Ma’ruza №8-9 .
Fe’l (4soat) Reja: 1.
Fe`lning semantik va grammatik belgilari.
2.
Fe`l yasalishi.
3. Eski o’zbek tilida mayl va zamon formalari.
Tayanch tushunchalar: Fe`l – ish-harakat va holat bildiruvchi so’zlar turkumini ifodalaydi. Fe`l aspekti – bo’lishili va bo’lishsizlikni anglatadi. Fe`l yasalishi – boshqa turkumlardan so’z yasovchi affikslar orqali fe`l yasalishi jarayoni. Mayl – ish-harakat (holat)ning real voqelikka munosabatini bildiradi. Zamon – ish-harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bildiradi. Tuslanish – fe`lning shaxs-son affikslari bilan o’zgarishi va paradigma xosil qilishi. Buyruq-istak mayli – bir paradigma xosil qiluvchi va buyruq semasi etakchi bo’lgan fe`l mayli turi. Shart mayli – bir paradigma xosil qiluvchi shart semali fe`l mayli turi. O’tgan zamon fe`llari –nutq momentiga nisbatan oldin yuz bergan (yuz bermagan) ish- harakatni anglatadi. Hozirgi zamon fe`llari – nutq momentida yuz bergan (yuz bermagan) ish-harakatni bildiradi. Hozirgi-kelasi zamon fe`llari – nutq momentida yuz bergan va undan keyin amalga oshiriladigan ish-harakatni anglatadi. Kelasi zamon fe`llari – nutq momentidan keyin amalga oshiriladigan ish-harakatni anglatadi. Fe`l nisbatlari – ish-harakatning sub`ekti va ob`ekti munosabatlarini bildiradi. Fe`lning funktsional formalari – fe`lning nutqda qo’llanish shakli.
harakat nomi – ish-harakatning atamasi bo’lib, otga xos so’z o’zgarish xususiyatiga ega
bo’lgan va gapda ot bajargan vazifalarni bajarishga mos bo’lgan fe`l shakli.