Gulomov A., Asqarova M., a9h7, aqo’).
Ma`lumki, birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs olmoshlari o’z manosi bilan bir-biridan 
farq qiladi. Birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlari insonni ko’zda tutadi, uchinchi shaxs olmoshi 
esa konkret uchinchi shaxsdan tashqari, har qanday shaxs yoki predmetni ifoda qilishi ma`lum. 
Shunday ekan, uchinchi shaxs olmoshi konkret shaxsni ifodalaganda, birinchi, ikkinchi shaxs 
olmoshlari bilan umumiylikka ega bo’ladi. Bu vazifada u olmoshi men, sen  olmoshlari sirasida 
qaralishi lozim. Shu manoda u olmoshining gapda qo’llanmasligi men, sen olmoshlarining 
qo’llanmasligi kabi sintaktik norma bo’ladi. Shuning uchun bu tip gaplar eski o’zbek tilida: 
I shaxsda ham: Ikki ku’ndin son’ra yana alar xizmatiga yettim (Navoiy, XM o’7). a’l 
xazrat qashida astagina oqudum (Navoiy, XM ah). Barur kishidin ul gazalga tatabbu` qilib, 
nama yiba’rib erdim (Navoiy, XM qg’). 
II shaxsda ham: Xabar bolguncha salamatlig bila’ azimat qilib ermish-siz (Navoiy, MSh aan’). 
Axbab, yigitlikni ganimat tutun’uz (Navoiy, Mq ha). 
III shaxsda ham: Va sultani saxibqiran astanasida bolur erdi (Navoiy, MN g’6). XXa’jji 
mubarak safariga barib, sayr rasmi bila’ Xind sari mutavajjix boldi (Navoiy, MN ag’) keng 
qo’llangan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin