O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi



Yüklə 91 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2022
ölçüsü91 Kb.
#57825
1   2   3   4   5   6
203-guruh Ibrohimova Zulayho

Kalit so‘zlar: tilshunoslik, o‘zbek tili, grammatika, ko‘plik va birlik, adabiyot.

KIRISH

Jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, boshqa fanlarda bo`lgani kabi, o`zbek tilshunosligi oldiga ham yangi vazifalarni qo`ymoqda. Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida alohida ta’kidlaganidek, «Fundamental fanlar, zamonaviy kommunikastiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o`ta muhim sohalarda ona tilimizning qo`llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug`atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so`z bilan aytganda, o`zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o`zlikni, Vatan tuyg`usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.»[Каримов И.А. Юксак маънавият ― енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2007. – Б. 87.] .Ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida avaylab-asrash, boyitish, undan amaliy foydalanish samaradorligini oshirish, qo`llanish imkoniyatlarini kengaytirish kabilar har doimgidan ham muhim vazifa bo`lib turibdi. Bugungi kunda o`zbek tilshunosligi «nutq→lison» yo`nalishi asosidagi tadqiqotlar davrini muvaffaqiyatli bosib o`tib, o`zining yangi pog`onasiga – «lison→nutq» tamoyili asosida ish ko`rishga jadal o`tmoqda¸ til qurilishi va undagi hodisalar dunyo tilshunosligida keng tarqalgan maydon asosida o`rganilmoqda. O`zbek tilidagi ko`plik ma’nosi amaldagi grammatikaga doir ishlarda ot va fe’l turkumida grammatik kategoriya sifatida o`rganilgan. Biroq mavzuga doir mazkur ishlarning aksariyati sho`ro davrida yaratilganligi sabab ulardagi talqinlarda rus tiliga xos xususiyatlar ma’lum darajada o`z ifodasini topgan. Son kategoriyasining amaldagi talqinlari o`zbek tilining xususiyatiga to`liq mos kelmaydi. Shu sababli son kategoriyasini o`zbek tilining agglyutinativ tabiatidan kelib chiqib o`rganish¸ uning tarixiy asoslarini bilish¸ tadrijiy taraqqiyotini belgilash¸ nutqiy voqelanishini tahlil etish hozirgi kunda dolzarb masala bo`lib turibdi.




Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin