O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

(Navoiy MN). 
-di/-di//-ti/-ti erdi. Bu forma qadimgi yodgorliklar tilida keng qo’llangan, eski o’zbek tilida 
XV asrga qadar keng iste`molda bo’lgan: Yusufni otagda qoyduq erdi, biz kelgincha’ Yusufni 
b£ri yemish (qR). Anlar qachtilar erdi, malik Daqyunus yarin bildi qachmishlarini (Tafsir). 
 -duq/-duk erdi. Bu forma XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da ancha keng 
qo’llangan: Men butlarni ko’rma’du’k erdim, turdum, Makkaga bardim, ko’rdu’m. 
-b turur erdi formasi XIII-XIV asrlarda keng qo’llangan bo’lib, keyingi davrlarda 
uchramaydi: Sizge nazara qilib turur erdim (qR). Taqi anda kim, siz kizlenib turur erdin’iz 
(Tafsir). 
 -a/-a’(y)turur erdi, -a/-a’(y)dur erdi. Bu formalar bir fonemaning ikki xil ko’rinishi bilan 
farqlanadi, xolos. 
-a/-a’(y) turur erdi formasi XIII-XIV asr yodgorliklarida qo’llangan: La’shka’rnin’ 
son’ida kela’ turur erdim (Sh.tar.). 
XIII-XIV asr yodgorliklarida bu formada –a/-a’(y) affiksi bilan birga, -u/-u’,-yu/-yu’, -ya/-
ya’ affiksi ham ishtirok etgan: Bir oglan bila’ kelu’ turur erdim (Rab.). ...yilqilar ku’ta’ya’ turur 
erdi (a’N). 
-a/-a’(y)dur erdi formasining qo’llanishi XV asrdan boshlab kuzatiladi: a’mrumizda 
muncha faragat qilmaydur edu’k (BN). Bu fursatta kim, «Mubayyin»ni nazm qiladur edim (BN). 
-r(-ar/-a’r//-ur/-u’r) erdi.Bu forma –r(-ar/-a’r//-ur/-u’r) affiksli hozirgi-kelasi zamon 
fe`liga erdi to’liqsiz fe`li qo’shilishi bilan xosil bo’lgan: Bashlarin quyi salib kelu’rla’r erdi 
(BN). Yana to’rt yuz qul birla’ satig qilurlar erdi (qR). 
-gay/-ga’y//-qay/-ka’y erdi formasi ham eski o’zbek tilida keng qo’llangan: Biznin’ 
ku’chu’miz yetsa’, bu teva’ni o’ltu’rga’y erduk (qR). Agar burunraq aytilmish bolsa erdi, faqir 
hargez o’z matlaimni aytmagay erdim (Navoiy, MN). 
hozirgi zamon fe`li. hozirgi zamon manosini ifodalovchi formalar va ularning yasalish 
usullari bo’yicha eski o’zbek tili bilan hozirgi o’zbek tili o’rtasida ma`lum o’zgachaliklar 
mavjud. hozirgi o’zbek tilidagi –yap, -yotir, -yotib affikslari eski o’zbek tilida qo’llanmagan.
moqda affiksi ayrim yodgorliklarda uchraydi. 
Eski o’zbek tilida hozirgi zamon fe`li manosi asosan –a/-a’(y) affiksli ravishdosh asosida 
yasalgan formalar bilan ifodalangan. 
Bara turur men qolipidagi forma XIII-XIV asrlarda keng qo’llangan bo’lib, ba`zan XV 
asrga oid yodgorliklarda ham uchraydi: Sordi: bu ne u’n turur? Ayttilar: Omayya quli Bilalga 
azab qila turur (Tafsir). a’l vaqtdin ta bu ku’nga’gcha’ barcha turkma’nla’r ul kitabnin’ 
masalalariga amal qila tururlar (Sh.tar.). 
Baradur-men qolipidagi forma eski o’zbek tilida keng qo’llangan bo’lib, XIV asrlardan 
boshlab kuzatiladi: Bu yurtta xabar keldi kim, Mansurnin’ qizi Yusuf zaynin’ mali bila’ kela’du’r 
(BN). 
Bara-men formasi asosan XV asrdan boshlab kuzatiladi: Mun’a ne uchun ruxsat bera’-siz? 
Bizni az ko’ru’b, qizilbashga qoshulmaqqa bara turur (Sh.turk). 
-maqda/-ma’kda’ affiksli forma yozma yodgorliklarning ayrimlarida uchraydi: Ayni 
inayatin’din xalimga qil nazara//o’lma’kda’-men gamin’din, dardimga a’yla’ chara (Munis). 
hozirgi-kelasi zamon fe`li. hozirgi –kelasi zamon fe`li eski o’zbek tilida –r(undoshdan 
keyin: -ar/-a’r//-ur/-u’r) affiksi bilan xosil qilingan. Shaxs-son affikslarining to’la varianti 
qo’shilgan: barur-men, kelu’r-sen kabi. Lekin I shaxs formalarini xosil qilishda shaxs-son 
affikslarining qisqa variantlari ham qo’shilgan: qashi uchun jan berura’m dostlar// tag 
qoparin’iz yasaganda mazar (Lutfiy). 
a’nli bilan tugagan fe`llardan hozirgi-kelasi zamon fe`li –yur/-yu’r affiksi orqali xosil 
qilingan: Sen-mu bizga’ bu so’zni so’zla’yu’r-sen? (qR). 
Kelasi zamon fe`llari. Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe`lining quyidagi formalari 
qo’llangan: 


44 
-gu/-gu’//-qu/-ku’. Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe`lini xosil qiluvchi asosiy forma 
xisoblangan: Bu kitabni oquguchi va tin’laguchi, albatta, tu’rk bolgusi turur (Sh.tar.). Omar 
bildi kim, Rasulga barib, andin shikayat qilgusi turur (qR). 
-asi/-a’si. XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda uchraydi: Bu shaharga bir 
paygambar xijrat qilasi turur, ya`ni kela’si turur (Tafsir). 
-gay/-ga’y//-qay/-ka’y. Bu forma XI asr yodgorliklari va qadimgi uygur tili yodgorliklarida 
ham keng qo’llangan: Muqarrar boldi kim, tan’lasi bolgan nokar-u sardar, mal-u jixati bila’n 
chiqib, qorganni tapshurgay (BN). 
Fe`l nisbatlari. Eski o’zbek tilida ham fe`l nisbatlarining quyidagi turlari mavjud: aniqlik, 
o’zlik, majxul, birgalik, orttirma nisbatlar. 
Aniqlik nisbati uchun eski o’zbek tilida ham maxsus affikslar qo’shilmaydi. 
o’zlik nisbat –n(undoshdan keyin: -in/-in//-un/-u’n) affiksi bilan xosil qilingan: Kuydi, 
orta’ndi gam otinda ichim tashim menin’ (Atoiy). Oguz xanga baqinmadi (Sh.tar.). 
o’zlik nisbat manosi ba`zan majxul nisbat affiksi –l(-il/-il//-ul/-u’l) bilan ham ifodalanadi: Bu 
vasila bila’ xayal qilildi kim,..(Navoiy, MN). 
Majxul nisbat –l(-il/-il//-ul/-u’l) affiksi bilan yasaladi: qulluq arzadasht yekshanba kuni 
bitildi (Navoiy,MN).
Birgalik nisbat –sh( undoshdan keyin: -ish/-ish//-ush/-u’sh) affiksi bilan yasaladi: Ikki 
qashi bash bir qilib, bilma’n, ne so’z so’zla’shtila’r (Lutfiy). Bir-ikki qatla ul taraf bu tarafdin 
qilich alishtilar (BN). 
Orttirma nisbat quyidagi affikslar bilan yasalgan: 
-t(-it/-it//-ut/-u’t): Oxshatti qqamatin’ga sanavbarni bagban (Navoiy, MN). 
-r(-ur/-u’r//-ar/-a’r): Kechu’rga’y ushbu daryadin meni (Atoiy). Shaydaliqqa bash chiqarur 
(Navoiy, Mq). 
-tur/-tu’r//-dur/-du’r: Xajr oti bu kun ichimni ku’ydu’ru’r (Sakkokiy). Altun uyni tiktu’rdi 
(Sh.tar.). 
-gur/-gu’r//-qur/-ku’r//-qar/-ka’r: Ne muncha yazguradur shayxi parsa bizni (Atoiy). Insafsiz 
aduvni yamanliqdin o’tka’ru’r (Navoiy, Mq). 
-guz/-gu’z//-qaz/-ka’z: Allida bir necha’ni turguzdi (ShN).Meni otka’zin’izla’r, teb,..(Sh.tar.). 
-iz/-iz: tamizdi, aqizdi (Sanglox). 
-ca’t: Kema’ni nechu’k yasarin ko’rsa’tti (Sh.tar.). 
 
Savol va topshiriqlar: 
1. O’tgan zamon fe`lining sodda formalari qanday xosil qilingan? 
2. O’tgan zamon fe`lining analitik formalariga misollar keltiring. 
3. Hozirgi zamon fe`llarining ifodalanishi jixatidan hozirgi o’zbek tili bilan eski o’zbek tili 
o’rtasida qanday tafovutlar bor? 
4. Kelasi zamon fe`l formalariga misol keltiring. 
5. Mayl deb nimaga aytiladi? 
6. Zamon tushunchasiga izox bering. 
7. Eski o’zbek tilidagi tuslovchilarning guruxlari va xususiyatlarini aytib bering. 
8. Buyruq-istak maylida qaysi affikslar ishtiroketadi? 
9. Shart mayli formalariga manbalardan misol keltiring. 
10. Eski o’zbek tilida harakat nomi qanday qo’shimchalar bilan xosil qilingan? 
11. Sifatdosh shakli xosil qiluvchi qo’shimchalarni sanang. 
12. Ravishdoshning hozirgi o’zbek tilida qo’llanmaydigan qanday shakllari mavjud. 
 
 
A d a b i y o t l a r 
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002. 


45 
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995 
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996. 
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 
2009. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin