Buxoro va Samarkand musiqa uslubi
Surxondaryo va Qashqadaryodan farqli o’laroq, Markaziy Osiyoning madaniyat markazi bo’lgan Buxoro va Samarqandda o’zbek musiqa san’atining xususiyatlari deyarli boshqachadir. Bu xususiyatlar meros mavzusiga va janrlari hamda musiqa hayoti xarakteriga taalluqlidir. Buxoro va Samarkand maxalliy uslubi xususi- yatlarining muxim farqi musiqa merosi va ijrochi likning ikki turga-og’zaki an’anadagi professional san’at va folьklorga bulinishidadir. Musiqa folьklorining moxir namoyandalari bilan bir qatorda bu yerda professional san’atkorlar, sozanda va xofizlar katta o’rin tutib, ular maqom va boshqa professional musiqa janrlarining bilimdon ijrochilari sifatida tanilgan. Kichik shakldagi ma’lum turkumni tashkil etuvchi xilma-xil mazmunga ega bo’lgan raqs-o’yin qo’shiqlarinint ijrochilari-sozandalar ham keng e’tibor topgan.
Bu kadimiy shaxarlarda cholg’u asboblari turlarining boyligi marosim qo’shiq-kuylarining xilma-xil va xarakterli bo’lishi bilan birga, eng yaxshi ijrochi xonanda va sozandalar ishtirokida musiqa va she’riyat kechalarining muntazam o’ttkazilib turilishi ham odat bo’lgan edi. Maishat, turmushning shaxarcha tarzi ashulachilar, raqqos va raqqosalar hamda sozandalar ansambllarining o’ziga xos tusda keng rivojlanishiga ham imkon bergandi.
Buxoro va Samarkand viloyatlaridagi o’zbek musiqa folьklori esa ko’p jixatdan tojik musiqasi bilan ma’lum darajada umumiylikka ega bo’lib, tarixiy taqdiri deyarli o’xshash bo’lgan xar ikkala qardosh xalq- o’zbeklar va tojiklarning bab-baravar darajadagi musiqa merosidir. Jumladan, «SHashmaqom» bunga yorkin misol bula oladi.
Buxoro musiqa uslubida erkaklar tomonidan ijro etiladigan «Mavrigi» nomi bilan ma’lum bo’lgan turkumli aytimlar esa doyra jo’rligida hamda raqqos- o’yinchi ishtirokida ijro etiladi. «Mavrigi» asosan erkaklar tomonidan aytilib, xonandalar bir vaqtning o’zida ham ashula aytib, ham doyra chertib, o’zlaricha jo’rsoz buladilar. «Mavrigi» aytimlarida ikki- tillilik an’anasi namoyon buladi, ya’ni turkumdagi ashula qismlari o’zbek va tojik tillarida kuylanadi.
«Mavrigi» ijrosida ikki va undan ortiq qismlar bo’lib, ular birin-ketin ijro etiladi. Dastlabki kism vazminrok ruhda bo’lgan «kirish» vazifasini bajaradi. Keyingi qismlarga o’tilgani sari o’ynoqi ritmlar kengayib, o’yin aytimlar jadallashib boradi. SHu sababdan ham bunday turkumlarda raqs usullari asosiy o’rinni egallaydi.
Samarkand musiqa uslubida «qarsak» bilan ma’lum qo’shiq-raqslar juda keng o’rin tutadi. Qarsak turli xil tomosha va davralarda ko’pchilik tomonidan ijro etiladi. Bunday davrada hozir bo’lganlar aylana shaklida o’tirishib, yakkaxonning aytimi va raqsiga qarsak bilan jo’r bo’lib turishadi. SHu boisdan, qarsak janri band—naqarot shaklida bo’lib, bandlarni yak-kaxon (aytimchi) aytadi, davrada o’tirganlar esa naqarotlarni kuylashadi.
Qarsak o’yin-aytimtarining bir necha turlari mav-jud. Jumladan, qars, yakka qars, qo’sh qars, uch qars, besh hars kabi nomlar bilan ataluvchi qarsak turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |