«Churey» qo’shiqlari. Sog’im qo’shiqlarining bu turi echkilarni sog’ish yoki uloqlarni emizish paytida aytiladi. CHurey qo’shiqlarida uloq, yoxud echkining xarakteri, biror belgisi, ko’pincha soqoli, shoxi yoki qashqasi aytilib, ularning tashki qiyofasi tasvirlanadi:
SHoxlaring bor bir minora, churey-churey,
Minoraga qushlar qo’nara, churey-churey,
Bolang olib iskasang-a, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.
Cog’ish paytida echki qarshilik qilmay tek turib bersa, sog’uvchi uni maqtab, erkalab, ba’zan yengil xazil bilan tegajoqlik qilib qo’shiq kuylaydi:
Tikraygan kulog’i bor, churey-churey,
CHashmadek bulog’i bor, churey-churey.
Ichida egiz ulog’i bor, churey-churey,
Olgan shu echkim yaxshi echki, churey.
Umuman sog’im qo’shiqlari san’ati kishiga o’z ichki dardlarini, ruhiy holatlarini, alam-iztiroblarini bayon kilishning muhim vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |