O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/65
tarix08.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#67906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
vdocuments.mx o-zbek-tilining-tarixiy-grammatikasi-ozbek-adabiy-tili-tarixi

1. Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan 
farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g’azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari “g’azabi 
kelmoq” ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash 
darajasi bir xil emas, u “achchiqlanmoq”dan “g’azablanmoq”qa, “g’azablanmoq”dan esa 
“qahrlanmoq”qa qarab kuchayib boradi. 
2. Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki 
salbiy bo’yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo’ladi, ayni shu uslubiy semalar 
sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan jimaymoq, iljaymoq, 
irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no 
“ovoz chiqarmay miyig’ida kulish” hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq 
leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida biroz salbiy bo’yoq bilan qoplangan, bu 
salbiy bo’yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yanada ortib 
boradi.
3. Nutqiy sinonimlar- nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o’zaro farqlanadigan 
sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina 
leksemasi nutqning barcha ko’rinishlarida (adabiy nutqda ham, so’zlashuv nutqida ham) 
qo’llana olgan holda, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat s’zlashuv 
nutqiga xoslangandir. 
Kontekstual sinonimiya 
Kontekstual sinonimiya- til birligi sifatida o’zaro sinonim bo’lmaganleksemalarning ma’lum 
kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kirishishi. Masalan, chinni va 
kosa so’zlarining leksik ma’nolari birxil emas: chinni “idish-tovoq, izolatsion materiallar 
yasash uchun ishlatiladigan oq loy”ni, kosa esa “piyoladan kattaroq idish”ni ataydi, shunga 
ko’ra ular sinonim hisoblanishmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi “kosa” 
ma’nosida ham qo’llanadi, binobarin, shu shevaga xos konrekst ichida u kosa leksemasining 
sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi chinnida moy olib keldi. (J. Sh.). 
Tilda leksik manolari o’zaro teng bo’lib, farqlovchi semalari bo’lmagan leksemalar ham 
uchraydi: so’roq va savol, xabar va darak, tema va mavzu, ot va nom kabi. Tilshunoslikda bu 
kabi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin