O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

Leksik sinonimiya 
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: yelka, kift, 
o’miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog’du, ziyo (uchinchi 
guruh) kabi. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir 
sinonimik qatorda: 
leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo’yoqlari, 
subyektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil bo’ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast 
leksemalari bitta denotatni- “o’z erki, haq-huquqiga egalik”ni ataydi. Biroq ularda o’zaro 
farqlanuvchi ifoda semalari ham bor. Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli 
bo’lsa, ozod leksemasida ko’tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik 
sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir. Qiyos qiling: Erkin nafas olmoq 
(O’TIL, 2-tom,-451). Toki, bizdan olis avlodlarga ozod va obod Vatan qolsin! (I. Karimov). 
Yashnagan el tillarda doston, Qutlug’ nomi hur O’zbekiston (M. Sh.). Podshohning nikohida 
bo’lgan xotinlari posbonlar bilan uncha hisoblashmay, ko’pincha ularni qo’lga olib, sarbast 
yashaydilar (O.); 
b) ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida 
(“yuz”dan boshqalarida) salbiy bo’yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo’yoqning 
ifodalanish darajasi har xil: u “bet”dan “turq”qa tomon ortib, kuchayib boradi. Qiyos qiling: 


72 
betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o’zining qirq yillik umr 
yo’ldoshiga o’xshata olmadi. 
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, lekik 
sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi: 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin