O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi


Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari 
Aniqlik mayli. o’tgan zamon fe`llari. 
hozirgi va kelasi zamon fe`llari. 
Fe`l nisbatlari. 
Aniqlik maylida har uchala grammatik zamon mavjud: o’tgan zamon, hozirgi zamon
kelasi zamon. Aniqlik maylidagi har bir zamon bir necha formani o’z ichiga oladi va bu 
formalar shu zamon chegarasida turli mano ottenkalarini ifodalashga xizmat qiladi. 
o’tgan zamon fe`llari. o’tgan zamon fe`li tuzilishi jixatidan dastavval quyidagi ikki 
gruppaga bo’linadi: a) o’tgan zamon fe`lining sodda (sintetik) formalari; g’) o’tgan zamon 
fe`lining analitik formalari. Shuni aytish lozimki, o’tgan zamon fe`llari –di/-di/-ti/-ti affiksli fe`l 
formalari va fe`lning sifatdosh, ravishdosh shakllariga tuslovchi affikslarning qo’shilishidan 
xosil bo’ladi. 
o’tgan zamon fe`li sodda (sintetik) formalari eski o’zbek tilida quyidagichaxosil qilinadi: 
-di/-di//-ti/-ti affikli forma. Bu forma eski o’zbek tilining barcha davrlarida keng 
qo’llangan va u ushbu affiksga qisqargan tuslovchilarni qo’shish bilan xosil qilinadi: Elchi bu 
so’zla’rnin’ barchasin aytdi (Sh.tar.). Vidalashib murajiat marasimini ada qilduq (Furqat). 
Tuslanish paradigmasi: bardim, bardin’,bardi// barduq, bardin’iz, bardi(lar). 
-mish/-mish affiksli forma ham turkiy tillarda qadimdan aktiv qo’llangan bo’lib, eski 
o’zbek tilida ham ancha keng iste`molda bo’lgan: Aruqni ul tash u’sku’nda’ yolda unutmish-
men (qR). Furqatin’din bolmisham zar-u zaif (Lutfiy). 
-duq/-du’k affiksli forma. o’tgan zamon sifatdoshining –duq/-du’k affiksli formasi 
qadimgi yodgorliklar tilida keng iste`molda bo’lib, o’tgan zamon fe`li funktsiyasida ham 
qo’llangan. Bu sifatdosh o’tgan zamon fe`li funktsiyasida XIII-XIV asrlarga oid 
yodgorliklardan «Tafsir»da ham qo’llangan bo’lib, unga ko’pincha turur holat fe`li qo’shilib 
kelgan: Munda aytur qildim teb, valekin qilmaduq turur. Xech ko’z andag ko’rma’du’k 
tururlar,xech ko’n’u’l anin’-dek sanmaduq bolur. 
-gan/-ga’n//-qan/-ka’n affiksli o’tgan zamon sifatdoshining o’tgan zamon funktsiyasida 
qo’llanishi asosan XIII-XIV asrlardan boshlab kuzatiladi: Taqi xaqiqatda men qorqutgan-men 
(Tafsir).Aql-u jan alamiga ishq otini salgan-sen (Lutfiy). 
-b(-ib/-ib/-ub/-u’b) affiksli ravishdosh asosida yasalgan o’tgan zamon fe`li. Bu fe`l shakli 
eski o’zbek tilida quyidagicha uch xil qolipda qo’llangan: 
a) barib turur-men. Bu forma asosan XV asrgacha qo’llangan bo’lib, ba`zan XV asrga oid 
yodgorliklarda ham uchraydi: Ibraxim teva’din inma’kka’ ant ichib turur-men, tedi (qR). 
qachan ko’rsa’la’r ani kim, va`da qilib tururlar (Tafsir); 
b) baribtur-men/baribdur-men. a’ning qo’llanishi XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
kuzatiladi: Bolubtur-men bu kun beganalar-dek (Atoiy). a’chgali par chiqaribtur ko’n’lu’m 
(Munis).
v) barib-men tipidagi forma XV asrdan boshlab keng qo’llangan: Bagayat ko’n’lu’mizni 
shad etib-sen (Navoiy FSh). Siz ham tuna kun urushub basturub-siz (BN). 
o’tgan zamon fe`lining analitik formalari. 
Eski o’zbek tilida o’tgan zamon fe`li analitik formalarining quyidagi turlari qo’llangan: 
-mish/-mish erdi. Bu forma eski o’zbek tilida XV asrga qadar keng qo’llangan bo’lib, 
keyingi davrlarda kam uchraydi: Menin’ har ne xalimni bilmish erdin’ (Munis).Bir kun Ismail 
avqa barmish erdi, Ibraximni ko’ra’ keldi (qR). 


43 
-gan/-ga’n//-qan/-ka’n erdi. Bu forma XIV asrdan boshlab kuzatiladi: qiynagan erdu’k 
anlarni, kufr keltu’rdila’r (Tafsir). Astrabadda aytqan ikki matlai tuga’nma’y qalgan erdi 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin