47
Ma’ruza №11
Yordamchi so’z turkumlari
Reja:
1.Eski o’zbek tilida ko’makchilar.
2.Boglovchilar.
3.Yuklamalar.
4.Modal so’zlar.
Tayanch tushunchalar:
Ko’makchilar – ot yoki otlashgan suzning fe`lga tobeligini ta`minlaydigan suz turkumi.
Sof kumakchilar – aynan kumakchilardir.
Funktsional kumakchilar – aslida boshqa suz turkumiga oid bo’lib, funktsional jixatdan
kumakchilarga transpozitsiyalashgan suzlardir.
Boglovchilar – gap va gap bo’laklarini boglashda qatnashadigan yordamchi suz
turkumidir.
Yuklamalar – atash vazifasi, lekin voqelikni (modal) ifoda qiladigan yordamchi suz
turkumidir.
Modal suzlar – suzlovchining uz fikriga munosabatini hamda fikrni tasdiqlash, inkor
etishni ifodalaydigan yordamchi suzlardir.
Ko’makchilar. Eski o’zbek tilida qo’llanishda bo’lgan ko’makchilar xuddi hozirgi o’zbek
tilidagidek, ikki guruxga bo’linadi:
a) sof ko’makchilar; b) funktsional ko’makchilar.
Sof ko’makchilar. Eski o’zbek tilida quyidagi sof ko’makchilar iste`molda bo’lgan:
yochu’n. Bu ko’makchi bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llangan.
quyidagi manolarni
ifodalaydi:
a) atalganlikni bildiradi:
Bu xikayat el u’chu’ndu’r bari// bu rivayat el u’chu’ndu’r bari
(ShN);
b) sababni bildiradi:
Xindustandin o’zga’ yerda’ bolmas u’chu’n muni taqrib bila’ zikr
qildim (BN);
v) maqsadni bildiradi:
Ilm taxsili u’chu’n shaxrga kelibtu’r (Navoiy,MN).
Birla’ (birla’n // bila’ // bila’n). Bu ko’makchi dastlab
birla’ formasida qo’llangan bo’lib,
qolgan formalari keyinchalik vujudga kelgan. quyidagi manolarni bildiradi:
a)
birgalik manosini:
Besh yu’z er birla’ atlanur boldi (qR).
b) vosita manosini:
Butlarina nayzanin’ uchi birla’n sanchdilar (Sh.tar.)
v) holat, sabab manosini:
Yetmish yil boldi ne`mat birla’ umr kechu’rdu’m (qR)
g) payt manosini:
Bir manzilga tunla’ birla’ yettila’r (Tafsir).
Kibi/ka’bi. Bu ko’makchi o’xshatish, qiyoslash manolarini ifodalaydi:
qilay Majnun kibi
ko’n’lu’mni xali (Navoiy FSh). ¤zga’ xanlar kibi majlis qurmas (ShN).
Bikin. Bu ko’makchi XIV-XV asrlarga oid yodgorliklarda uchraydi.
Yuqoridagi
ko’makchi kabi o’xshatish, qiyoslash manolarini ifodalaydi:
To’ku’lga’y axiri andin qan yer
u’zra’ suv bikin qanim (Lutfiy).
48
Yan’lig (yan’liq). Bu ko’makchi ham o’xshatish, qiyoslash manolarin ifodalaydi:
Guncha
yan’lig chak bolmagan giriban qalmadi (Sakkokiy).
a’zra’ (uza’). Asosan she`riy asarlarda qo’llangan. Ish-harakatning
biror narsa-predmet
ustida, yuzasida bo’lishini ko’rsatadi:
Sunbo’l gul uza’ saya salibdur-mu yaxud// har yan
achilibdur-mu yu’zu’n’ uza’ kulala? (Munis).
Ichre ko’makchisi ish-harakatning biror narsa-predmet ichida sodir bo’lishini ko’rsatadi:
Chara budur ki, k£xisar ichra’// vatan etka’y qarangu gar ichra’ (Navoiy SS).
Sari ko’makchisining yozma manbalarda aks etishi XIII-XIV asrlardan boshlab kuzatiladi.
Bu ko’makchi ish-harakatning yo’nalishini ko’rsatadi:
Anin’-dek urdi yu’z shaxzada sari//ki
Dostları ilə paylaş: