O’rmak qo’shiqlari. O’zbeklar orasida o’rmak urish, ya’ni gilam, sholcha to’qish keng tarqalgan bo’lib, ana shu mehnat jarayonida ijro etilgan maxsus qo’shiqlar o’rmak qo’shiqlari, deb yuritiladi. O’rmak to’qish ishlari og’ip mashaqqatli bo’lib, u kishidan katta sabot va g’ayrat talab etadi.
O’rmagimni to’qiyman,
Kecha-kunduz no’qiyman.
Qachon tamom buladi,
Deb ashula to’qiyman.
Bo’zchi qo’shiqlari. Feodalizm sharoitida yengil sanoat, ayniqsa, to’qimachilik sanoati mutlako yo’q bo’lib, jamiyat o’zidagi turli matolarga extiyojini faqat qo’l mehnati orqali oddiy to’qish dastgoxlari vositasida qondirgan. Bo’zchi qo’shiqlarida unumsiz va sermashaqqat mehnatning og’irligi, bo’zchi bozorining kasodligi, to’quvchi oilalardagi muhtojlik kabi ohanglar yetakchilik kiladi.
Do’kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o’lmay qolsam yaxshiydi.
Harisi tillaga ketsa yaxshiydi,
SHunday mening bo’zim arzon ketarmi.
Ammo bo’zchi qo’shiqlari bizgacha nihoyatda kam yetib kelgan, ko’plari unutilib ketgan.
Dostları ilə paylaş: |