O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 91 Kb.
səhifə3/6
tarix13.05.2022
ölçüsü91 Kb.
#57825
1   2   3   4   5   6
203-guruh Ibrohimova Zulayho

Muammoning o`rganilganlik darajasi.Mahmud Koshg`ariy turkiy tilda ko`plikning ifodalanishi¸ chunonchi¸ -lar haqida ayrim mulohazalarini «Devonu lug`otit turk» asarida aytib o`tadi.[ Кошғарий М. Девону луғотит турк (Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. Муталлибов). Т. I-II-III. –Т.: Фан, 1960-1963. Т. I. 1960. –529 б.; Т. II. 1961. – 488 б.; Т.III. 1963. – 468 б] .U mazkur asarida turkiy tillarda ko`plikning ifodalanishida -lar muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab ko`rsatgan. O`zbek tilida ko`plikning ifodalanishi xususidagi fikrlar Abdurauf Fitratning «O`zbek tili qoidalari to`g`risuda bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf»[ Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисуда бир тажриба. Биринчи китоб: Сарф. Танланган асарлар. V жилдлик. -Тошкент: Маънавият‚ 2006. –IV жилд. –Б. 140-175. ] asarida ham uchraydi. Olim tub va yasama otlarni ko`plikda ifodalash uchun ularga –lar qo`shimchasi qo`shib aytish kerakligini ta’kidlaydi. Ko`plikning ifodalanishi o`zbek tilshunosligida otning son kategoriyasi va fe’lnnng shaxs-son kategoriyasi nomi bilan maxsus o`rganilgan. Bu kategoriyalar dastlab prof. A.G`ulomov tomonidan tadqiq qilingan[Ғуломов А. Ўзбек тилида кўплик категорияси. Тошкент:Ўздавнашр. 1944. -56 бет]. F.Safarov «O`zbek tilida son-midor mikromaydoni va uning lisoniy-nutqiy xususiyati» nomli tadqiqotida o`zbek tilida ko`plikning ifodalanishi masalasiga maydon sifatida yondashadi [Сафаров Ф. Ўзбек тилида сон-мидор микромайдони ва унинг лисоний-нутқий хусусияти: Филол.фан.номз.дисс.-Самарқанд,2004. 134б]. Grammatik, leksik, sintaktik, fonetik va g`ayrilisoniy vositalar birgalikda tahlil etiladi. Mazkur ishning asosiy maqsadi son-miqdor maydoni vositalarining tuzilishi, mazmuni, vazifasi va qo`llanishini tadqiq qilishga qaratilgan. Sh. Rahmatullayev 2006-yilda nashr ettirgan «Hozirgi adabiy o`zbek tili» darsligida o`zbek tilida ko`plikning ifodalanishi bo`yicha ayrim fikrlarni aytib o`tgan. Bir guruh olimlar jamoasi (R.Sayfullayeva va boshqalar) tomonidan 2007-¸ 2009- va 2010-yillarda nashr etilgan «Hozirgi o`zbek adabiy tili» darslik va qo`llanmada ko`plik ma’nosi bo`yicha keng ma’lumot berilgan[ Sayfullayeva R.,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili / Darslik. – Toshkent: Universitet, 2010. -335 б]. Ularning fikricha¸otlarda ziddiyat holida bo`lgan birlik va ko`plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi.


Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin