O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi


O`ZBEK TILI TARIXIDA KO`PLIKNING GRAMMATIK KO`RSATGICHLARI



Yüklə 91 Kb.
səhifə4/6
tarix13.05.2022
ölçüsü91 Kb.
#57825
1   2   3   4   5   6
203-guruh Ibrohimova Zulayho

O`ZBEK TILI TARIXIDA KO`PLIKNING GRAMMATIK KO`RSATGICHLARI

O`zbek tilshunosligida ko`plik ma’nosini maxsus o`rgangan olimlardan biri A.G`.G`ulomov bo`lib¸ u «O`zbek tilida ko`plik kategoriyasi» risolasida mazkur masalani atroflicha o`rgangan[Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Тошкент: Ўздавнашр¸ 1944. -56 бет].Ushbu asarda aytilishicha¸ «o`zbek tilida ko`plik» iborasi juda keng ma’noni o`z ichiga olib¸ unga qo`shimchalar orqali ifodalangan ko`plik (gullar, gulimiz, gullatdik kabi) ham, ayrim so`z, so`z birikmalari orqali ifodalangan ko`plik (biz, ko`p odam, shoda-shoda marvarid kabi) ham kiradi. A.G`ulomovning fikricha, bularning barchasi ko`plik ma’nosini ifodalasa-da, grammatik nuqtai nazardan turli hodisa: «Masalaga logik jihatdan qaraganimizda kishilar ham, ko`p kishi ham, oz kishi ham, xalq ham ko`plikni, jamlikni anglatadi». «Grammatik nuqtai nazardan qaraganimizda bularning ifodalanishlari, shakllanishlari turlicha bo`lib, bir-biridan tamoman boshqa-boshqa kategoriyalar ekanligi anglashiladi». Anglashiladiki, tilshunos logik va grammatik ko`plikni farqlab bu ma’noni ifodalovchi barcha vositani grammatik ko`plikka kiritmaydi. Grammatik ko`plik deganda nima nazarda tutilishi quyidagi jumlalardan oydinlashadi: «O`zbek tilida ko`plik ideyasining ifodalanishi quyidagi ko`rinishlarga ega: 1. Morfologik ifodalanish. 2. Leksik ifodalanish. 3. Sintaktik ifodalanish. Birinchi tur ot va fe’l to`dasidagi so`zlarda ishlatiladigan ayrim qo`shimchalardan iborat (bolalar, aytingiz, aytdik, aytdilar...). Ikkinchi tur jamlik bildiruvchi so`zlardan iborat (el, qo`shin, poda...). Bularning jamlovchi sanalishi mazmunanginadir, ular ko`plikning grammatik ko`rsatkichiga ega emasdir. Uchinchi tur miqdor bildiruvchi so`zlarning ot bilan aloqaga kirishuvidan tuzilgan birikmalardir (dasta- dasta gul, baland-baland tog`lar).[ Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Тошкент: Ўздавнашр¸ 1944. -4 бет].

O`zbek tili tarixida ko`plikning grammatik ko`rsatkichlari xususida ayrim darslik¸ o`quv qo`llanmalari va tadqiqotlarda ma’lumotlar mavjud.[ Abdurahmonov G‘., Shukurov SH., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Т.: O‘qituvchi, 2008].Chunonchi¸ Q.Sodiqov «Turkiy til tarixi» darsligida [Содиқов Қ. Туркий тил тарихи. –Т.: 2009. –Б. 153-156. ] turkiy tillar tarixida ko`plikning grammatik ko`rsatkichlari sifatida quyidagilarni aytib o`tadi: Ko`plikning -lәr, -lar qo`shimchasi bilan: bilgәlәr – donolar, alplar – pahlavonlar, qapug`lar – eshiklar¸ yaruq tәңrilәr – yorug‘ tangrilar, arïg` dintarlar – pokiza rohiblar. [Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Т.: Фан, 1960-1963. Т. I. 1960. –529 б.; Т. II. 1961. – 488 б.; Т.III. 1963. – 468 б. II¸ 27-б.]. Hozirgi o`zbek adabiy tilining uslubiy talablariga ko`ra otlardan oldin ularning son ko`rsatkichi keltirilsa, otga -lar qo`shimchasi qo`shilmaydi. Qadimgi turkiy tilda esa bunday o`rinlarda ham otlarga ko`plik affiksi qo`shilishi mumkin. Masalan, «Qutadg`u bilig» asarida: iki tigitlәr – ikki shahzoda, yeti enүklәri – (barsning) yetti bolasi.

S.Ashirboyev va I. Azimovlar «O`zbek tilining tarixiy grammatikasi» nomli qo`llanmasida eski o`zbek tilida ko`plikning ifodalanishi bo`yicha ayrim fikrlarni bildirib o`tgan.[ Аширбоев С.¸ Азимов И. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси (ўқув-методик қўлланма). –Т.: Низомий номидаги ТДПУ¸ 2001. ]. Eski o`zbek tilida ham hozirgi o`zbek tilidagidek, birlik son so`z negiziga muvofiq keladi. Ko`plik esa maxsus grammatik ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi. Eski o`zbek tilida ko`plik ma’nosini quyidagi qo`shimchalar ifodalagan: -lar \\ -lәr. Bu qo`shimchaning qo`llanishi hozirgi o`zbek tilidagidek, keng bo`lgan: Ul kentdagi kishilәr kelib turur. Tashlarni tamam bu tag`dыn eltәrlәr.[ Бу ва кейинги мисоллар Бобурнинг «Бобурнома» асаридан олинган. (Бобур. Бобурнома. -Тошкент: Юлдузча, 1989. ‒367 б.]. Bu qo`shimcha eski o`zbek tilida ham ayrim holat va mavhum tushunchani bildiruvchi otlarga qo`shilganda ko`plikni emas, balki kuchaytirish, ta’kidlash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Anы dushmanlari ko`p qayg`ular tapti. Ahmad Yusuf beg iztirablar qilib aytadur kim... Shu bilan birga, bu qo`shimcha hurmat ma’nosida ham qo`llangan: Atalari ezgu kishi erdi. Qabrlari Balxdadur.




Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin