O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

(barcha) olmoshlarining o’zbek tiliga o’zlashishi deb qarash o’rinli bo’ladi. 
Jumla birgalik olmoshi arab tilidan uzlashgan barcha, hamma olmoshlariga 
ekvivalentdir: J u m l a alamga ishi qaxr olub (Navoiy XA). J u m l a jaxan axliga raxat 
yetu’ru’b (Nodira)
Ba`zi olmoshi arab tilidan uzlashgan, gurux, tuda manosini ifodalaydi, kelishik, egalik, 
ko’plik affikslarini ham qabo’l qilgan: B a ` z i d i n gaxi bira’r yaxshi bayt vaqe` bolur 
(Navoiy Mq). B a ` z i n i mun’a’ keltu’rga’ndu’r (Navoiy MN). Ba`zilarga orun berdi (Sh 
tar.). 
Tamam (tamamiy, tamamat) olmoshi arab tilidan uzlashgan barcha, hamma olmoshlari 
manosida qullangan: Stunlari t a m a m i y tashtin (BN). T a m a m mogul va tatar elini 
la’shka’rini jam` qilib (Sh tar.). 
Jam`, jam`i olmoshi arab tilidan o’zlashgan: Xindustannin’ jam`i rudlarinin’ bu xasiyati 
bar (Boburnoma). Jam` vilayatlarni musaxhar qilib...(Sh.turk). 
Majmu` olmoshi ham arab tilidan o’zlashgan: Majmu`in anin’ qashiga qoydi (hamsa). qildi 
yagma k£zla’rin’ majmu`i Turkistanni (Sakkokiy). 
Gumon olmoshlari. Eski o’zbek tiliga oid yozma manbalarda kimsa’(>kimqersa’r), 
nema’rsa’(>neqma’qer-sa’), neersa’ (>neqersa’), bira’v(>bira’gu’), falan gumon 
olmoshlari qullangan, ba`zan ayrim urinlarda bira’gu’ (birqa’gu’), bira’vla’n 


32 
(birqa’vqla’n) formalari ham uchraydi. a’lar kishi, narsa va hodisalarning taxminlash, 
tusmol qilish kabi manolarini bildirgan. 
Kimsa’, kima’rsa’, nema’rsa’ va neersa’, falan, bira’v,bira’gu’ gumon olmoshlari 
tusmol qilingan kishilarga nisbatan qullangan. Nema’rsa’ va neersa’ olmoshlari predmet va 
hodisalarga nisbatan ishlatilgan. 
Kimsa’ gumon olmoshi eski o’zbek tilining barcha davrlarida keng qo’llangan: 
K i m s a ’ tazallum etma’ga’y (Lutfiy). K i m s a ’ kim a’yla’ma’s ashuqmagni xayal 
(Navoiy Mq)
Kima’rsa’ gumon olmoshi eski o’zbek tilining ilk davrlarida qo’llangan, keyingi 
davrlarda kam qo’llangan:Kima’rsa’ kim sen’a’ egri ko’n’u’l tutar bu qadar(Sakkokiy)
Nema’rsa’ gumon olmoshi nima’ so’roq olmoshiga ersa’ so’zining qo’shilishi bilan 
xosil bo’lgan: a’ch-to’rt n e m a ’ r s a’ asilib erdi (BN). Ko’p n e m a ’ r s a ’ berga’n turur 
(Sh turk).
Bira’v gumon olmoshi kimsa olmoshi manosida qullangan: B ir a’ v ko’z birla’ bolgay 
qatlin’ (Navoiy LT)B i r a ’ v ishq ichra’ qildi qumri (Ogaxiy)
Falan gumon olmoshi arab tilidan uzlashgan: F a l a n kishiga’, ya`ni faqir qashiga 
eltib (Navoiy MN)F a l a n vaqtda f a l a n ma’likin’iz mundag xiyanat qildi (Sh tar.). 
Bo’lishsizlik olmoshlari. Eski o’zbek tilida ham bo’lishsizlik olmoshini fors tilidan 
uzlashgan xech so’zi ifoda qilgan. Xech bo’lishsizlik olmoshi kishi, narsa, hodisalarga 
nisbatan qullangan. 
Bo’lishsizlik olmoshining murakkab formasi esa boshqa olmosh turlari bilan yonma-yon 
kelishi orqali xosil qilingan: xech kim, xech kimsa’, xech kima’rsa’ shaxsga nisbatan; xech ne, 
xech nema’, xech nema’rsa’, xech qayda olmoshlari narsa va hodisalarga nisbatan qullangan. 
xech qaysi, xech qayusi kishi va narsalar uchun aralash istifoda qilingan. 
Xech olmoshi mutlaq inkor manosini ifodalagan: qalmasa xe c h namu nishanim (Lutfiy)
Ki biz ko’rdu’k, amma bilma’du’k xe c h (Navoiy FSh). X e ch parvayi qilmadilar (BN)
Xech kim bo’lishsizlik olmoshi: yosru’kla’r ichra’ ko’zu’n’a’ x e ch k i m harif yoq 
(Lutfiy). Xech k i m o’z ko’n’liga’ gam tila’ma’s (Navoiy Mq).X e ch k i m bilma’s alarnin’ ishini 
(ShN). X e ch k i m eshitka’n va ko’rga’n yoq turur (Sh.tar.). 
Xech kimsa’ (xech kima’rsa’) olmoshi ham xech kim olmoshiga ekvivalent bo’lgan: 
Tu’shma’su’n gul mavsumi xe c h k i m s a ’ janandin (Lutfiy)qilmas anin’ ta’ka’llu’mini xe c h
k i m s a ’ rad (Nodira)
Xech kima’rsa’ bo’lishsizlik olmoshi siyrak qullangan, mano jixatidan xech kim, xech 
kimsa’ olmoshlariga uxshaydi: Xech k i m a ’ r s a ’ kelma’ga’y (Lutfiy). Xech k i m a ’ r s a ’
qol yapmasunlar (Sh tar.). 
Xech nema’ (xechqneqma’) bo’lishsizlik olmoshi: Meni tega’n kishiga’ xe c h n e m a’ yoq 
(Amiriy)An’a xe c h n e m a ’ marham yerin tutmas (Navoiy Mq)
Xech nema’rsa’ olmoshi kam uchraydi: X e ch n e m a ’ r s a ’ an’a majxul erdi (Navoiy MN)
Xech n e m a ’ r s a ’ oqugan ema’s (BN)). 
Xech qaysi bo’lishsizlik olmoshi bo’lishsiz atributiv holat manosini anglatgan: X e ch q a 
y s i matla`ni ayta almadilar (Navoiy MN).Xech q a y s i turk tili bila’ ta’ka’llu’m qila almaslar 
(Navoiy ML). 
Topshiriqlar
1. Eski o’zbek tilida faol qo’llanib, hozirgi o’zbek tilida iste`moldan tushib qolgan kishilik 
olmoshlarini sanang. 
2. Eski o’zbek tilidagi gumon olmoshlarining mano turlarini sanab ko’rsating. 
3. Olmoshning har bir mano turiga manbalardan misol to’plang. 
 
A d a b i y o t l a r 
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002. 
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995 
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996. 


33 
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 
2009. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin