Bu kursatish olmoshi keng kulamda qullangan, nutq paytida mavjud bo’lgan yaqin
masofadagi kishi, narsa, hodisalarni kursatadi: bu benava (Lutfiy), b u rasadni (BN). Olmoshlar uch xil semantik vazifa bajargan:
Deyktik vazifa, ya`ni sof ko’rsatish manosini anglatgan: Bu baytni oqubdur (Navoiy, MN).
Anaforik vazifa, ya`ni oldin tilga olingan shaxs, predmetni ko’rsatadi: Bu ham yaxshi bardi (Boburnoma).
Preprativ vazifa, ya`nikeyin tilga olinadigan predmet va shaxslarni ko’rsatadi: Meni tanimaydur, s£ru’ptu’rkim, bo’lar qaysi sultandur (Boburnoma). Bu kursatish olmoshi kelishiklar bilan turlanganda va ko’plik affiksini olganda, uning
tuzilishida turli fonetik o’zgarishlar yuz beradi. Bosh kelishikdan boshqa kelishiklar bilan
turlanganda, so’z boshidagi b undoshi m ga o’tadi: buni-muni, bunun’-munun’ va x.k.
Shuningdek, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarida negiz va kelishik hamda ko’plik
affiksi o’rtasida interkalyar «n» undoshi orttirilishi mumkin. Kelishiklar bilan turlanganda
«n» undoshining orttirilishi doimiy (statik) bo’lsa, ko’plik shaklida u doimiy emas. Misollar:
Bo’lar dagi Sayyidga’ kirmish (Shayb.). Oglanlarnin’ atlari munlar turur (Sh.tar.). Mundin artuq qilma zar (Lutfiy).
So’z boshida «b»ning «m»ga o’tishi ham doimiy emas: Barcha xalq buni eshitib...(Sh.tar.).
Bu olmoshi XVIII-XIX asrlarda bo’l variantida ham qo’llangan. a’ning tafsiloti
quyiroqda beriladi.
a’l olmoshi so’zlovchiga masofa jixatdan uzoqroq bo’lgan predmet va uning belgisini
ko’rsatish uchun qo’llangan va bu jixatdan bu olmoshi bilan zidlanishni (oppozitsiyani) xosil
qilgan: Gamza birla’ t£kti qanim ul sanam (Lutfiy).
a’l olmoshining u varianti ham iste`molda bo’lgan: Maxsharda galibakim, u ku’n k£rma’ga’y azab (Lutfiy).
Ilmiy adabiyotlarda ul (u) olmoshining an varianti haqida fikr yuritiladi, aslida an olmoshi fors tilidan o’zlashgan bo’lib, fonetik jixatdan ul olmoshiga aloqasi yo’q.
a’l olmoshining kelishiklar bilan turlanish xususiyatlari ul kishilik olmoshi bilan
aynandir.
a’sh so’zi haqida. Ilmiy adabiyotlarda bu so’z olmoshlar tarkibiga kiritiladi, lekin uning
matndagi qo’llanish xususiyatlari boshqa olmoshlarga quyiladigan morfologik talablarga
javob bermaydi, ya`ni u kelishik va ko’plik affikslarini qabo’l qilmaydi, lekin ko’rsatish
olmoshi semantikasiga mos kela oladi, demak, u grammatikaning asosiy talabi, ya`ni
kategorial belgilarni qabo’l qilmas ekan, uni olmoshlar tarkibidagi masalada munozara
mavjud.
a’sh so’zi hozirgi o’zbek tilidagi mana 1 so’ziga ekvivalentdir. Ma`lum bo’ladiki, mana so’zi olmosh deb e`tirof etilmayotgan ekan, ush so’zini ham olmosh deb qarash mumkin
emas, lekin bu so’z XIII-XIV asr yodgorliklarda faol qo’llangan: qadax evru’ldi ush bostan ichinda’ (MN). Zulfun’ dagi ul kafur ush iman aladur-la (Lutfiy). Lekin bu so’z ushbu, oshul, oshal, shul olmoshlarining xosil bo’lishida qatnashgan.
a’shbu (ushqbu) olmoshi nutq momentidagi predmet va belgini ko’rsatadi: a’shbu dam eru’r jannin’ futuxi (MN). Lekin bu so’z o’zgarishlar yuz bergan, orttirma -n paydo bo’lgan,
b tovush -m sonoriga o’tgan: Lutfiy — munda; Yaqiniy — munun’-dek.
Oshul (ush//oshqul) kursatish olmoshi XV—XIX asrlar yozma manbalarida iste`molda
bo’lgan, tinglovchiga oldindan ma`lum shaxs, narsa hodisalarni kursatadi: Faryadim oshul yerga’ yetibtur (Lutfiy). Oshul yerda’ yattuq (Sh. tar.).
1