O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Enantiosemiya 
Enantiosemiya bitta leksema ma’nosida nutqiy muhit talabiga ko’ra zidlanishning 
ifodalanishidir. Chunonchi, ofat so’zining ma’nosi “falokat”, “balo”dir, ammo u “Ulug’ yo’l” 
romanidagi bir epizodda shu ma’noga zid ravishda “go’zal”, “maftunkor” ma’nolarini 
anglatgan: “Adibaxn alifday nozik, yuzi tiniq, oq, yirik ko’zlari ustidagi ingichka qoshlari 
ofat...
1
Tabiiyki, bunday holatda ham antonimiya yuzaga kelmaydi. 
Antonimiya va polisemiya 
Antonimiya va polisemiya hodisalari o’zaro bog’liqdir: ko’p ma’noli leksema o’zining bosh 
ma’nosi bilan bitta antonimik juftlikka, hosila ma’nosi bilan esa boshqa antonimik juftlikka 
kirishi mumkin. Masalan, achchiq qalampir va shirin olma birikmalarida achchiq va shirin 
leksemalari o’zlarining bosh ma’nolari orqali antonimik munosabatga kirishgan; achchiq gap 
va shirin gap birikmalarida esa achchiq va shirin leksemalarining hosila (ko’chma) ma’nolari 
antonimiyaga asos bo’lgan. 
Leksik omonimiya 
Leksik omonimiya-leksemalarning ifoda planidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik 
hodisasi. Masalan, o't («olov»)- o't («maysa»), kamar («qayish, ko'ndan ishlangan belbog'»)- 
kamar («daryo, tog'larda suv o'yib ketgan chuqur joy») kabi. 
Leksik omonimiyada ikki xil hodisa mavjud: omonimlar va omoformalar. 
1. Omonimlar shakli bir xil, ma'nolari har xil (o'zaro bog'lanmagan) leksemalardir. Ular 
(yuqoridagi misollar), omonim omoleksemalar deb ham ataladi. Bunday omonimlarning 
ko'pchiligi bir so'z turkumiga mansubdir, shu sababli ularning nutqdagi grammatik shakllari 
ham bir xil bo'ladi. Qiyos qiling: ot («ism»)- otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi, ot 
(«hayvon»)- otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi. Yana: bo'sh (sifat)- «ichiga hech narsa 
solinmagan»: bo'sh chelak kabi, bo'sh (sifat)- «tarang tortilmagan»: arqonni bo'sh tortib 
bog'lamoq kabi.
2. Omoformalar ayrim grammatik shakllaridagina teng keladigan leksemalardir. Ular 
omoforma omoleksemalar deb ham nomlanadi. Masalan, sur (ot: “qorako’l teri navi”) va sur 
(sifat: “och kulrang”) leksemalari ayni shu shaklda lug’atga kiritiladi, biroq ot turkumidagi sur 
leksemasi turlanganda (surni, surga, surning... kabi) sur (ot) va sur (sifat) o’rtasidagi shakliy 
tenglik yo’qoladi. Demak, bu ikki leksema o’rtasidagi shakliy tenglik ot turkumidagi sur so’zi 
bosh kelishik shaklida bo’lgandagina saqlanib, boshqa shakllarida yo’qoladi, shu xususiyati 
bilan omoforma omoleksemalar omonim omoleksemalardan farq qiladi. 
O’t (ot: “olov”) va o’t (fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi shakli) munosabatida 
boshqacharoq holat kuzatiladi: o’t fe’l shakli lug’atga o’tmoq shaklida kiritiladi, binobarin, o’t 
(ot) va o’tmoq (fe’l) ortasidagi shakliytenglik yo’qligi ma’lum bo’ladi, shunga qaramay 
fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi o’t shaklli bilan otning bosh kelishigidagi o’t shakli 
omoforma omoleksemalar sanaladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin