O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi


Buyruq-istak maylining II shaxs ko’plik formalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Buyruq-istak maylining II shaxs ko’plik formalari. 
Eski o’zbek tilida buyruq-istak maylining II shaxs ko’pligi uchun quyidagi formalar 
qo’llangan: 
-n’(undoshdan keyin: -in’/-in’//-un’/-u’n’). Eski o’zbek tilining barcha davrlarida keng 
qo’llangan: Ey pari ruxsarlar, bizga’ nigax a’yla’b otin’//bir nazar birla’ gadani padshax 
a’yla’b otin’ (Lutfiy).¤zga’ qilman’ bu dega’n so’zu’mni (ShN). 
-n’iz/-n’iz(undoshdan keyin: -in’iz/-in’iz//-un’iz/-un’iz//-un’uz/-u’n’u’z).Bu forma eski 
o’zbek tilida nisbatan kam qo’llangan: Axbab, yigitlikni ganimat tutun’uz//o’zni qariliq 
mexnatidin qorqutun’uz (Navoiy Mq). Bu kishiga’ ul chaqli nima’rsa’ berin’iz (Sh.tar.) 
-n’lar/-nla’r(undoshdan keyin: -in’lar/--in’la’r//-un’lar/-u’n’la’r) affiksi bilan yasalgan 
forma eski o’zbek tilida kam qo’llangan: Anda barib, otav suqub kelin’la’r (Sh.tar.). Xizmatimi 
yaxshi qqilin’lar bilib (Muqimiy). 
-n’izlar/-n’izla’r (undoshdan keyin: -in’izlar/-in’izla’r) affiksi bilan yasalgan forma ham 
eski o’zbek tilida kam qo’llangan: Atayi xaqin anda ista’n’izla’r (Atoiy). Faryad qilib aytib 
turur: meni o’tka’zin’izla’r teb (Sh.tar.). 
III shaxs formalari. Buyruq-istak maylining III shaxs birlik formasi eski o’zbek tilida
sun/-su’n affiksi bilan xosil qilingan (barsun, kelsu’n), ko’plik formasi esa birlik formasiga
lar/-la’r affiksini qo’shish bilan xosil bo’ladi (barsunlar, kelsu’nla’r). Bu affiksning –sin/-sin 
formasi o’tmishda o’guz va qipchoq gruppasidagi turkiy tillar uchun harakterli bo’lib, o’zbek 
tilida asoan XIX asrdan boshlab uchraydi. 
Alisher Navoiy asarlarida buyruq-istak maylining III shaxs birlik manosi fe`l negiziga
dik qo’shilishi bilan ham ifodalangan.Bu affiks faqat yumshoq variantda bo’lib, singarmonizm 
qonuniga bo’ysunmaydi: Chekibtu’r sa`y etib bisyar-bisyar/ yu’dik bashtin ayaq zinxar-zinxar. 
Yugandin son’ suyub ayvandin aldik/ haririn suvga yaxud otga saldik (Farxod va Shirin). 
Keltirilgan misollardagi yudik, aldik, saldik fe`llari yuvsin, olsin, solsin manosini 
ifodalaydi. 
Shart mayli. Shart mayli formasining yasalishida eski o’zbek tili bilan hozirgi o’zbek tili 
o’rtasida deyarli farq yo’q. 
Shart mayli affiksi eski o’zbek tilida –sa/-sa’ ko’rinishida qo’llangan: barsa,kelsa’ kabi. 
Bu affiks dastlab –sar/-sa’r formasida qo’llangan: barsar, kelsa’r kabi. 
Shart mayli formasiga shaxs-son qo’shimchalarining qo’shilishi quyidagicha bo’lgan: 
a. Shart mayli affiksi –sar/-sa’r formasida qo’llanganda, shaxs-son affikslarining faqat 
to’la variantlari qo’shilgan: barsar-men,kelsa’r-sen,barsar-biz kabi. 
g’. –sa/sa’ formasida qo’llanganda, shaxs-son affikslarining qisqargan variantlari 
qo’shilgan: barsam, kelsa’m, barsalar kabi.
XI-XIV asrlarda esa to’la variantlari ham qo’shilgan: barsa-men, kelsa’-sen kabi. 


42 
Shart fe`lining analitik formalari: 
-sa/-sa’ erdi: Tapsam erdikim,nedur andin murad (Navoiy LT). Kashki Yusufni 
ko’rma’sa’ erdim (qR). 
-di/-di//-ti/-ti ersa’: qoydum ersa’ bu mashaqqat janima (Navoiy LT). Idris shagirdi birla’ 
mun’a tapindi ersa’, biz ham tapinur-biz (qR). 
-mish/-mish ersa’. Kel, menin’ bagrimni ko’r, yuz para har bir dagida// ko’rmish ersa’n’ 
bagara gar lalai sadbarg kam (Munis).     
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin