46
yasaydi:
Tu’nga’cha’ urmaq edi ko’ksiga’ tash (Navoiy,Mq). a’shbu xaftagacha yoq erdi xabar
(ShN).
-tek/-dek affiksi o’xshatish, qiyoslash kabi manolarni ifodalovchi ravish yasaydi:
Sakkakiy
ko’z yashin yaz yamguri-tek yagdurur (Sakkokiy). K£rma’ga’n bir sen-dke axli rozgar (Navoiy).
-la/-la’ affiksi payt manosidagi otlarga, asosan,
tan’, tun so’zlariga qo’shilib payt ravishi
yasaydi:
Tu’nla’-oq yetti oshul qorganga (ShN). Emdi tan’la bu so’z Abid xanga yeta’r
(Sh.turk).
-ana affiksi otga qo’shilib, o’xshatish, qiyoslash manosidagi ravish yasaydi. o’zbek tiliga bu
forma eron tillaridan o’zlashtirilgan:
Seni men o’ltu’ru’r-men, teb aytti turkana (Sakkokiy).
Xeyli mardana yigit edi (BN).
-an affiksi eski o’zbek tilida kam iste`molda bo’lgan:
a’lugligi taxminan on qari bolgay (BN).
Sintaktik usul bilan ravish yasalishi bo’yicha eski o’zbek tili bilan hozirgi o’zbek tili o’rtasida
deyarli farq yo’q. qo’shma ravishlar quyidagi so’zlar ishtirokida xosil bo’ladi:
Bir so’ziga payt, makon, va shunga o’xshash manolarni bildiruvchi so’zlarni qo’shish
bilan:
Bir laxza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerda’ muqim etku’sidu’r (ShN).
har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni qo’shish bilan:
har kun
salamga barur erdim (Tafsir). har yerda’ barsan’iz qullugda bolur-siz (BN).
a’l, bu, oshal kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni qo’shish bilan:
Ko’n’lu’m ul yan tartadur (Lutfiy). Bu qish qar bisyar ulug tushub erdi (BN).
Xech, qay olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi so’zlarni qo’shish bilan:
Xech
zamanda xech kim eshitka’n va’ ko’rga’n yoqtur (Sh.tar.).
Eski o’zbek tilidagi ravishlarni ham mano jixatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:
holat ravishlari: axista, ravan, asan, agax, tu’rkcha’, ashiqana.
Payt ravishlari: tu’nla’, hargiz, nagax, hamisha, damadam, dambadam, har dam,
har laxza,
avval, xala.
a’rin ravishlari: har sari, bu yer, bunda, anda.
Daraja-miqdor ravishlari: az, k£p, bu’rgu’tcha’, mencha’, ulugcha, gayat, bagayat.
Chegaralov ravishlari: xaftagacha, k£kka’cha’, Gaznigacha, axshamgacha, xususan, bataxsis.
a’xshatish ravishlari: laladek, burungidek, inangudek, yegu’tek, paritek.
Juft ravishlar. Eski o’zbek tilidagi juft ravishlarning ko’pchilik qismi ot turkumidagi
so’zlarning ravishga kuchishidan xosil bo’lgan:
Yana tun-kun bardilar (Tafsir). qazar erdi
arigni kecha-kunduz (Navoiy,FSh).
Savol va topshiriqlar:
1.
Eron tillaridan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
2.
Arab tilidan o’zlashgan ravishlarga misol yozing.
3.
Ravish yasovchi qo’shimchalarni sanang.
4.
Ravishning mano turlarini sanab bering va manbalardan misollar keltiring.
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Dostları ilə paylaş: