O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Sifatdosh – predmetning belgisi bo’lgan harakatni, ba`zan ish-harakatni to’gridan-to’gri 
anglatadigan fe`l shakli. 
Ravishdosh – harakatni ikkinchi bir ish-harakat belgisi sifatida anglatadigan, gapda xol va 
ergash gap kesimi bo’lib kelishga moslashgan fe`l shakli. 
Sof fe`l – buyruq-istak, shart va ba`zan aniqlik mayllari hamda ularning zamonlari 
manolarini ifodalab, har doim tuslanish tizimi elementi (unsuri) sifatida yo’llanadigan, gapda 
faqat kesim vazifasida kelishiga mos fe`l shakli. 
 
Fe`l barcha tillarda ham faol bo’lgan so’z turkumlaridan biridir. 
Fe`l semantik doirasi keng, lekin, asosan, ish-harakat hamda ish-harakat tasavvurini 
beradigan holatni anglatadi, ya`ni barmaq, kelma’k kabi fe`llar ish-harakatni, k£rma’k, eshitma’k 
oylamaq fe`llari esa holatni bildiradi. 


34 
Fe`l turkumiga bir necha morfologik kategoriyalar xosdir: funktsional formalar, bo’lishli-
bo’lishsizlik, nisbat, tuslanish, mayl va zamon. 
Fe`l aspektlari. Ayrim adabiyotlarda fe`l aspektlariga mumkinlik va nomumkinlik 
shakllarini ham kiritadilar. Aslida mumkinlik-nomumkinlikni xosil qiladigan grammatik shakllar 
(formalar) yo’q, balki bunday semantika qo’shma fe`llar orqali xosil qilinadi. Masalan, tarta 
alar – tarta almas. 
Fe`lning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari fe`l aspektlari kategoriyasini xosil qiladi, chunki 
bo’lishsizlik –ma//-ma’ affiksi orqali xosil qilinadi va bu affiksni olmagan so’z bilan 
oppozitsiyaga kirishadi: barma, keltu’rma’ va boshqalar. 
o’timli va o’timsiz fe`llar haqida. o’zbek tilida uning tarixiy taraqqiyotidan qat`i nazar 
bunday morfologik kategoriya mavjud bo’lmagan, balki fe`lning tushum kelishigidagi so’z bilan 
boglana olishi qobiliyati uning semantik xususiyatidir. Demak, o’timlilik va o’timsizlik fe`l 
shakliga emas, balki u fe`lning semantik xususiyati bilan boglanadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin