O`zbek xalq ertaklari



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə2/6
tarix14.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#130371
1   2   3   4   5   6
O`zbek halk ertagi

Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko`p ertak eshitgandim.
So`ylab berardi buvim.
Esimda o`sha damlar,
O`zi uchar gilamlar,
Toxir-Zuxra Yoriltosh,
Oyni uyaltirgan qosh.
O`t bog`lagan qanotlar,
Beqanot uchgan otlar.
Bahtiyor bilan Oygul,
Qiz bo`lib ochilgan gul,
So`ylaguvchi devorlar,
Bola bo`p qolgan chollar.
Buvimning har qissasi,
Har bir qilgan hissasi,
Fikrimni tortar edi,
Havasim ortar edi.
Haqiqatdan, Tohir-Zuhra, Yoriltosh bizni hamisha o`ziga jalb qilgan, havasimizni o`ziga tortgan. Ota-bobolarimiz ham tuyog`idan gavhar sochgan qiyiqlarni ko`rish umidida bo`lganlar. Oxir pirovardida hayoldan o`tkazilgan mo`jiza voqealarni hayotiylashtirish maqsadida g`olib kelib mif, afsona, rivoyatlar zaminida ertaklar yaratila boshlagan. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og`zaki ijodida keng tarqalganidek, o`zbeklarda ham ommaiy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tamonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o`zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro`y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalariga har xil to`qima lahvalar qo`shgan va yangi-yangi ertaklar milliy manaviyat hazinasidan o`rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo`lmaydi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o`tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan habardor bo`lish niyatlarni ham bo`lib, bugungi kunda raketa, samalyot, aftomabillarning; televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.
Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma`nosini etuk so`zi anglashini yozadi. Olim bu so`z aslida biror narsani hikoya qilishdan olingani haqida habar qiladi. O`zbeklar qadimgi paytlaridagi voqealarni tafsilotlari bilan aytib berishi “ertak’ deb ataganlar. Atamaning qadimiyligini qozoq, qirg`iz, turkman xalqlarida ham bu so`z aynan shu ma`noda qo`llanishidan bilsa bo`ladi. Ertak yurtimizda shu qadar ko`p va hilma-hil mavzularda tarqalganki, ayrim hududlarda uni o`zlaricha ataganlar. Hususan ayrim joylarda “shuk”, “ushuk”, “matal”, “cho`pchak”, “cho`rchak” deb ham yuritilgan. Bizning ertaklar mavzusiga, til vositalardan foydalanish usuliga, voqealar tizimiga ko`ra shartli ravishda uch yirik turlarga bo`linadi:


Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin