Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari
O’zbek tilida, shu jumladan, turkiy tillardagi mayl va zamon formalari, mayl va zamon
formalari munosabati munozarali masalalardan xisoblanadi. Turkiy tillardagi mayl va zamon
formalari uchun maxsus affikslarning yo’qligi bunday munozaraga sabab bo’lmoqda.
Ma`lumki, mayl ish-harakatning voqe`likka munosabatini ifodalab, fe`ldan anglashilgan
ish-harakatning bajarilish xususiyatini, imkoniyatini, ya`ni, real voqelikka, sharoitga
boglanganligini bildiradi. Masalan, bordi fe`li ish-harakatning real bajarilganligini, ishla fe`li
ish-harakatning bajarilish haqidagi buyruqni ifodalaydi.
Grammatik zamon esa ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini
ifodalaydi. Demak, mayl kategoriyasi zamon kategoriyasiga nisbatan kengdir. Lekin hamma
mayl formalarida ham grammatik zamon manosi bir xilda mavjud bo’la bermaydi. Masalan,
aniqlik maylida har uchala zamon, buyruq-istak va shart maylida esa faqat kelasi zamon
formalari mavjud bo’ladi.
o’zbek tilidagi mayl va zamon formalari haqida tuslanish tushunchasisiz fikr yuritib
bo’lmaydi. Shu munosabat bilan tuslanish tarixi va uning xususiyatiga to’xtalamiz.
Eski o’zbek tilida mayl formalari quyidagi uch turkumga bo’linadi: buyruq-istak, shart-
istak, aniqlik.
Turkiy tillarda fe`l tuslanishi tarixan sifatdosh ( keyinchalik ravishdosh) formalari asosida,
ya`ni mayl va zamon formalari sifatdosh formalari asosida asosida shakllangan (buyruq-istak
mayli bundan mustasno). Keyinchalik bunday formalar tarkibidagi sifatdosh affikslarining
ayrimlari sezilmas darajaga kelib qolgan. Masalan, -duq/-du’k//-tuq/-tu’k sifatdosh affikslari –
di/-di//-ti/-ti affiksiga aylangan, ayrimlari esa hozirgi o’zbek tilida juda kammaxsul affiksga
aylangan.
Eski o’zbek tilida tuslovchi affikslarning uch tipi qo’llanishda bo’lgan. Bo’lar quyidagilar:
I tip tuslovchilar yoki to’la tuslovchilar:
Birlik Ko’plik
I shaxs -men -biz, -miz
II shaxs -sen -siz
III shaxs - -
II tip tuslovchilar yoki qisqargan tuslovchilar:
I shaxs -m -q/-k
II shaxs -n’ -n’iz/-n’iz/-n’uz/-n’u’z/
III shaxs (-si/-si) - -
III tip tuslovchilar fe`lning buyruq-istak maylida qo’llanadi.
To’la tuslovchilar sifatdosh va ravishdosh formalariga hamda –gay/-ga’y//-qay/-ka’y,-
maqda/-ma’kda’ affiksli formalariga qo’shiladi. qisqargan tuslovchilar –di/-di//-ti/-ti affiksli
affiksli, shart formadagi fe`llarga va –gu/-gu’//-qu/-ku’ affiksli formalarga qo’shiladi.
40
Shuni aytish lozimki, to’la tuslovchilar qadimgi turkiy yodgorliklarda –di/-di//-ti/-ti
affiksli formadan keyin ham qo’llangan. Masalan, basdimiz, buzdimiz (KT). Bu holat eski
o’zbek tilining dastlabki yodgorliklarida ham qo’llangan: Eshittimiz taqi bildimiz tedila’r (qR).
Shaxs-son affikslari tarixan kishilik olmoshlarining rivojlanishidan paydo bo’lgan. Buni
M.Qoshg’ariyning ma`lumotidan ham bilsa bo’ladi. XI asrda o’guzlar, qipchoqlarning ayrimlari
o’tgan zamon manosini ifodalash uchun –duq/-du’k/-tuq/-tu’k affiksini ishlatib, ular oldidan
kishilik olmoshlarini qo’llash ularning qaysi shaxsda ekanligini bildirgan: Men ya qurduq (men
yoy qurdum), biz ya qurduq, ol keldu’k (u keldi), olar evga’ kirdu’k (ular uyga kirdilar).
Keyinchalik kishilik olmoshlari fe`ldan keyin ham keltiriladigan bo’lgan: men barduq
men (men bordim), sen barduq sen (sen bording) kabi. Bunda shaxs-son manosini ifodalash
uchun kishilik olmoshlarini ikki marta keltirishga zarurat bo’lmay qolgan. Shuning uchun fe`l
oldidan kelgan kishilik olmoshlari ko’pincha tushirib qoldiriladigan bo’lib, keyingisi saqlangan
va shaxs-son ko’rsatkichi sifatida tasavvur qilingan.
Buyruq-istak mayli formalari. Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq, ham istak
manolari mavjud, ya`ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida buyruq, III shaxs
formalarida esa ham istak, ham buyruq manolari mavjud.
Eski o’zbek tilida buyruq-istak mayli ko’p formali bo’lib, ular quyidagicha xosil bo’ladi:
I shaxs birlik formalari:
-(a)yin/-a’)yin. Bu forma barcha davrlarda keng qo’llangan: Ku’chu’m yetmishcha’ ko’p
xidmat qilayin (MN). Kimga’ izxar a’yla’yin (Munis).
-(a)y/-(a’)y. XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qo’llanadi: Gu’l keldi yu’zu’n’
davridakim, xusn satay deb (Lutfiy). Men qashin’ mexrabina a’lta’y duadin iydliq (Atoiy).
-gayin/-ga’yin//-gayim/-ga’yim. XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi: Kimga’
dega’yim nechu’k qilayim, bilma’n, men buyla yiraqda, ul yaqinraq jandin (Sayfi Saroiy).
Karam qilib, qulaq tutsan’, javab aygayim (Sayfi Saroiy).
-(a)yim/(a’)yim. XV asrdan oldingi davrlarda qo’llangan bo’lib, keyingi davrlarda esa
ayrim yodgorliklarda ba`zan uchrab qoladi: Men qarindashlarim birla’ ken’a’sha’yim (qR).
Senin’ u’chu’n shaharda bir yaxshi imarat qilayim (Sayfi Saroiy).
Yuqoridagilardan tashqari, «qissasi Rabguziy», «Tafsir», «Xisrav va Shirin» asarlarida –
gam/-ga’m affiksi ham I shaxs buyruq-istak mayli formasini xosil qilgan: Fazl qilgam va an’a
artuq berga’m (Tafsir). Birini qurban qilgam (qR).
I shaxs ko’plik formalari. Buyruq-istak maylining I shaxs ko’pligi quyidagi affikslar bilan
xosil qilingan:
-galim/ga’lim,-ggalin’/-ga’lin’,-(y)alim/-(y)a’lim. Bu affikslar XV asrdan oldingi davr
yodnomalarida uchraydi: Ey rabb, bizga’ farman bergil, ko’kka’ aggalim (Tafsir).Siz on qoy
keltu’ru’n’, bishu’ru’n’, etini yega’lin’ (qR). Xalimiz ezgu’ bolmaz, neta’k qilalim (qR).
Bu affiks ba`zan lab unlisi bilan –alum/-a’lu’m formasida ham keladi: Bu er ulug so’z
so’zla’yu’ turur, keta’lu’m tedila’r (qR).
-gali/-ga’li. XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi: Xech yamanliq an’a yavutmagali//
seni telmurtub ani tutmagali (ShN). Biz seni tutub berma’ga’li tedila’r (Sh.tar.).
-(a)lin’/(a’)lin’. XVIII asrgacha bo’lgan yodnomalarda uchraydi: Asbab qurun’lar,Eran
shaxrina baralin’ (Tafsir). Ne bolsa bolsun, ush bashdin kecha’lin’//Bu surat razidin parda
achalin’ (XSh).
-(a)li/(a’)li affiksli forma XV-XVII asrlar uchun harakterli bo’lib, bu davrda buyruq-istak
mayli I shaxs ko’plik manosini ifodalashning asosiy formasi sifatida yodgorliklarda keng
qo’llangan: Emdi so’znin’ asliga shuru` qilali (Navoiy Mq).Andijanga cheka’li bizla’r
lashkar//tu’za’li ul sari axan’i safar (ShN).
-(a)liq/(a’)lik.XIV asrdan boshlab qo’llanadi: Xasmliq qilsa, qilaliq fani (ShN). ¤zimizni
axvalimizni alayiq (Sh.turk).
-(a)yliq/(a’)ylik. XIX asrdan boshlab keng qo’llana boshlagan: Bera’ylik ikkimiz ham an’a
la’shka’r/ bolub ja’n’ a’yla’su’n sardari a’ska’r (Furqat). Ey yaxshilar, kela’ylik, bir jayga
yigilishayliq, oynayliq, ku’la’ylik, aman bolayliq (Muqimiy).
41
II shaxs birlik formalari.Buyruq-istak maylining II shaxs birlik manosi eski o’zbek tilida
asosan –gil/-gil//-qil/-kil affiksi bilan yasalgan forma orqali ifodalangan: Eshitkil emdi ham bir
xush xikayat (MN). Barib ul xanni salamat tutqil (MN).
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski o’zbek tilida –gin/-gin//-qin/-kin
affiksi bilan ham yasalgan. Bu affiks –gil/-gil//-qil/-kil affiksining fonetik varianti bo’lib,
nisbatan keyingi davrlarda paydo bo’lgan: Kelgin ke, firaqin’ otida qalmadi xalim (Lutfiy).Men
dedim kim, rast aytqin (BN). Baqqin, ekin pisha’r-mu aftab ko’rma’y (Muqimiy).
Ma`lumki, hozirgi o’zbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak maylining II shaxs
birligi ko’pincha affikssiz qo’llanadi, ya`ni formal jixatdan fe`l negiziga to’gri keladi. Bu holat
eski o’zbek tilida ham keng kuzatiladi: Taqi yuz min’ altun keltu’r (qR).qaraqchi ko’zla’rin’din
bir qiya baq (Atoiy). Adl qulagi-la eshit xalimi (Muqimiy).
She`riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qo’llanganda, ba`zan –u/-u’
unlisi orttiriladi. Bu xol Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro she`rlarida uchraydi: Ey saba,
avvara ko’n’lu’m ista’yu’ har yan baru// Vadi-yu tag-u biyabanlarni bir-bir axtaru. Axtarurda
tapsan’ ul ko’n’lu’mki, majnun shivadur// har nechu’k bolsa a’da’m saxrasi sari bashqaru.
Misollardagi baru, axtaru,bashqaru fe`llari borgin, axtargin, boshqargin manosini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |