Fe`llarning yasalishi. Fe`ldan boshqa turkumlardan so’z yasovchi affikslar orqali fe`l
yasalishi mumkin:
-la/-la’ affiksi. Bu affiks barcha davrlarda ham faol qo’llangan. Ot, sifat, son, ravish,
ba`zan olmosh turkumlaridan fe`l yasagan. Turkiy va turkiy bo’lmagan so’zlarga ham
qo’shilgan: T£sh-t£shtin pichaqlab, chapqulab paraladilar (Boburnoma). Bir ku’n namazi peshinni guzarladi...(Nav. Nas.mux.).
-da/-da’ affiksi. Bu affiks –la/-la’ affiksining fonetik variantidir. Eski o’zbek tilida sonor
undoshlardan so’ng qo’llangan: Padshax bu gulamni inda’di (Taf.). Yoldasa bu yolda Nizamiy yolum// qoldasa Xusrav bila’ Jamiy qolum (hamsa).
-a/-a’ affiksi. Ot turkumidagi so’zlardan fe`l yasagan: Tuna’di la’shka’r anda (ShN).
Ashlarini ashab va yashlarini yashab, atalari keynidin ketdi (Sh.tar.).
-y/-ay affiksi. Sifatdan fe`l yasagan: a’l faqir qashida ulgayibdur (Navoiy). Barcha sagaytlanib atlandilar (ShN).
-r/-ar/-a’r affiksi. Sifatdan fe`l yasagan: Bu nav` qara ku’n ichra’ qarib// Ya`niki qara ku’nu’m aqarib (Navoiy). K£ka’rga’n yigachlarnin’ barchasi (Sh.tar.).
-qar/-ka’r affiksi. Otdan fe`l yasagan: Tag tuzni tu’n-u ku’n bashqarib// Xayalni yol aqbasidin £tka’rib (hamsa).
-q/-k,-iq/-ik,-uq/-u’k affiksi. Ot va boshqa turkumlardan fe`l yasagan: Libasi ra’n’in bilma’n, yoluqsa, xayrattin (Lut.). Kim yagiqsa shaxi Shayabaniyga (ShN).
-sa affiksi. Otdan fe`l yasagan: Dilraba, abi xayat ernin’ u’chu’n jan susadi (Lut.).
-sin affiksi. Ot va sifatdan fe`l yasagan: Yiglamsinur –u k£ziga’ kelma’s yash (Navoiy).
Fe`lning nutqda qo’llanishga xoslangan shakllari uning funktsional (amaliy) formalaridir.
Fe`lning ayrim formalari kelishik, egalik affikslarini ham qabo’l qiladi, gapda ot va boshqa suz
turkumlari funktsiyasini bajarib, ega, aniqlovchi, tuldiruvchi yoki xol vazifasida ham kela oladi.
Shunga kura, bunday formalar fe`lning grammatik funktsional formalari xisoblanadi. Fe`lning
grammatik funktsional formalarini sof fe`l, harakat nomlari, sifatdosh va ravishdosh formalari
tashkil etadi.
Fe`lning grammatik funktsional formalarida, bir tomondan, fe`lga xos belgilar mavjud bo’lsa,
ikkinchi tomondan, morfologik xususiyatlari va sintaktik funktsiyalari buyicha bu formalar boshqa
suz turkumlariga ham yaqin turadi. Bu jixatdan sof fe`llar faqat fe`llarga, harakat nomlari otga,
sifatdosh formalari sifatga, ravishdosh formalari ravishga yaqin turadi.