O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

sarsar savsani azada sari (Navoiy FSh). 
Taba, tabaru. Bu ko’makchi XV asrgacha iste`molda bo’lgan, ish-harakatning 
yo’nalishini bildiradi: Falastin taba barur boldilar ersa’, yolda ajayibatlar ko’rdila’r (qR). 
Tegi ko’makchisi XV asrgacha bo’lgan yodgorliklarda uchraydi, ish-harakatning payt 
yoki o’ringa nisbatan chegarasini bildiradi: qiyamatqa tegi aram qilgay (Xisrav va Shirin). 
Tegru’ (degru’) ko’makchisi ham ish-harakatning paytga yoki o’ringa nisbatan 
chegarasini bildiradi: a’ch yilga tegru’ taxsil qildim (Furqat). 
Sayi//sayin ko’makchisi ish-harakatning davomiyligini ko’rsatadi: Seni ko’rga’n sayin 
allax der-men (Lutfiy). 
Funktsional ko’makchilar. Funktsional ko’makchilar ham xuddi hozirgi o’zbek 
tilidagidek, uch guruxga bo’linadi: a) ot-ko’makchilar; b) ravish-ko’makchilar; v) fe`l-
ko’makchilar. 
Eski o’zbek tilida quyidagi ot-ko’makchilar iste`molda bo’lgan: 
Ald: Toshni anin’ aldinda qoydilar (Sh.tar.). 
Yan: Yana Samarqandnin’ quyi yanida Bagi Shamal va Bagi Bexishttur (BN). 
qat: Chiqiban begla’r anin’ qatidin// yetdila’r qara ko’lga’ ilgar (ShN). 
qash: Chun bu so’z xan qashida aytildi (ShN). 
On’: Fatima taqi tekma’la’ri on’inda bira’r etma’k qoydi (Xisrav va Shirin). 
Ich: Shax Malik el ichiga’ keldi (Sh.tar.). 
Orta: Baliq anda tirildi, suv ortasina kirdi (Tafsir). 
Ara: Yaman katib manzili qalamdani-dek chax ara bolsun (Navoiy, Mq). 
a’st: Andin son’ Kashmir ustiga’ yu’rdi (Sh.tar.). 
Bash: Chax bashida qoydi bir kishini (Navoiy, SS). 
Ast: Menim qudratim astinda qalgay-siz (Tafsir). 
Tub: Bira’gu’ ul tam tu’binda’ kecha’rda’ ul qavushdin tonina suv tamdi (qR). 
Babida: Samarqanddin qachib kelga’n kishi babida so’zla’r bitilib erdi (Navoiy,MSh). 
Shu bilan birga, eski o’zbek tilida haqida, taraf, tegra, togri, art, ket, yu’z,barasida, 
xususida, vasfida, jixatidin, xizmat kabi ot turkumiga oid suzlar funktsional kumakchi vazifasini 
bajargan. Ayniqsa, xizmat so’zining semantikasi o’ziga xos bo’lgan, ya`ni o’zbek tilidagi old 
kumakchisi ifodalagan manoni ifoda qilgan: Bu baytni Abduraxman Jamiy xizmatida oqubdur 
(BN). 
Ravish-ko’makchilar asosan chiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanib, payt manosini 
ifodalaydi. Eski o’zbek tilida quyidagi ravish-ko’makchilar iste`molda bo’lgan: 
Burun: Ani ko’rga’ch, figani jandin burun chiqqay (Navoiy, MN). 
Ilga’ri/ilga’ru’: Bu kitabni aytqandin on yetti yil ilga’ri bizga’ yagi bolub erdi (Sh.tar.). 
Ashnu, on’. Ilga’ru’, ilga’ri kumakchisiga sinonimdir: adamni yaratmazda ashnu yer 
yu’zinga’ xalifa yaratur-men (Rabg.). Fatima atan’ga bu ku’ndin £n’ emga’k tegma’ga’y 
(Najx.F.).
Keyin: yoch-to’rt ku’ndin keyin zaxm bila’-oq bardi (BN). 
Son’: Zulayxa Yusufni zindanga salmishtan son’ zindan qapugina barur erdi (qR). 
Son’ra: Yana bir necha’ qadam bargandin son’ra shayx muridga yana aytti (Navoiy, Mq). 
Beri: Andin beri bu badiyani «Xadarvesh» derla’r (BN). 
Nari/naru: a’l vaqtda tu’rkma’ndin nari tarafinda oturgan ella’r ko’p erdi (Sh.tar.). 


49 
Otru: Bu ma`nidin otru alayxissalamqa Mustafa at berildi (Najx. F.).
Tashqari: Shaxruxiyadin tashqari Xaydar beg salgan bagda xanga mulazamat qildim 
(BN). 
Shuningdek, eski o’zbek tilida bashqa, £zga’, gayri ravish kumakchilari, XIII-XIV 
asrdagi manbalarda azin kumakchisi ham qullangan.
Ayru: Sendin ayru ne kera’k bizga’ (ShN). 
Fe`l-ko’makchilar. Eski o’zbek tilida –a/-a’ affiksli ravishdosh formasidagi fe`llar 
qo’llanish o’rniga qarab ko’makchi funktsiyasini ham bajargan. a’lar quyidagilar: 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin