O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

uchun, vilayat xili harab boldi (BN). Ba`zan sifatdosh tarkibidagi egalik affiksi tushib qolgan: 
Atasi vilayatqa kirib, necha’ maxal sallaxliq qilgan uchun, qanbar Ali sallax der erdila’r (BN). 
-b(-ib,-ib//-ub,-u’b) affiksli ravishdosh vositasida: Bu vaqea andin yad berib, cherik 
eliga’ vaxima galib boldi (BN). 
Shart ergash gapli qo’shma gaplar. hozirgi o’zbek tilida shart ergash gaplar bosh gap 
bilan fe`lning shart mayli shakli, o’rin-payt kelishigidagi sifatdosh shakli, kelasi zamon 
sifatdoshi hamda to’liqsiz fe`l, ravishdoshning bo’lishsiz shakli, o’rin-payt kelishigida 
sifatdosh hamda to’liqsiz fe`l shakllari orqali birikadi. 
Bunday qo’shma gaplar mazmunini shart munosabati tashkil etadi. Ikki yoki undan ortiq 
denotativ gap shartlanganlik munosabatiga kirishadi. Shakliy funktsional jixatdan ergash gap 
bosh gapning sintaktik qurilishida shart xoli o’rnini egallaydi: Dost visalin tila’r bolsan’, ashiq 
bol (Navoiy Mq).
Ergash gapning predikati bo’lishsiz fe`l shakli bilan ifodalanishi mumkin. Buning 
natijasida shart voqea bir qadar ta`kidli ifodaga ega bo’ladi: har vafaga yuz jafa tartmasan’, 
gu’na’xka’r-sen (Navoiy Mq).
Eski o’zbek tilida agar boglovchisi shart ergash gapli qo’shma gaplar tarkibida keng 
qo’llangan bo’lib, u shart mazmunini kuchaytirib kelgan: Agar shabixun barsaq, qarangu 
kecha’da’ kishi ko’rma’s (BN). 
Agar yordamchisi XI asrlardan boshlab fors-tojik tilidan o’zlashgan bo’lib, to hozirgi 
kungacha qo’llanib kelayotgan shart boglovchisidir. XI-XII-XIII asr adabiy tilida oz miqdorda 
ko’zga tashlanib, XIV-XVI asrlardan boshlab keng qo’llangan. Bu boglovchi ar shaklida ham 
qo’llangan: Ma`zur tut ar vaslin’a kechra’k yetsa’m//nechara qilay azgina mani` bardur (BN). 
Ergash gapning o’rni, chegarasi va uning formal shakllanishida o’ziga xoslik ham ko’zga 
tashlanadi. Ma`lumki, hozirgi o’zbek tilida avval shart ergash gap, so’ngra bosh gapning 
kelishi doimiy qonuniyat. Lekin eski o’zbek tilida bosh gapning ergash gapdan oldin kelishi 
holati ham kuzatiladi: Zeridastlarga naf` yetku’r, agar tila’sa’n’ ke, zabardastlardan zarar 
ko’rma’ga’y-sen(Navoiy Mq). a’shbu gapni quyidagicha transformatsiya qilish mumkin: Agar 
zabardastlardan zarar ko’rmaslikni tilasang, zeridastlarga naf` etkur.
Endi quyidagi gaplarni taxlil qilib ko’raylik: Desa’n’ ke, taamin’ zaye bolmagay – yedur; 
Tila’san’ ke, libasin’ eskirma’ga’y – kiydu’r (Navoiy Mq). Shakliy jixatdan olib qaralganda, 
desangki, tilasangki so’zlari kirish so’z vazifasida qo’llangandek ko’rinadi. Chunki zoe 
bo’lmagay, eskirmagay kelasi zamon fe`l shakllari kesim vazifasida kelgan. Lekin mazmunan 
olib qaralganda, desangki, tilasangki leksemalari ergash gaplar predikatining bir qismi 
xisoblanadi. qiyoslang: taoming zoe bo’lmagay – edur yoki libosing eskirmagay – kiydur, deb 
olsak, mano chalaligi yuzaga keladi, shartlanganlik munosabati to’la reallashmaydi. Bu 
gaplarni quyidagicha transformatsiya qilish mumkin: Taoming zoe bo’lmasin desang, edur yoki 


65 
libosing eskirmaslikni tilasang, kiydur. Fikrimizcha, bunday konstruktsiyalar eski o’zbek tiliga 
fors-tojik tilidan o’zlashgan.
Shart ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe`l shakli bilan ifodalanadi. Bosh gap bilan 
–ki (-kim) vositasida shakliy sintagmatik munosabatda bo’ladi: Mazlumga baxshayish ko’rgu’z 
ke, zalimdin asayish ko’rga’y-sen (Navoiy Mq). Bunday shakliy vosita orqali birikish hozirgi 
o’zbek tilida kuzatilmaydi.
Shart ergash gap bosh gapga –sa erdi shakliy vositasida ham birikishi mumkin. Bunda 
shart voqea taxmin, gumon mano ottenkalariga ega bo’ladi: Andaq ke, bir az nima’ bevuqufraq 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin