O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

yana bir o’zidek abtar boynini chapib o’ldu’rdi (Navoiy, XM). 
2.
Ish-harakat ob`ektini bildiradi: Vazirga bu xabar yetishti (Navoiy, TMA). 
3.
Ish-harakatning o’rnini bildiradi: Va’ ul xazratnin’ mubarak murqadi Jam vilayatida 
harjud qasabasidadur (Navoiy, MN). 
4.
Ish-harakat yoki belgining paytini bildiradi: Va’ Yalashnin’ zamani besh yildin juzviy 
o’ksu’kdu’r (Navoiy, TMA).
Tarkibiga ko’ra ega sodda va murakkab turlarga bo’linadi. Sodda ega bir so’z shakli bilan 
ifodalanadi: Saxavat insaniyat baginin’ barvar shajaridur (Navoiy, Mq). Miri majlisdagi axli 
majlisqa muttafiq boldi (Navoiy, MN). 
Murakkab ega bir necha so’zlar birikmasidan iborat bo’ladi: Bu she`rga xazrat Maxdumi 
Nuran javab aytibturlar (Navoiy, MN). 
Kesim gap tarkibida muxim o’rin tutadigan bosh bo’lakdir, shuning uchun ham u sodda 
gaplarda eganing qo’llanishiga nisbatan muqimdir (Kesim haqidagi yangicha qarashlar yuqorida 
aytib o’tilgani uchun qaytarib o’tirmaymiz). Kesim ham xuddi ega kabi sodda va murakkab 
turlarga bo’linadi. 
Sodda kesim bir so’z shakli bilan ifodalanadi. Sodda kesimlar qaysi so’z turkumi bilan 
ifodalanishiga qarab sodda fe`l kesim va sodda ot kesimlarga bo’linadi. Sodda fe`l kesimlar fe`l, 


56 
uning sifatdosh va ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: Va saltanatinin’ zamanin ham muxtalif 
bitibtu’rla’r (Navoiy,TMA). Dostlar dostlar vafasin asragaylar (Navoiy, NM). 
Sodda ot kesimlar fe`ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi: Yalgan aytquchi 
gaflatdadur (Navoiy, Mq). a’l ham Andijandindur (Navoiy, MN). 
Murakkab kesimlar bir necha so’zlardan iborat bo’ladi. a’lar ham sodda kesimlar kabi 
murakkab fe`l kesim va murakkab ot kesimlarga bo’linadi. 
Murakkab fe`l kesim adabiyotlarda sostavli kesim deb ham yuritiladi. Murakkab fe`l 
kesimlar asosan ko’makchi fe`lli so’z qo’shilmasidan iborat bo’ladi: a’l dagi bashqara almadi 
(Navoiy, TMA). Bundan tashqari, mustaqil fe`lqto’liqsiz fe`l qo’shilmasidan ham murakkab fe`l 
kesimlar xosil qilingan: Sekiz min’ shax va shaxzada xidmatin qilur erdi (Navoiy, TMA). 
Murakkab ot kesimlar otqfe`l va otqboglama qo’shilmalaridan iborat bo’ladi: Va Shamda 
alarga ko’p muridlar payda boldilar (Navoiy, Nas.mux.). Jami` darveshla’r xazir erdila’r 
(Navoiy, Nas.mux.). 
Eski o’zbek tilida ham xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, ot kesimlar tarkibida -tur, -men,-
siz,-biz kabi qo’shimcha- boglamalar, erdi, ermish, bol, barur va fors-tojik tilidagi xast 
boglamsidan nusxa ko’chirish asosida vujudga kelgan bor so’z boglamalari keng qo’llangan. 
To’ldiruvchi. To’ldiruvchi gapning uzviy bo’laklaridan bo’lgan ikkinchi darajali bo’lakdir. 
To’ldiruvchi uchun asosan ot va olmosh turkumi ifoda ashyosi bo’lib xizmat qiladi. a’ vositasiz 
va vositali kabi ikki turga bo’linadi. 
Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanadi. a’lar quyidagicha ifoda 
ashyosiga ega bo’ladi:
Ot bilan ifodalangan: Bu zalimlar mu’lkni barbad bergu’chidu’rla’r (Navoiy, Mq). 
Otlashgan sifat bilan: Aqil bu tariqni shiar qilmas va yaxshi-yamanni xaq yaratqandin 
artuq-o’ksu’k bilma’s (Navoiy, Mq). 
Olmosh bilan: Jamike ani ko’rdila’r (Navoiy, Mq). 
Fe`lning amaliy shakllari bilan: Ishla’ri talay alganni talamaq (Navoiy,Mq). 
Vositali to’ldiruvchilar harakat o’ziga bevosita o’tgan predmetni emas, balki harakatga 
boshqa biror yo’l bilan boglangan predmetni ko’rsatadi va ular kelishikli va ko’makchili so’z 
shakllari bilan ifodalanadi. Vositali to’ldiruvchilar quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1.
Ot bilan: Rustamga jaxan palvanlig laqabi berib, sipaxsalar qildi (Navoiy, TMA). 
2.
Olmosh bilan: ula’rda’ bu xasad daim bar erdi (Navoiy, TMA). 
3.
Otlashgan sifat bilan: Turkiy va’ farsiyda tab`i yaxshi tasarruf qilur (Navoiy, MN). 
4.
Son bilan: Agarchi bu ma`ni ikka’lesige qabixdur, amma era’nla’rgga’ ko’pra’k 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin