O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

bashidin alib, bir jur`a uchun mayfurush ayagiga salib (Mq qo’). a’shbu misolda ham payt 
mazmuni bilan bir qatorda, sabab-natija mazmuni ham ifodalangan. Birinchi denotat (Namus 
dastarin bashidin alib) sabab voqeani, ikkinchi denotat (Bir jur`a uchun mayfurush ayagiga 
salib) natija voqeani ifodalagan. Mantiqan olib qaralganda, or-nomus, xayoni unutgan inson 
har qanday pastkashliklarga, tubanliklarga borib etishi mumkin. Demak, bunday illatlarning 
sababchisi nomussizlik. Denotatlarning joylashish pozitsiyasi ham turgun, ularning o’rnini 
almashtirib bo’lmaydi. 
qiyoslash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplarBunday qo’shma gaplar 
tarkibidagi denotativ voqealar bir-biriga qiyoslanadi. Bu qiyoslanish orqali ikki denotat 
o’rtasidagi o’xshash, farqli tomonlarni ko’rsatish yoki qo’shimcha mano ifodalashdir. Misol: 
Tilab berga’nni ham saxadin yiraq bil, ibram bila’ berga’ndin berma’ga’nni yaxshiraq bil 
(Mq aag’). Misoldagi ikki leksema (tilab berishlik va ibrom bila berishlik) semantikasi o’zaro 
qiyoslanmoqda, ya`ni so’ragandan so’ng berishlik ham «ibrom» (qistab turib olish bilan 
berishlik) ham saxiylikdan yiroq bo’lgan narsalar. Ikkala tushuncha o’zaro qiyoslangan xolda 
inson mana shunday xislatlardan yiroq bo’lishi lozimligi uqtiriladi. Birovdan biror narsa so’rab 
olinganda yoki qistash orqali olinganda, turli norozilik, kelishmovchilik kelib chiqadi. Avvalo, 
so’raguncha birovga bir narsa bermaslik, xasislik mardlar ishi emas. Demak, ushbu misol 
asosida «Dono xech qachon nodon saxovatiga muxtoj bo’lmasin» degan tagta`lim mavjud. 
Yana bir misol: Birta’ o’tma’kni ikki bo’lu’b yarmini bir achga berga’nni saxiy de, o’zi yema’y 
barini muxtajga berga’nni axiy de (Mq a6g’). Mazkur misolda ham ikki denotativ voqea 
o’zaro qiyoslanmoqda. gaplarning semantik boglanishida yarmini - barini, och – muxtojga, 
saxiy – axiy leksemalari muxim rol` o’ynagan. Bir mayizni ikki bo’lib, yarmini och qolgan 
kishiga bergan inson saxiy, saxovatli xisoblansa, o’zi emasdan hammasini muxtoj odamga 
bergan yanada saxiyroq, saxovatli inson ekan. Asosiy semantik munosabat yarmini berishlik – 
barini berishlik oppozitsiyasi orqali reallashgan. Demak, misolda yarmini berishlik leksik 
birikmasi bilan barini berishlik leksik birikmasi o’zaro qiyoslanmoqda.
Endi quyidagi misolni ko’raylik: Fasiqdin xaya tilama, zalimdin vafa tilama (Mq h0). 
a’shbu gaplar fasiq – zolim, xaya – vafa leksemalari munosabati orqali boglangan. Shu o’rinda 
bir narsani aytib o’tish joiz. Ma`lumki, fosiq (yolgon so’zlar aytuvchi, fisq-fasod gaplar 
qo’zgovchi), zolim (o’zgalarga zulm o’tkazuvchi) shaxslar salbiy harakterli toifaga kiritiladi. 
Bu leksemalar xayo, vafo leksemalari bilan semantik jixatdan boglana olmaydi. Chunki fosiq 
odamdan sharm-xayo, uyat, ibo, zolim insondan mexr-vafo kutib bo’lmaydi. a’larda bu kabi 
xususiyatlar bo’lmaydi. Shuning uchun ham mazkur gaplarning predikati inkor shaklda 
ifodalangan.
quyidagi misolda ham xuddi shunday holatni kuzatish mumkin: Tame`din karam tilama, 
gadadin dira’m tilama (Mq 70). a’shbu misolda ham «Tome` – ta`ma qiluvchi - gado» 
leksemalari o’zaro qiyoslanmoqda. Tome` – tamagirlar birovga ozgina yordami, foydasi tegsa, 
biror narsa talab qiladilar, har bir xatti-harakatini pul, mol-dunyo bilan o’lchaydilar. Bunday 
shaxslar savob, odamiylik nuqtai nazaridan yaxshilik, saxovat qilish kerak, degan xayolni 
qilmaydilar, shuning uchun ulardan saxovat kutib bo’lmaydi. Gado esa tilanchilik bilan, 
birovlarning sadaqasi evaziga xayot kechiradi. Sadaqa so’rovchidan biror narsa so’rab 
bo’lmaydi. Ta`magir shaxslar qanchalik boy-badavlat bo’lmasin, insonlarga yordam 
ko’rsatmas ekan, ular gadodan ham battaroqdir. Lekin tome` va gado leksemalari unchalik bir-


69 
biriga yaqin tushunchalar emas. Chunki tome` leksemasi salbiy toifadagi kishilarga nisbatan 
qo’llanadi, gado leksemasida esa salbiylik semasi yo’q. Demak, avvalgi misolda bir-biriga 
yaqin tushunchalar (fosiq – zolim) munosabatga kirishgan bo’lsa, mazkur misolda semantik 
jixatdan turlicha leksemalar (tome` - gado) munosabati ifodalangan.
quyidagi misol shu jixatdan harakterlidir: Maxallida aytur so’zni asrama, aytmas so’z 
tegrasiga yo’lama (Mq hq). Mazkur misolda bir-biriga zid leksik birikmalar (aytur so’z – 
aytmas so’z) o’zaro qiyoslanmoqda. Demak, vaqti kelganda aytadigan so’zni aytish kerak, 
aytish kerak bo’lmagan so’zni umuman aytmaslik lozim.
Izoxlash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplar.Bunday qo’shma gaplar 
haqida fikr yuritar ekan, G.Abduraxmonov shunday yozadi: Boglovchisiz qo’shma gaplarning 
ayrim turlarida qo’shma gaplarning tarkibidagi bir qismdan anglashilgan voqea, hodisa 
ikkinchi gapdan anglashilgan voqea, hodisaga bogliq bo’ladi, bir qism ikkinchisini yoki uning 
tarkibidagi ayrim bo’laklarni izoxlab, to’ldirib keladi. Bunday boglovchisiz qo’shma gapning 
tarkibidagi qismlar bir-biriga mazmunan bogliq bo’lib, oralaridagi mazmun munosabati yaqin 
bo’ladi. Boglovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasidagi murakkab mazmun 
munosabati ayniqsa izoxlash munosabatida yaqqol ko’rinadi (Abduraxmonov G., a996, an’q). 
Bu fikrlar juda o’rinli, albatta. Lekin murakkab mazmun munosabati faqat bunday tip gaplarda 
emas, umuman, har qanday qo’shma gaplarda ifodalanishi yuqorida misollar asosida aytib 
o’tildi.
Izoxlash munosabatini ifodalovchi boglovchisiz qo’shma gaplarda quyidagi mazmun 
munosabatlari ifodalangan:
a. Shart-natija munosabati: har kimgaki bir xizmat qildin’ – on shiddatga muxayya turmaq 
kerak (Mq n’9). a’shbu misolda birinchi denotativ shart voqeani ifodalagan, ikkinchi denotatga 
semantik jixatdan tobe xisoblanadi. Bu gap asa shakliy vositali shart ergash gapli qo’shma 
gapga sinonim bo’la oladi. har kimgaki bir xizmat qildin’ – on shiddatga muxayya turmaq 
kerak – har kimgaki bir xizmat qilsan’, on shiddatga muxayya turmaq kerak. Xuddi shu holat 
ham sodda gaplarni boglovchi shakliy vositalar ikkilamchi ekanligini ko’rsatadi. Bunday 
gaplar haqida aytilgan quyidagi fikrlar ham mazkur muloxazamizni tasdiqlaydi: «Birinchi, 
ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar birikish 
munosabatini; oltinchi, ettinchi va sakkizinchi qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlov 
munosabatini ifodalovchi voqea-hodisani bildirgan. Shuning uchun oldingi to’rtta qo’shma gap 
tarkibidagi sodda gaplar orasiga biriktiruv boglovchisini, keyingi uchta qo’shma gap orasiga 
zidlov boglovchisini qo’yib ishlatish mumkin» (Asqarova M., Abdullaev Y., Omilxonova M., 
1997, 121. Ergashgan qo’shma gaplar xususida ham shunday fikrlar aytiladi: «Keltirilgan 
misollarning birinchi, uchinchi va beshinchisida sabab mazmuni ifodalangani uchun chunki, 
shuning uchun bogovchilarini qo’llab, sabab ergash gapli qo’shma gap xosil qilish mumkin. 
Ikkinchi va ettinchi gapda esa o’xshatish mazmuni ifodalanganidan go’yo yordamchisini
qo’llab, o’xshatish ergash gapli qo’shma gapni xosil qilish mumkin» (Asqarova M., Abdullaev 
Y., Omilxonova M., 1997, 172).
Demak, boglovchi vositalarini ishlatib ham, olib tashlab ham boglovchisiz qo’shma 
gaplarni qo’llash mumkin ekan, ularning gapdagi tutgan o’rni unchalik muxim emas.
2. Sabab-natija munosabati: Tilin’ bila ko’n’u’lni bir tut, ko’n’li va tili bir kishi aytqan 
so’zga but (Mq a6q). a’shbu misolda birinchi denotat sabab voqeani ikkinchi denotat natija 
voqeani ifodalamoqda. Gaplarning o’zaro mazmuniy boglanishini til, ko’n’u’l, bir leksik 
elementlari ta`minlamoqda. Mazkur sodda gaplar orasiga ham chunki shakliy vositasini 
qo’yish mumkin.
3. O’xshatish munosabati: Nafsni taqva riyazati bila zeridast qildilar — shaytanni 
zalilliq bila yerga past qildilar (Mq ha). Misolda «Nafsni taqvo riyozati bila zeridast 
qilishlik» «Shaytonni zalilliq bila erga past qilish»ga o’xshatilmoqda. Denotatlar tarkibidagi 
leksik elementlar oppozitsiyasi (nafsni — shaytonni, taqvo riyozat bila — zalilliq bila, 
zeridast qildilar — erga past qildilar) zich mazmuniy boglanishni ta`minlagan.



70 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin