O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi


O’zbek tilshunosligi shakllanishining ilk davri



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə6/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

O’zbek tilshunosligi shakllanishining ilk davri
Abu Nasr Forobiyning (873-950) lingvistik qarashlari. Uning hissiy va idrokiy bilish, umumiylik-xususiylik “Mohiyat-hodisa dialektikasi haqidagi”, “Falsafatu Aristutalis” asari haqida. “Fozil odamlar shahri”, “Fanlar tasnifi haqida so’z” asarlari tahlili.
Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) lingvistik qarashlari. Uning “Saydana” asari tahlili. Asarda 4500 dan ortiq turli xil o’simliklar nomlarining izohlanishi. Asarning “Lug’at” ekanligi.
Ibn Sinoning (980-1037) lingvistik qarashlari. “Asbobi hudud al hudud” asari haqida. Asarning umumiy fonetika masalalariga bag’ishlanganligi. Ibn Sinoning A.S.Trubetskoydan bir necha asr oldin korrelyativ undoshlarni ajratishga e’tibor berganligi (k-g, q-g’).


Qoraxoniylar davrida tilshunoslik
(Mahmud Qoshg’ariyning tilshunoslik merosi)
Mahmud Qoshg’ariyning hayoti va faoliyati (XI asr). Uning “Devonu lug’otit turk” asari tahlili: asarning topilishi, tarjimasi haqida. Mahmud Qoshg’ariy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschisi sifatida. Lingvogeografik qarashlari fonetik qarashlari, leksika va leksikografiyaga oid qarashlari; so’z yasalishi, morfrlogiyaga oid qarashlari. Asarning tuzilishi. Olimning dialektologiya taraqqiyotidagi o’rni.


Mahmud Zamahshariyning lingvistik merosi
Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida. Olimning “Al mufassal fi san’at al i’rab” – Fleksiya san’ati haqida. Mufassal kitob. (“Al mufassal”) asari haqida. “Muqaddimat-ul adab” asari. Asarning besh qismdan iborat ekanligi: 1) ot; 2) fe’l; 3) bog’lovchilar; 4) ot o’zgarishlari; 5) fe’l o’zgarishlari. Asarda ismlarning mavzuiy guruhlarga ajratish tamoyili asosida berilishi. Mahmud Zamahshariy ilmiy-pedagogik faoliyatining baholanishi: arab grammatikasini yaratishdagi o’rni.


Mo’g’ullar istilosi davrida o’zbek tilshunosligi (1206-1400)
Bu davrda o’zbek va uyg’ur tillarining mustaqil tillar sifatida ajralishi. Noma’lum shaxs tomonidan yozilgan “At tuhfatuz zaxiyatu fi- lug’atit turkiya ” – “Turkiy tillar haqida noyob tuhfa” (“At-tuhfa”) asari tahlili. Ergash Fozilov va M.T.Ziyaevalarning “Izo’skanno’y dar tyurkskomu yazo’ku” (T., 1978 y.) asari.
Asarda mentalingvistik qarashlar (tilning ijtimoiyligi haqida) fonetika va grafika, grammatik masalalar bo’yicha qarashlar; ot va fe’lning grammatik xususiyatlari, yordamchi so’zlar haqidagi qarashlari. Asarning yozilgan joyi masalasi bo’yicha qarashlar.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin