55
sostavli gapning bosh bo’laklaridan biridir: u xoqim sostavning grammatik markazi, shu
sostavdagi bo’laklarga, shuningdek, tobe sostavdagi bosh bo’lakka – kesimga ham xokimdir.
Ega absolyut xokim holatdagi bo’lakdir. a’ gapdagi fikr, xukm o’ziga qaratilgan predmetning
– nutq predmetining nomidir. Ega harakatni bajaruvchi yo qabo’l qiluvchi shaxsdir yoki kesim
ifodalagan holat, yo belgi qarashli predmet» (Gulomova A., Asqarova M.
hozirgi zamon
o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., a9h7, 77).
Keyingi yillarda gapning shakliy tomoni bilan bir qatorda, uning mazmuniy tomonini
o’rganishga ham jiddiy e`tibor berilmoqda, ya`ni tilshunoslikda mazmuniy sintaksis degan yangi
yo’nalish yuzaga keldi. Bu borada A.Berdialiev, R.Sayfullaeva, A.Nurmonov, N.Maxmudov,
A.Axmedov, S.Solixo’jaeva, M.Abuzalova va boshqalarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tish joiz.
Bu tadqiqotlarda gapning bosh bo’laklari xususida ham yangicha qarashlar paydo bo’ldi. Bu,
ayniqsa, N.Maxmudov, A.Nurmonov, M.Abuzalovalarning ishlarida o’z ifodasini topdi. Bu
qarash bo’yicha o’zida predikativlikni
aks ettiradigan, gapni uyushtiruvchi va shakllantiruvchi
bo’lak kesimdir. Kesim gapning markaziy bo’lagi bo’lganligidan butun tavsifi – grammatik
kategoriyalari: tasdiq-inkorlik, shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va xokazolar kesimga qarab
belgilanadi. Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o’ynaydi. To’gri,
kesim haqidagi
bunday fikr-muloxazalar an`anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan, A.Gulomov shunday
yozadi: «Kesim ega bilan o’zaro boglangan bo’lib, gapning uyushtiruvchi markazlaridan biridir:
u
xukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) –
predikativlikni ko’rsatuvchi eng muxim bo’lak bo’lganligidan gapning mazmunini, strukturasini,
harakterini belgilashda katta rol` o’ynaydi, ega nutq predmetini-temani (gapning nima to’grisida
borishinigina) bildiradi, shu xaqda nima deyilishini, xabarni, harakteristikani kesim bildiradi»
(Gulomov A., Asqarova M. hozirgi zamon o’zbek tili. Sintaksis. T., a9h7, hn’).
Olim xatto
kesimning gapdagi eng zaruriy bo’lak ekanligini e`tirof etadi. Gapning shakllanishida kesim
muxim rol` o’ynashini aytadi: «Gapni maydonga keltirish, fikrni ifodalash
jixatidan kesimning
gapdagi ahamiyati juda kattadir: u kommunikatsiyada (aloqa – aralashuv, xabar berishda) asosiy
vazifani bajaradi. Gapda kesimning ayrim bo’lak sifatida ifodalanmay qolishi kuchli sezilib
turadi. Demak, gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich boglangandir. Predikativ
aloqaning ko’rsatkichlari, odatda, kesimda bo’ladi» (Gulomov A., Asqarova M., yuqoridagi asar,
a9h7, hn’).
Ma`lumki, gapning harakterli belgilaridan biri predikativlikdir. Demak,
kesim predikativ
aloqaning muxim ko’rsatkichi, gap tushunchasi bilan juda zich boglangan ekan, u gapda xokim
bo’lak xisoblanishi kerak.
Ega quyidagi mano xususiyatlarini bildiradi:
1.
harakat, holat va belgini bildiradi:
hamul besh-on ku’nda’ abtar devanani bozaxanada
Dostları ilə paylaş: