O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

kishi qashida oqusa erdi, ko’p yaxshiliqqa o’tka’ru’r erdi (Navoiy XM). 
To’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar. Ma`lumki, hozirgi o’zbek tilida to’siqsiz ergash 
gaplar bosh gapga –sa ham, -ganda ham, -saqda, -gani bilan, qaramay kabi shakliy vositalar 
yordami bilan boglanadi. Eski o’zbek tilida esa shart ergash gapning predikatlari ijro maylidagi 
fe`l shaklida bo’ladi. To’siqsizlik manolarini ifodalashda ergash gap tarkibidagi agar, agarchi 
leksemalari katta rol` o’ynaydi. Shu bilan birga, denotatlar tarkibidagi ayrim leksik vositalar 
ham ahamiyatli xisoblanadi. Bunday gaplarda bir paytning o’zida ikki xil munosabat, ya`ni, 
ham shart munosabati, ham to’siqsizlik munosabati mavjud bo’ladi. Chunki «to’siqsizlik» 
deganda, muayyan shartning tegishli voqeaning yuzaga kelishida to’siq bo’lmasligi nazarda 
tutiladi. Bunda shart munosabati bevosita emas, balki bilvosita ishtirok etadi, boshqacha qilib 
aytganda, shart munosabati gapda tagbilim sifatida mavjud bo’ladi. Agar tagbilim sifatida shart 
munosabati ishtirok etmas ekan, to’siqsizlik munosabatining yuzaga kelishi mumkin emas. 
Misol: Va qamchini agar tazyana derlar, bo’ldurgasin va chuburgasin turkcha ayturlar 
(Navoiy ML).
a’shbu misolda «qamchi tozyona deyilsa, bo’ldurgasi va chuburgasi ham forscha atalishi 
kerak» degan shart munosabatidagi tagbilim mavjud. Ana shu shart me`yorining buzilishi 
to’siqsizlikni yuzaga keltiradi: Va’ qamchini tazyana desa’la’r ham, bo’ldurgasini va 
chuburgasini turkcha ayturlar.
To’siqsiz ergash gaplarda bosh gap ergash gapdagi shart mazmuniga zid bo’lgan harakat, 
voqealarni ifodalaydi: Agarchi bir necha’ vaqt bizzarurat ulum kasbiga ishtigal 
ko’rgu’zu’btu’rla’r, amma xech vaqt nazm ayinidin xali ema’s eka’ndu’rla’r (Navoiy XM). 
Ba`zan agarchi, garchi boglovchilari ishtirok etgan to’siqsiz ergash gapli qo’shma 
gaplarning keyingi komponenti- bosh gap oldida va’le zidlov boglovchisi kelib, u 
komponentlardagi zidlikning ortiq ekanligini ko’rsatadi: Agarchi mundin burun xabarni bir 
piyada keltu’ru’b erdi, va’le sevinchiga’ ek Vays bir ayda keldi (BN). 
Ma`lumki, agar, agarchi boglovchilari eragash gap tarkibida kelib, eragsh gaplar doimo 
bosh gapdan oldin keladi. Lekin eski o’zbek tilida bunday to’siqsiz ergash gaplar bosh gapdan 
keyin ham kelgan: Yazlar yaxshi xavasi bar, agarchi qabo’lcha yoqtur (BN). 
Payt ergash gapli qo’shma gaplarMa`lumki, payt ergash gapli qo’shma gaplarda, asosan, 
ikki denotativ voqea ifodalanib, ularning biri ikkinchisining ichiga payt bildiruvchi uzv sifatida 
kiradi. Shuning uchun ham ikki denotativ voqea o’rtasidagi munosabat payt munosabati 
sifatida reallashadi va bu munosabat ifodalangan qo’shma gap payt ergash gapli qo’shma gap 
sifatida baxolanadi.
hozirgi o’zbek tilida payt ergash gaplar bosh gapga fe`l shakllari, ko’makchilar va ayrim 
yuklamalar yordami bilan birikadi.
Eski o’zbek tilida payt ergash gaplar bosh gapga quyidagicha boglanadi:
a. Ergash gapning predikati bosh gapga ravishdosh shakli vositasida boglanadi. Bunday 
gaplarda ergash gapda ifodalangan voqea-hodisa bo’lib o’tganidan so’ng bosh gapdagi voqea 
boshlanadi: Va’ umrinin’ axirida No’shira’va’nni o’z ornida olturtib, o’zi go’sha’ tutti (TMA 
g’g’n’).
g’. Chun shakliy vositasi yordami bilan shakllanadi. Ma`lumki, chun leksemasi hozirgi o’zbek 
tilidagi: a) chunki, shu sababdan; g’) agar; q) qachonki manolariga muvofiq keladi (Navoiy 
asarlarining qisqacha lug’ati, a99q, qa9). Shu sababli ham chun leksemasi eski o’zbek tilida 
payt, sabab, shart ergash gaplarning bosh gapga boglanishini ta`minlovchi vositalardan biri 
sanalgan. Chun ergash gapning tarkibida kelgan, ergash gapning predikati fe`lning analitik 


66 
yoki sintetik shakllari bilan ifodalangan. Bunday gaplarda ham asosiy denotativ voqea ergash 
gapdagi voqeadan keyin sodir bo’ladi: Chun ta`zib shiddatidin hardilar, ul majmu`din sudrab 
chiqardilar (Mq qh). Chun atfal tashidin tuyar erdi, qachib gulxanga yuz qoyar erdi (Mq h7).
Shu bilan birga, Alisher Navoiy asarlari tilida -gach (-ga’ch,-qach,-ka’ch), -r(-ur)da 
shakliy vositalari ham ergash gapni bosh gapga boglashda faol qo’llanganligini ko’ramiz.
gach (-ga’ch,-qach,-ka’ch) shakliy vositasi bilan boglangan qo’shma gaplarda asosiy denotativ 
voqea ergash gapdagi voqea sodir bo’lgandan so’ng boshlanadi.
Misollar: Kayfiyatin ma`lum qilgach, taskin taptilar va Firuz Xurmuzga ta`n qildilar 
(TMA g’qn’). Tafaxxus qilgach, ul ish kayfiyatin ma`lum qildi (TMA g’09). 
Yuqorida ta`kidlanganidek, misollardan asosiy denotatlar (Taskin taptilar va Firuz Xurmuzga 
ta`n qildilar – ul ish kayfiyatin ma`lum qildi) tobe denotativ voqealar (Kayfiyatin ma`lum 
qilgach – Tafaxxus qilgach)dan so’ng sodir bo’lmoqda. a’shbu payt munosabatini –gach (-
ga’ch, -qach, -ka’ch) shakliy vositasining semantikasi reallashtirmoqda.
- r (ur)da shakliy vositasi bilan boglangan payt ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gapdagi 
denotativ voqea bilan asosiy denotativ voqea bir paytda ro’y beradi, chunki, - r (ur)da shakliy 
vositasining semantikasi ish-harakatining tugallanmaganligini ifodalaydi: Va’ qoshqun 
salurda, tepib axir qildi (TMA). 
hozirgi o’zbek tilida bunday mazmunli qo’shma gaplarni boglashda -gan sifatdoshi 
keng qo’llaniladi (Abduraxmonov G., a9o’h, an’g’-an’6). Ergash gapning predikati ijro 
maylidagi fe`lning ersa’ shakli orqali ifodalanib, bosh gapga boglanishi mumkin. Bunda asosiy 
denotativ voqea ergash gapdagi voqea tugaganidan so’ng boshlanadi: a’l ishni an’a zaxir qildi 
ersa’, qabo’l qilib, yalgiz barib, ul pilni o’ldu’rdi (TMA). 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin