Enantiosemiya Enantiosemiya bitta leksema ma’nosida nutqiy muhit talabiga ko’ra zidlanishning
ifodalanishidir. Chunonchi, ofat so’zining ma’nosi “falokat”, “balo”dir, ammo u “Ulug’ yo’l”
romanidagi bir epizodda shu ma’noga zid ravishda “go’zal”, “maftunkor” ma’nolarini
anglatgan: “Adibaxn alifday nozik, yuzi tiniq, oq, yirik ko’zlari ustidagi ingichka qoshlari
ofat...”
1
Tabiiyki, bunday holatda ham antonimiya yuzaga kelmaydi.
Antonimiya va polisemiya Antonimiya va polisemiya hodisalari o’zaro bog’liqdir: ko’p ma’noli leksema o’zining bosh
ma’nosi bilan bitta antonimik juftlikka, hosila ma’nosi bilan esa boshqa antonimik juftlikka
kirishi mumkin. Masalan, achchiq qalampir va shirin olma birikmalarida achchiq va shirin leksemalari o’zlarining bosh ma’nolari orqali antonimik munosabatga kirishgan; achchiq gap va shirin gap birikmalarida esa achchiq va shirin leksemalarining hosila (ko’chma) ma’nolari
antonimiyaga asos bo’lgan.
Leksik omonimiya Leksik omonimiya-leksemalarning ifoda planidagi (talaffuzi va yozilishidagi) tenglik
hodisasi. Masalan, o't («olov»)- o't («maysa»), kamar («qayish, ko'ndan ishlangan belbog'»)-
kamar («daryo, tog'larda suv o'yib ketgan chuqur joy») kabi.
Leksik omonimiyada ikki xil hodisa mavjud: omonimlar va omoformalar.
1. Omonimlarshakli bir xil, ma'nolari har xil (o'zaro bog'lanmagan) leksemalardir. Ular
(yuqoridagi misollar), omonim omoleksemalar deb ham ataladi. Bunday omonimlarning
ko'pchiligi bir so'z turkumiga mansubdir, shu sababli ularning nutqdagi grammatik shakllari
ham bir xil bo'ladi. Qiyos qiling: ot («ism»)- otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi, ot («hayvon»)- otim, oting, oti; otni, otning, otga... kabi. Yana: bo'sh (sifat)- «ichiga hech narsa solinmagan»: bo'sh chelak kabi, bo'sh (sifat)- «tarang tortilmagan»: arqonni bo'sh tortib bog'lamoq kabi.
2. Omoformalar ayrim grammatik shakllaridagina teng keladigan leksemalardir. Ular
omoforma omoleksemalar deb ham nomlanadi. Masalan, sur (ot: “qorako’l teri navi”) va sur (sifat: “och kulrang”) leksemalari ayni shu shaklda lug’atga kiritiladi, biroq ot turkumidagi sur leksemasi turlanganda (surni, surga, surning... kabi) sur (ot) va sur (sifat) o’rtasidagi shakliy
tenglik yo’qoladi. Demak, bu ikki leksema o’rtasidagi shakliy tenglik ot turkumidagi sur so’zi
bosh kelishik shaklida bo’lgandagina saqlanib, boshqa shakllarida yo’qoladi, shu xususiyati
bilan omoforma omoleksemalar omonim omoleksemalardan farq qiladi.
O’t (ot: “olov”) va o’t (fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi shakli) munosabatida
boshqacharoq holat kuzatiladi: o’t fe’l shakli lug’atga o’tmoq shaklida kiritiladi, binobarin, o’t (ot) va o’tmoq (fe’l) ortasidagi shakliytenglik yo’qligi ma’lum bo’ladi, shunga qaramay
fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi o’t shaklli bilan otning bosh kelishigidagi o’t shakli
omoforma omoleksemalar sanaladi.