O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Shaxsi noma`lum gaplar. Bunday gaplarning kesimi uchinchi shaxs ko’plikda 
ifodalanadi. Bu jixatdan ular ko’plik shaklidagi shaxsi aniq gaplar bilan sinonimiyani xosil 
qiladi. Misollar: Va padshaxana jashn tu’zu’b, azim ashlar berib, xatm qaidasin baja 
keltu’rdila’r (Navoiy, XPM h7). Yana bir qatla ushbu nav` madrasada ham bu qit`ani aytib 
erdila’r (KM g’a). Bu gap shaxsi aniq gap, chunki matnda aniq shaxs (Paxlavon Maxmud) 
haqida so’z ketmoqda. Shunga qaramay, shakl va mazmun jixatdan shaxsi aniq gaplar bilan 
aynan xususiyatga ega bo’lgan shaxsi noma`lum gaplar uchraydi: Bu jixattin ani Zul-Aktaf 
dedila’r (TMA g’an’). Gayat yumshag so’zligidin ani Yazdijurdi Narm dedila’r (TMA g’g’a).
Shaxsi noma`lum gaplarning kesimi fe`lning –r(-ar,-a’r,-ur,-u’r) qo’shimchali sifatdosh 
shaklidan xosil qilingan va aksariyat gaplarda kesim vazifasida derla’r, ayturlar fe`llari 
qatnashgan: Va qimizni va’ su’zma’ni va’ bozani turkcha’ ayturlar (ML a6). Va’ ko’ka’lta’shni 
turkcha’ til bila’ derla’r (ML ao’). 
Shaxsi umumlashgan gaplar. Bunday gaplar mazmunan har uchala shaxsga taalluqli 
bo’lishi barcha adabiyotlarda aytiladi. Bunday gaplar ikkinchi shaxs birlikda qo’llanilishi bilan 
harakterlanadi: Muva’shshix xabarni chindur deb dostga yetku’rma’ va’ biravnin’ aybi vaqe` 
bolsa, yu’ziga’ (Navoiy, Mq). qila algancha ta`zim va’ adab binasin yiqma, va’ xurmat 
xilvatidin chiqma (Navoiy,Mq).  
Shaxssiz gaplar. Bunday gaplarda ifodalangan ish-harakat yoki biror holat bajaruvchining 
faol ishtirokisiz yuzaga chiqadi. Bunday gaplarda ega grammatik jixatdan ifodalanmaydi
shaxsi noma`lum yoki shaxsi umumlashgan gaplardan farqlangan xolda bunday gaplarning 
egalarini tiklab ham bo’lmaydi. Bunday gaplarning kesimlari majxul fe`llar, majxul fe`l 
manosida qo’llangan aniq fe`llar vositasida ifodalanadi (Abduraxmonov G., ko’rsatilgan asar, 
g’n’-bet). Misollar: Va’ shavq yu’zidin bashtin qadam qilib, Ka`bai maqsud azmiga qadam 
uruldi (MSh 97). Barcha salaxiyatin ushbu muammasidin ixsas qilsa bolur (MN 9o’).


54 
Shaxssiz gaplarning kesimi –maq/-ma’k formali harakat nomi bilan ham ifodalanishi 
mumkin: a’l kishini qutluq evdin tashqari su’rma’k kera’k (Mq). 
Atov gaplar. Eski o’zbek tilida atov gaplarning qo’llanish doirasi cheklangan. a’lar, 
asosan, badiiy va didaktik asarlar tilida qo’llanib, asar sarlavxalarini tashkil etgan: Muhammad 
XoҐa beg sifati (Muxabbatnoma). Xikayat. She`r.(qR). 
hozirgi o’zbek tilida atov gaplarning turli tiplari kelib chiqdi va qo’llanish doirasi 
kengaydi. 

 
Savol va topshiriqlar: 
Shaxsi aniq gaplarni misollar asosida tushuntirib bering. 
Shaxsi aniq gaplar bilan shaxsi noma`lum gaplarning qanday farqli tomonlari bor? 
Shaxssiz gaplarga xos bo’lgan xususiyatlar nima? 
 
A d a b i y o t l a r 
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002. 
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995 
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996. 
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 
2009. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin