O’zbek tilshunosligi kafedrasi I. Pardayeva O’zbek tilshunosligi tarixi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə83/88
tarix04.10.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#152259
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
portal.guldu.uz-O’ZBEK TILShUNOSLIGI TARIXI

Shakldosh (omonim) so’zlar tahlili.
Xudoyberdi Doniyorov shakldosh so’zlar ham til boyligini ta’minlovchi vosita ekanligini ta’kidlar ekan, qipchoq lahjasining bu sohada ham naqadar boyligini isbotlaydi. Bunday so’zlarni domla avvalo ikkiga ajratadi:
1. qipchoq lahjasi va adabiy tilda ham mavjud bo’lib, faqat tovush jihatdan farq qiluvchi shakldosh so’zlar: jeng(adabiy tilda:eng).
1. Kiyimning engi. 2. Siz ovqatlaning. Asho’q (adabiy tilda:oshiq). 1.O’yin. 2. Sevgan 3. Ortiqcha.
2. Adabiy tilda ham uchraydigan, ammo qipchoq lahjasida qo’shimcha ma’no munosabatini ifodalaydigan shakldosh so’zlar:"chakki":1.chakki, suzma 2. Yomg’ir tomchisi 3. Yomon.
Domla o’z ishlarida shakldosh so’zlarning o’ziga xos xususiyatini ko’rsatish bilangina chegaralanmasdan, ularning paydo bo’lishi, yuzaga kelish jarayonlariga ham e’tibor beradi.
1. Qipchoq lahjasidagi shakldosh so’zlar adabiy tildagidan farqli ravishda mazkur shevalarda ba’zi undosh tovushlarning bo’lmasligi natijasida yuzaga kelar ekan: qalam:1.mening xolam, 2.qalam; Qal:1.xol, 2. sen qol.
2.Ayrim tovush almashinishi jarayonida ham shakldosh so’zlar qipchoq lahjasida shakllanishi mumkin ekan: juvon:1.yo’g’on,2.yosh ayol.
3. Bundan tashqari yana bir qancha usullar asosida qipchoq lahjasidagi shakldosh so’zlarning yuzaga kelishi izohlanganki, tilni bunday kuzatish, tabiiyki eshlarda tilga, nutqka bo’lgan munosabatini, ya’ni kuzatuvchanlikni, ayni paytda, unga jiddiy e’tibor berish kunikmasini yuzaga keltiradi. Bu o’rinda yana bir aloxida ta’kidlash lozim bo’lgan masala shundan iboratki, domla lahjadagi shakldosh so’zlarni tadqiq etish jaraenida shu manbalarga asoslangan holda o’zbek adabiy tili imlosidagi va alifbosidagi kamchiliklarni va uni tuzatish yo’llarini ham ko’rsatadi.
Ma’nodosh so’zlar tahlili.
Xudoyberdi Doniyorov bu o’rinda avvalo ma’nodosh so’zlarga berilgan izohga o’z munosabatini bildiradi va shu nuqtai nazardan kelib chiqib, qipchoq lahjasidagi ma’nodosh so’zlarni ikki guruhga ajratib izohlaydi:
Ma’nosi bir-biriga to’g’ri keluvchi so’zlarga ega bo’lgan ma’nodosh so’zlar. Domla qipchoq lahjasidagi ma’nodosh so’zlarning ayrimlari adabiy tilda uchragani holda, ba’zilari adabiy tilda uchramasligini ta’kidlaydi va ularni misollar bilan birma-bir izohlaydi. Masalan: qipchoq lahjasida "tesha" so’zi bilan ma’nodoshliq kasb etuvchi "cho’t"so’zi adabiy tilda uchramaydi.
Albatta bir-biriga hamma tomondan to’liq, aynan to’g’ri keluvchi barglar bo’lmaganidek,tildagi so’zlar ham hamma jihatdan, aynan mos kelmaydi. Ular qaysi jihatdandir bir-biridan ozmi-ko’pmi tafovut qilishi tabiiy. Xususan bu holat lahjalardagi ma’nodosh deb ataladigan so’zlarda mo’lroq. Shuning uchun X.Doniyorov qipchoq lahjasidagi ma’nodosh so’zlarning uslubiy xususiyatlari, ularning hatto kim tomondan ishlatilishlari ham muhimligi, bunda so’zlovchining yoshi, jinsi, dunyoqarashi mana men deb turishigacha sinchkovlik bilan ta’riflab, tavsiflab beradiki, xalq tilining boyligiga, kuchiga, qudratiga, yopiray, tan bermasdan iloj yo’q. Mana bitta misolning o’ziyoq bu fikrni isbotlaydi: Sho’po’ra,Javliq,jappa, hammasi, batamom, tamomnay, tugallay, bari.
Qarama-qarshi so’zlar tahlili.
X.Doniyorov xuddi adabiy tildagidek qipchoq lahjasida qarama-qarshi ma’noni ifodalaydigan so’zlar ham talaygina ekanligini qayd etib, juda ko’p so’zlar tahlilini beradi. Ayni paytda xalq tili shu darajada boyki, bu guruhdagi so’zlar faqat qarama-qarshi tushunchanigina ifodalab qolmasdan, ba’zi o’rinda ular birikib bir umum tushunchani ifodalashga xizmat qiladi. Shubhasiz bunday holatda o’sha ma’noning boshqa so’z asosida ifodalnganidan uslubiy xususiyati o’z-o’zidan ko’zga aniq tashlanib qoladi. Demak qarama-qarshi ma’noli so’zlarni tadqiq qilanda darslik va qo’llanmalarda uning faqat o’sha ma’nolarini emas, balki so’zlarning nutq materiallari sifatida ham nutq jarayonida bajargan vazifasi, xizmati e’tiborda bo’lmog’i maqsadga muvofiq bo’lar ekan.
O’rni bilan shuni alohida qayd etish lozimki,juda ko’p asarlarda so’zlar matndan ajratilib, quruq holda grammatik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Bu o’z navbatida birinchidan, so’zlarning tovlanishlarini ifodalayolmasa, ikkinchidan, o’quvchini til bilimini quruq o’rganishga undaydi. Bunday holat til darsliklaridan bolani sovutadi. Shuning uchun so’zning quvvatini, uning tovlanishlarini, xususan, xalq tilida bunday imkoniyatlar cheksizligini juda nozik tushungan X.Doniyorov so’zlarni faqat til manbai sifatida emas, nutq jarayonida ham tadqiq etib,undagi shunday qirralarni ochib ko’rsatadi. Domla boshqa guruhga kiruvchi so’zlarni shu yo’nalishda kuzatgani kabi, "juft so’zlar", ya’ni juft ma’noni ifodalovchi so’zlar, "so’z ma’nolarining o’zgarishi", "boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar" tahlilida ham bu usulnig ajoyib namunasini ko’rsatadi.
Atamalar tahlili.
O’zbek adabiy tili xalq tilidan sun’iy uzoqlashtirilganligi sababli juda ko’p so’zlar adabiy tilga olinmadi. Xususan, bu fikrni tildagi atamalarga nisbatan ham aytish mumkin. Negaki, ko’p holatda bu tilni xalqqa o’rgata boshladik. X.Doniyorov qipchoq lahjasidagi atamalarni masalaga xuddi shu nuqtai nazardan turib tahlil etdi. Adabiy tilda bir necha so’z bilan berish mumkin bo’lgan tushunchani qipchoq lahjasida bitta atama bilan ifodalash mumkinligini qayd etib, domla xalq tilidagi xuddi shunday atamalarni to’plab, ularni adabiy qolip sifatida olishni tavsiya etadi. Jumladan "qo’rqo’m" atamasi o’zbek adabiy tilida "yung olish mavsumi","to’l" atamasi, "qo’zilatish mavsumi"kabi o’zbekcha bo’lmagan birikmalar bilan ifodalanishini ta’kidlar ekan, bu atamalarning qulayligi, birinchidan, ular bir so’z bilan izohlanganligi, ikkinchidan,o’sha mavsum holatining butun tashvishi-yu kiyinchiliklari atamada o’z ifodasini topganligi qayd etiladi. Shuningdek,olim "bargak"(ayollar taqinchog’i), bosma(jundan bosib tayerlangan usti qalin, qishda kiyiladigan kiyim) atamalarini misollar bilan izohlaydi. Qipchoq lahjasidagi qavm-qarindoshlik atamalarini to’plab ularni qardosh turkiy tillar va o’zbek adabiy tili bilan qiyoslab o’rganadi va adabiy tilga ularning juda ko’pchiligini olish faqat foydali holat bo’lar edi,degan xulosaga keladi.
Chunonchi, "tog’a" atamasi faqat onaning akasi, ukasi yoxud, biror erkak qarindoshiga nisbatan qo’llaniladi. Bola (bo’la) opa-singillar bolalarining qarindoshligini belgilovchi atama. Xalqda "Odamzotda bo’la, xayvonlarda bo’ta bir-biriga inoq bo’ladi"degan ibora juda keng qo’llaniladi. "Amma" otasining singlisi yoki opasiga nisbatan qo’llaniladigan atama. Shuningdek domla baldo’z (qayin-singil,o’kulota), jezda, iyarchan va boshqa juda ko’p atamalarni izohlash bilan, adabiy tilga o’z tavsiyalarini beradi. To’g’ri, o’sha paytda domlaning bu tavsiyalari va nazariyalariga juda ham e’tibor berildi deb bo’lmas. Ammo bugun o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan atmashunoslikda tug’ilgan qahatchilikdan qutulish borasida domlaning fikri to’g’riligi isbotlanmoqda.
Ismlar tahlili.
Ma’lumki, har bir xalqning ism qo’yishda o’ziga xos urf-odati mavjud bo’lib, turkiy xalqning ismlari, asosan, gapiruvchi nomlardir. Biroq o’zbeklarda ham boshqa turkiy xalqlardagi kabi bu holat keyingi paytda birmuncha buzildi. Ko’proq nomdor kishilarning ismiga taklid qilib ot qo’yish qo’laydi. X.Doniyorov qipchoq vakillarida mavjud bo’lgan nom qo’yish tarixini o’rganar ekan, bu til vakillarining tilida ismlar, asosan, gapiruvchi nomlar bo’lganligini, ismlar aniq bir tushunchani ifodalaganini izohlaydi. Ismlarda ota-ona orzusi, niyati ifodalanishi bilan birga, ba’zan butun xalqning ham orzusi o’z ifodasini topgan bo’lishi mumkin. Ayni paytda domla yigit va qizlar ismlarining ham o’ziga xos jihatlarini birma-bir izohlaydi. Masalan: "Tursunqul", "Tursunboy" ismlarida farzandlari turmagan, yuragi bezillab qolg’an ota-onaning naqadar orzu tilagi singganligi o’z-o’zidan aniq. Yoki "Ultuv","Ulbo’l" ismlarida ota-onaning o’g’il ko’rishlarini orzu qilganligi o’z ifodasini juda chiroyli topgan. Olimning ta’kidlashicha, bu sheva vakillari ismlarga "xon","jon" qo’shimchalarini deyarli qo’shib ishlatmaydi. Xullas X.Doniyorov qipchoq sheva vakillari tilida ism qo’yishdagi o’ziga xos xususiyatlarni izohlash bilan birga, shunday ismlarni birma-bir to’playdi, ularning tavsiflarini beradiki, bu xalqning tarixini o’rganish uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Nazorat topshiriqlari:
1. X.Doniyorovning so’zshunoslik faoliyatini sharhlang. (kategoriya-idrok)
2.Olimning xalq tilida shakldosh so’zlar va adabiy tilga munosabatini sharhlang.
3.Xalq tilida ma’nodosh, zid ma’noli so’zlar va adabiy til munosabati masalalarini sharhlang. (kategoriya-analiz).
4. Xalq tilida atamalar va adabiy tilga munosabati masalalari haqidagi fikrlarni tahlil kiling. O’z munosabatingizni belgilang. (kategoriya-analiz)

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin