O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi


O`ZBEK TILIDA KO`PLIK KATEGORIYASINING LISONIY XUSUSIYATI VA NUTQIY VOQELANISHI



Yüklə 91 Kb.
səhifə5/6
tarix13.05.2022
ölçüsü91 Kb.
#57825
1   2   3   4   5   6
203-guruh Ibrohimova Zulayho

O`ZBEK TILIDA KO`PLIK KATEGORIYASINING LISONIY XUSUSIYATI VA NUTQIY VOQELANISHI

Lisoniy miqdor muayyan tilning grammatik va lug`aviy vositalari bilan ifodalanadi, til birliklari va ularning munosabati asosida shakllanadi, shu til tizimiga kiritilgan bo`lib, lisoniy birliklarning ma’nosi sifatida yuzaga chiqadi. Har bir til qurilishida bu mazmun o`ziga xos tarzda aks etadi. Agglyutinativ xususiyatga ega bo`lgan o`zbek tilida tejamkorlik tamoyili ustuvor bo`lib miqdor ma’nosi so`zning o`zak-negizidan anglashilsa, grammatik vosita ishlatilmaydi (besh o`quvchi).



Mavjudot sonini ifodalovchi lisoniy vositalar tilning turli bo`limiga mansub bo`lib, quyidagilardan iborat:

  1. otning son-miqdor kategoriyasi(hujjatlar, mulozimlar, inshootlar); 2) otning o`zak-negizi:(xalq, el, ulus, olomon) ; 3) otlashgan so`z:(yaxshilar, azizlar, taqir-tuqurlar); 4) fe’lning son kategoriyasi:(yugurdik, yugurdingiz, yugurdilar);

Mustaqil so‛z turkumlaridan biri bo’lgan ot so’z turkumining boshqa so’z turkumlaridan ajratib turadigan belgilaridan biri bu kelishik, egalik va son kategoriyalarga ega ekanligidadir. Otlarda ziddiyat holida bo’lgan birlik va ko’plik ma‘nosi va bu ma‘noni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi. Mantiqiy va grammatik son ikki xil narsa. Masalan, jamlovchi ot ([xalq], [qo‘shin], [poda], [suruv]) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi[ Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova G., Yunusova Z., Abzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2009, 229- b.] . Masalan: Yarim xalq yig’lar.(M.Yusuf. Saylanma.224-b) Sh. Shoabdurahmonov va boshqalarning «Hozirgi o’zber adabiy tili» qo’llanmasida grammatik son va mantiqiy son haqida qarashlari qo’yidagicha: ―Grammatik son va logik son odatda o’zaro mos kelavermaydi. Masalan, kishi otlari yakka shaxsni (masalan, Zulfiya, Karim kabi) ifoda etadi. Lekin bu otlar bir necha shaxs nomini ham anglatishi mumkin. Shunda ham ular yakka shaxsni bildiraveradi. Turdosh ot esa, asli bittadan ko’p bo’lgan predmetning nomidir. Bundan tashqari, bir turdosh ot bilan bir predmetni, o’rni bilan ko’p predmetni ifoda qilishi mumkin. Masalan: Maktab tajriba uchastkasiga olma ekdik. Bunda olma situatsiya va kontekstga qarab bir olma ko’chatini ham, ko’p olma ko’chatini ham ifoda qiladi. Bu uning semantik belgisiga bog‘liqdir. Turdosh otning yakka yoki ko’p predmetni ifoda qilishi uning semantikasi va situatsiya kontekstiga bog‘liq. Lekin bu otlar, yakka yoki ko’p predmetni anglatishidan qat‘i nazar, son kategoriyasining aynan bir formasidir. Demak, otning yakka yoki ko’p predmetni anglatishi bilan son kategoriyasining qaysi formasida bo’lishi boshqa-boshqa hodisalardir: logik son bilan grammatik son teng emas,[ Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Тошкент: Ўқитувчи, 1980, 217-220-б. ]—deb munosabat bildirgan.O’zbek tilida otlardagi ko`plik ma’nosining yagona belgisi «-lar»dir.U ko`plik ma’nosini emas, balki bu doiraga kirmaydigan tasavvurlarni reallashtirganda ham shu nom bilan yuraveradi. Demak, -lar ko`plikning grammatik belgisidir.[ Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Тошкент: Ўздавнашр¸ 1944. -56 бет]. Ko`plik -lar bilan ifodalanar ekan, birlik bu qo`shimchasini olmasligi bilan bilinadi, u o`zini maxsus formal belgiga ega emasligi bilan tanitadi. Bu holat otlardaginadir. Fe’llarda birlik ham o`z belgisiga ega bo`la oladi. Fe’llarda birlik, ko`plikning ifodalanishi ayrichadir. Son yoki miqdor bildiruvchi so`zlar bilan ifodalangan aniqlovchiga ega bo`lgan otlar birlikda qo`llanadi (bu chog` uning ko`plik ma’nosi — aniq ko`plik, miqdori shu aniqlovchi orqali anglashilib turadi). —Yuzta daftar, ko`p odam, shu qadar kitob, bir chekim nos . Jamlov ma’nosini beruvchi otlar (to`da nomlari, xalq nomlari, jam ma’nosida olingan hayvon, jonivorlar nomi...) birlikda qo`llanadi (el, qo`shin, to`da). -chilik qo`shimchasi bilan yasalgan jamlovchi otlar (ko`pchilik) da bu hodisa kuchlidir».[ Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Тошкент: Ўздавнашр¸ 1944.23 - бет].Keltirilgan jumlalardan ayon bo`ladiki, prof. A.G`ulomov ko`pliking morfologik yo`l bilan (otda -lar, fe’lda -ingiz, -k, -lar va h.k.) ifodalanishini grammatik ko`plik deb hisoblaydi. Bu ma’noning leksik (el, qo`shin, poda) va sintaktik yo`l bilan (yuzta daftar) anglashilishiga logik hodisa deb qaraydi. Bunday hollarda -lar olmagan ot ko`plik ma’nosini ifodalasa ham, grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi.

Holbuki o`zbek tilida son turkumida grammatik (formal) son mavjud emas. Barcha sifatning grammatik songa daxli yo`q. Ulardan ba’zisi (yolg`iz, talay) lug`aviy sonni anglatadi. A.G’ulomovning “O’zbek tilida ko’plik kategoriyasi’ asarida -lar shakli ifodalaydigan ma’nolar mufassal tahlil qilinadi: «Ko`plik formasiga kirgan ot (keng ma’noda) bilan ifodalanadigan ma’nolar turlichadir. Bu turlilik, asosan, ko`plikni qabul qiluvchi so`zning leksik ma’nosiga qarab bo`ladi, ba’zi o`rinlarda uni kontekstgina aniqlaydi». Muallif -lar shakli ifodalaydigan ma’nolar quyidagi o`n uch turdan iborat deb ko`rsatadi:

1) predmet sonining ortiqligi:(musofirlar,daraxtlar, yigitlar, mehmonlar)

2) tur ma’nosi: (suvlar, unlar, yog`lar)

3) to`dalarning ko`pligi (xalqlar,ellar)

4) hurmat(dadamlar, oyimlar, opamlar, tog`amlar)

5) mazax(O`zlari kelibdilar-da?)

6) ma’noni kuchaytirish (yuraklarim, uyqularim,tuyg`ulari, sevinchlaring),

7) belgi ma’nosini konkretlashtirish (Tabiat go`zalliklarini tomosha qildim. Tartibsizliklar kundan kunga ortib bormoqda.),

8) umumlashtirish (Tiyonshon, Kazbek, Hindiqushlar buyuk tog`dir. Botir, Aziz, Otabeklar bir bo`lib dushmanga qarshi kurashdilar. ),

9) ish-harakatning uzoq davom etishi, yo takrori, «marta» (Qadam tashlashlar unga tanish edi. Bunday yelib-yugurishlar samarasiz ekanligini mana endi tushundi. ),

10) «yaqinlari» ma’nosi ( bu choq -lar atoqli otlarga qo`shilgan bo`ladi: Ahmadlar,Malohatxonlar, Quvalar, Samarqandlar ),

11) taxmin (o`n-o`n ikki yoshlardagi, yettilarda),

12) chegaralash: non (umuman) — nonlar (qism, shundan bir necha tur),

13) ko`plikni ta’kidlash (ikki ko`plik): bizlar, sizlar, ular, ko`p odamlar.

Bu ma’nolar o`z ichida bir necha ko`rinishga ega. Bu ma’nolarning barchasini ham son kategoriyasi doirasiga kiritib bo`lmaydi. Jumladan, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, to`qqizinchi va o`n birinchi tur ma’no «ko`plik shakli»ning semantik mazmuni tarkibiga kirmaydi.[ Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. -Тошкент: Ўздавнашр¸ 1944. –Б. 25].

Ko`plikning sintaktik yo`l bilan ifodalanishi sakkiz bandga bo`lib ko`rsatiladi:

I. Otga son bildiruvchi so`z keltirish orqali.(o`nta mahkama, to`rt devor, qirqta xotin)

II. Miqdor bildiruvchi so`zlar bilan ifodalangan yakka aniqlovchi yo kesim orqali.

III. «ust-bosh», «oliq-soliq», «katta-kichik» kabi jamlash yo`li bilan

IV. Umumlashtiruvchi belgi orqali (uchar qush).

V. Aniqlangan belgisiga ko`ra ko`plikka dalolat beruvchi so`zlar orqali (turli daftarlar, har xil kitob).

VI. Qaralmishning ko`pligi mavhum o`rinlarda qaratqich orqali ifodalanadi (qizlarning ko`ngli, bolalarning quvonchi, yurakdagi dardlar)

VII. Kesimning ko`pligi ega orqali ifodalanadi ( bu bolalar — student).

VIII. Takrorlangan so`z orqali ifodalanadi (qop-qop un, qora-qora doskalar).

Bunda ko`rsatilgan birinchi, ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi banddagi usullar sintaktik jihatdan bir xil. Bular «miqdor bildiruvchi aniqlovchi  ot» qolipi asosida hosil qilingan. To`rtinchi bandda ko`plik ifodalanmagan. Demak, sintaktik yo`l bilan ko`plik ifodalashning 4 xil usuli mavjud.

A.G`ulomov oliy o`quv yurtlarining o`zbek tili va adabiyoti fakulteti uchun yozilgan darslikda ham son kategoriyasini sof grammatik (formal, sintaktik) hodisa sifatida talqin qiladi.[ Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис.  Тошкент: Ўқитувчи¸ 1965. ].

Sh.Rahmatullayev -lar ni ko`plikni ko`rsatuvchi formal grammatik vosita deb qaraydi: O`zaro grammatik bog`lanmagan, ammo semantik bog`langan ikki so`zdan birinchisida -lar ishlatish ikkinchisining ham -lar olib kelishini taqozo qiladi. Natijada son formalarida muvofiqlashuv (tom ma’nodagi grammatik moslik) yuz beradi: …ajoyib manzaralar kino kadrlariday yugurib chiqib... (J.Abdullaxonov). Bu gapda ajoyib manzaralar deb ishlatish undan keyingi birikmaning -lar olishini shart qilib qo`ygan.

Ko`rinadiki, parchadagi ikkinchi -lar rus tilidagidek grammatik moslashuv natijasida ishlatilgan deb qaralyapti. Biroq misoldagi keyingi -lar ni tushirib qoldirsa (tejasa) ham bo`ladi, shunda ham ko`plik anglashilaveradi.

Sh.Rahmatullayev son kategoriyasining otdan boshqa turkumlarda ifodalanishini ham alohida tahlil qiladi.




Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin