O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə4/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga
qo’yiladigan talablar

“O’zbek tilshunosligi tarixi” fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar (bakalavr):


- Tilning ijtimoiy mohiyati, o’zbek xalqining, tilining shakllanishi, til va jamiyat, til va tafakkur, til va nutq munosabatlari, o’zbek tilining ichki qurilishi, til birliklari va nutq birliklari, ularning muvofiqligi, o’zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, undagi o’zgarishlarini bilish kerak.
- O’zbek tilshunosligining nazariy masalalari, taraqqiyot bosqichlari shakllanish tarixi, yirik olimlar, ular tomonidan yaratilgan ta’limotlar mohiyatini.
- O’zbek tilining turli sathlari bo’yicha qilingan tadqiqotlar mundarijasini.
- Yirik olimlarning o’zbek tilshunosligi tarixida tutgan o’rnini, taraqqiyotiga qo’shgan hissasini, olimning mavqesini belgilab olishni.
- O’zbek tili grammatikasiga oid zamonaviy ma’lumotlar, grammatik kategoriyalar, so’z turkumlari, o’zbek tili fonetikasi, leksikasi haqidagi ma’lumotlarni; so’z yasalishi, o’zbek adabiy tilining shevalarga munosabati-dialektal asosini.
- “O’zbek tilshunosligi tarixi” kursining tilshunoslikka oid nazariy va amaliy ma’lumotlarni hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi o’rnini belgilash; o’zbek tili birliklarining nutq birliklari bilan munosabatini baholash; O’zbek olimlarining tilga, nutqqa munosabati, tilshunoslikka, fanlarga munosabati, o’zbek tilshunosligining nazariy masalalariga munosabati kabilarni baholash; yirik tadqiqotlarni tahlil qilish, lingvistik tahlil metodlaridan o’z o’rnida foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
- O’zbek tilshunoslarining turkologiya va jahon tilshunosligi taraqqiyotiga qo’shgan hissalarini to’g’ri belgilash bo’yicha malakaga ega bo’lishlari kerak. Olimlar hizmatini to’g’ri baholash muhim ekanligini, bunda jamiyatning tilga tasvirini ham ko’zda tutish ekanligini anglashlari zarur.


Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va
uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“O’zbek tilshunosligi tarixi” asosiy ixtisoslik fani sifatida 5-semestrda o’qitiladi. Fan dasturini amalga oshirish o’quv rejasida ko’rsatilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, “O’zbek tili tarixi”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Sotsiolingvistika”, “Psixolingvistika”, “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari”, “O’zbek tilining nazariy grammatikasi asoslari”, “O’zbek dialektologiyasi”, “O’zbek tilini o’qitish metodikasi”, “O’zbek adabiyotshunosligi”, “Falsafa” fanlarida o’rganiladigan muammolar, shuningdek, “Til nazariyasi”, “Matn lingvistikasi”, “Amaliy tilshunoslik” borasidagi bilimlarni o’zlashtirishni taqazo etadi.





Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin