Shaxsi aniq gaplar. Ma`lumki, shaxsi aniq gaplarning kesimi orqali uning grammatik
egasini tiklash mumkin. Kesim orqali eganing qaysi shaxs va sonda ekanligi aniq ko’rinadi.
Ba`zi adabiyotlarda bunday gaplar kesim orqali ega anglashilib turganligi uchun ikki sostavli
gaplarga, ba`zi adabiyotlarda esa to’liqsiz gaplarga ham kiritiladi. Lekin aksariyat
adabiyotlarda shaxsi aniq gaplar sifatida e`tirof etiladi. G.Abduraxmonov ham bu tip gaplarni
bir bosh bo’lakli gaplarning bir turi sifatida qaramaydi (Abduraxmonov G., a996).
Aksariyat adabiyotlarda shaxsi aniq gaplarning kesimi birinchi va ikkinchi shaxs shaklida
bo’ladi, uchinchi shaxs shaklidagi kesimlar esa shaxsi noma`lum gaplarga xos deyiladi.
A.Gulomov shunday yozadi: «shaxsi aniq bir sostavli gap uchun kesimning birinchi va
ikkinchi shaxs formasida kelishi ko’p uchraydi» (Gulomov A., Asqarova M., a9h7, aqo’).
Ma`lumki, birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs olmoshlari o’z manosi bilan bir-biridan
farq qiladi. Birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlari insonni ko’zda tutadi, uchinchi shaxs olmoshi
esa konkret uchinchi shaxsdan tashqari, har qanday shaxs yoki predmetni ifoda qilishi ma`lum.
Shunday ekan, uchinchi shaxs olmoshi konkret shaxsni ifodalaganda, birinchi, ikkinchi shaxs
olmoshlari bilan umumiylikka ega bo’ladi. Bu vazifada u olmoshi men, sen olmoshlari sirasida
qaralishi lozim. Shu manoda u olmoshining gapda qo’llanmasligi men, senolmoshlarining
qo’llanmasligi kabi sintaktik norma bo’ladi. Shuning uchun bu tip gaplar eski o’zbek tilida:
I shaxsda ham: Ikki ku’ndin son’ra yana alar xizmatiga yettim (Navoiy, XM o’7). a’l xazrat qashida astagina oqudum (Navoiy, XM ah). Barur kishidin ul gazalga tatabbu` qilib, nama yiba’rib erdim (Navoiy, XM qg’).
II shaxsda ham: Xabar bolguncha salamatlig bila’ azimat qilib ermish-siz (Navoiy, MSh aan’).
Axbab, yigitlikni ganimat tutun’uz (Navoiy, Mq ha).
III shaxsda ham: Va sultani saxibqiran astanasida bolur erdi (Navoiy, MN g’6). XXa’jji mubarak safariga barib, sayr rasmi bila’ Xind sari mutavajjix boldi (Navoiy, MN ag’) keng
qo’llangan.