51
Ma’ruza №12. Eski o’zbek tilining sintaktik qurilishi
Reja:
1.Tarixiy sintaksis haqida maalumot.
2.So’z birikmasi.
3.Turkiy, forsiy va arabiy izofa.
Tayanch tushunchalar
So’z birikmalari
Tobe birikmalar, teng birikmalar
Boshqaruv, moslashuv, bitishuv, izofa
Qadimgi turkiy til va so’nggi davrlar tilining sintaktik tuzilishi bilan hozirgi zamon tili
sintaktik tuzilishini qiyoslar ekanmiz, o’zbek tili sintaksisida ham jiddiy o’zgarishlar bo’lganini
ko’rish mumkin. Shunisi harakterliki, sintaksisdagi o’zgarishlar ko’pincha morfologiya va
leksikada bo’lgan o’zgarishlar tufayli ro’y bergan. Masalan, vosita kelishigining iste`moldan
chiqishi so’zlarning boshqaruv munosabatini o’zgartiradi va xol doirasini kengaytiradi.
Sintaksis taraqqiyotidagi ikkinchi omil- boshqa tillarning tasiridir. Tarixda o’zbek tiliga ayniqsa
fors-tojik tilining tasiri sezilarli bo’lgan. Bu tilning tasiri bilan yangi so’z birikmalari, ergash
gaplar vujudga keldi.
Ma`lumki, so’z birikmalari ikkiga bo’linadi: tobe birikmalar, teng birikmalar. Teng
birikmalarda so’zlar o’zaro teng munosabatga kirishsa, tobe birikmalarda so’zlar o’zaro tobe-
xokim munosabati orqali boglanadi.
Tobe birikma tarkibidagi bosh va ergash so’zlar qanday vositalar bilan boglanishiga
qarab, uch turga bo’linadi: boshqaruv, moslashuv, bitishuv.
Boshqaruv munosabatida ergash so’z bosh so’zning talabi bilan biror grammatik formada
shakllanadi. Boshqaruvning ikki turi mavjud: kelishikli boshqaruv va ko’makchili boshqaruv.
Kelishikli boshqaruvda bosh so’z va ergash so’z o’zaro tushum, jo’nalish, o’rin-payt va
chiqish kelishigi yordamida boglanadi. Ko’makchili boshqaruvda bosh so’z bilan ergash so’z
ko’makchilar yordamida munosabatga kirishadi: Va’xm bila’ uyganib, kaxinla’rni tila’b, bu
tu’shnin’ ta’`birini tila’di (Navoiy NM). Va’ bir az fursatdin son’ra ma’liki Rayan ham
alamdin chiqti (Navoiy NM).
Moslashuvli birikmada bosh so’z bilan ergash so’z shaxs-sonda o’zaro mos bo’ladi. a’lar
o’zaro qaratqich kelishigi yordamida boglanadi: ...ul navaxinin’ cheriki bila’..(BN). Menin’
ganimim qorganda edi (BN).
Bitishuv munosabatiga kirgan so’zlar faqat oxang yordami bilan boglanadi. Bunday
munosabat sifat bilan ot, son bilan ot, olmosh bilan ot o’rtasida bo’ladi: Bu tu’shu’kni teshib,
ul suvni icha’du’rla’r (BN). Ottiz-qirq ba’rg shaxinin’ u’chida’ bir yerdin-oq irikra’k pa’nja’
uradur (BN).
Izofa. Izofa ikki otning aniqlovchilik munosabatiga kirishuvidir. Izofa arab va fors tillariga
xos bo’lib, turkiy tillardagi moslashuvli birikmaning o’zidir. o’zbek tili leksikasining juda
katta qismini arab va fors so’zlari tashkil etgani uchun bu tillardan izofiy birikmalar ham juda
ko’plab o’zlashgan. Misollar: Xaki pay, abi xayvan (Lutfiy), gunchayi xandan, bo’lbo’li bostan
(Xorazmiy), shayxul islom, Va’ xazrat Shayxnin’ «Maxzanul asrar»iga javab aytibtur (Navoiy,
MN). Arab va fors tillaridagi aniqlovchi-aniqlanmishning joylashuvi bilan o’zbek tilidagi
aniqlovchi-aniqlanmishning o’rinlashuvi o’rtasida jiddiy farq mavjud. Arab va fors tillarida
avval aniqlanmish keyin aniqlovchi kelsa, o’zbek tilida avval aniqlovchi so’ng aniqlanmish
keladi.
Savol va topshiriqlar:
1. So’z birikmsi nima?i
52
Tobe birikmalarga misollar keltiring.
3.Tteng birikmalar misollar keltiring
4.Boshqaruv, moslashuv, bitishuvli aloqalarga misollar keltiring.
5.Iizofa nima?
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Dostları ilə paylaş: |